O’zbekistonning


Download 383.19 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi383.19 Kb.
#1082333
Bog'liq
O’ZBEKISTONNING

O’ZBEKISTONNING

ENG YANGI TARIXI

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, dini, ma’daniyati, qadriyatlari urf-odatlari tarixini bilishga o’zligini anglashga qizishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir o’ziga xos bo’lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi Ona Vatanimiz O’zbekistonning ham o’zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. Qadim o’tmishda Turon, Turkiston, Movaunnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to’lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo’lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashuvi sodir bo’lib ularning madaniyati, tili, dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan.

XX asrning so’nggi yillari va XXI asrning boshida O’zbekiston tarixi uchun yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasini boshlab berdi. O’zbekiston sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o’zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarning tezkorligi voqea shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi.

  • O’zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachilik g’aflat uyqusidan ko’z ochib uyg’ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxasis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturi amaldir. Umuman, ona tarixni o’qitish va hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanishi harakati davrida ijtimoiy zaruriyatiga emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg’onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo’lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo’lgan millat ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg’onishning asosdir.

Bugungi kunga kelib Vatanimiz O’zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligi butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha ming yilliklarga borib taqaladi. O’zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo’lib hozirgi O’zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko’tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siysatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.


Download 383.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling