O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarini ko'tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati

Download 18.96 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi18.96 Kb.
#1011699
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko\'rsatkichlarini ko\'tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati

1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlik ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terrorizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tishkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan YEXHT o‘rtasidagi munosabatlarda millatlararo munosabatlarga oid masalalar ham muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 29 martda Oqsaroyda YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qilishi va u bilan maslahatlashuvlar ham ikki o‘rtadagi hamkorliklar rivojiga xizmat qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

K.Vollebek 2010 yilning iyunida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida yuz bergan fojeali voqealar paytida O‘zbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday har tomonlama puxta o‘ylangan og‘ir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini alohida qayd etdi.
XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, degan edi.
O‘zbekistonning ichki rivoji va jahonda o‘zining munosib o‘rnini topishida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi.

Download 18.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling