O’zbekistonning Tashqi iqtisodiy aloqalari


Download 16.55 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1498168
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekistonning qo`shni davlatlar bilan aloqasi

Aytish o’rinliki, ikki tomonlama muzokaralar natijasida uzoq muddatli munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ushbu hujjatlar istiqbolda mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama taraqqiy toptirish yo’lida muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.

Umuman aytganda, mazkur tarixiy tashrif qo’shni davlatlar munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Endigi vazifamiz Yurtboshimiz tashabbusi va bevosita sa’y-harakatlari tufayli qayta jonlangan o’zaro do’stlik aloqalarini, ayniqsa, parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash, ikki xalqni bir-biriga bundan-da yaqinlashtirishdan iborat. Zero, o’zbek-tojik birodarligi Markaziy Osiyoda yaxshi qo’shnichilik, tinchlik, xavfsizlik hamda barqaror taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.

2018- yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. Ushbu sana ikki mamlakat munosabatlari jadal rivojlanayotgan hamda yangicha mazmun bilan boyib borayotgan bir davrda nishonlandi.

2018- yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. Ushbu sana ikki mamlakat munosabatlari jadal rivojlanayotgan hamda yangicha mazmun bilan boyib borayotgan bir davrda nishonlandi.

Poytaxtimizda sana munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar institutining yetakchi ekspertlari ikki tomonlama -hamkorlikni mustahkamlash borasida erishilgan yutuq va natijalar, o‘zaro aloqalarning yangi yo‘nalishlari hamda istiqbollarini muhokama qildi.

Anjumanda O‘zbekiston vazirlik va idoralari xodimlari, diplomatik missiyalar rahbarlari hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyoning muhim davlatlari hisoblanadi. Ikki mamlakat munosabatlari yaqin qo‘shnichilik hamda strategik sheriklik ruhida izchil rivojlanmoqda. Ushbu hamkorlik aloqalari xalqlarimizning azal-azaldan shakllangan do‘stlik va qardoshlik rishtalariga, umumiy tarix, til hamda madaniyatiga asoslangan.


Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling