O'zbekistonning xuquqiy xalqaro reytingdagi orni


Download 206.89 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi206.89 Kb.
#1413119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonning xuquqiy xalqaro reytingdagi o`rni

Bu borada mamlakatimizda reytinglar boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada soʻnggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yoʻnaltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

  • Bu borada mamlakatimizda reytinglar boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada soʻnggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yoʻnalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yoʻnaltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
  • Xalqaro reyting va indekslarni belgilashda qanday faktorlar, koʻrsatgichlar mezon boʻlib xizmat qiladi? Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oʻrtasidagi imidjini yaxshilash uchun, investorlar uchun jozibadorlikni koʻtarish uchun qanday omillarga eʼtiborni kuchaytirish kerak? Aynan shunday maqsadlarga erishilishini huquqiy jihatdan toʻliq taʼminlash uchun parlament qanday hujjatlar qabul qilinishiga eʼtiborni oshirishi talab etiladi? Seminarda tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari deputatlar tomonidan koʻtarilgan shunday masalalarni atroflicha va toʻliq yoritganliklari iliq qabul qilindi. Parlament aʼzolari oʻzlarining qimmatli takliflarini bildirish barobarida ushbu yoʻnalish uchun xos boʻlgan oʻta nozik jihatlarni, koʻnikmalarni oʻrganganliklarini eʼtirof etdilar.
  • Shu bilan birga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligi taʼkidlandi.
  • Seminarda deputatlar xalqaro reytinglar nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki muayyan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, jumladan inson huquqlarini, siyosiy hayotda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash sohasidagi amaliy ishlarga ham baho berishi haqida toʻxtalib, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 4-bandida belgilangan “qonun loyihalarining Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tavsiyalarga mosligini oʻrganish amaliyotini yoʻlga qoʻyish” boʻyicha parlament tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldilar.
  • Seminar yakunida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashda parlamentning rolini yana-da oshirishga qaratilgan zarur vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Download 206.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling