«O’zbekistonning yangi tarixi» fan: 1 Reja


Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlat


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1032525
1   2   3   4
Bog'liq
Abduqodir Rajabov AKT

Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirish. Bu bilan davlat monopoliyasi 
tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar 
sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi.
Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish O'zbekistonda 
ikki bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, 
savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash
korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari
vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.
Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 
yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori
asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar
aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, 
xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi.


O'zbekistonda mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik
sanoatini rivojlandi. O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida
«UZ-DAEWOO» avto ko'shma korxonasi qurilib, yengil
avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1993 yili GFR bilan
O'zbekiston o'rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» 
korporasiyasi Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish
boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab
chiqardi. 1995 yili «O'zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning
«Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib, 1999 
yildan Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus zavodi
qurilib, faoliyat yurita boshladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling