Oxakning so‘nish tezligini aniqlash
Oxakning so‘nish davrida quyidagi reaksiya ruy beradi:
SaO + N2O= Sa (ON)2 + 20,6 kkal
Bir gramm miqdordagi oxakning so‘nishi natijasida 20,6 kkal issiqlik ajraladi. So‘nish reaksiyasi tamom bo‘lgandan so‘ng oxak bo‘tqasining temperaturasi pasayadi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: So‘nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob, 150 °S gacha bo‘lgan termometr, sekundomer, texnik tarozi va tarozi toshlari, millimetrli kog‘oz va sinash uchun oxak namuna.
Ish tartibi
1. Oxakning so‘nish tezligi Dyuara asbobida yoki stakan idishda (1-rasm) aniqlanadi.
2. Oldindan tayyorlangan oxak namunadan 10 gramm tortib olinadi va oxak kukuni Dyuara idishiga solinadi, so‘ng unga 20 ml disitilgan (20°S) suv quyiladi va shu vaqt sekundomer bilan aniqlab olinadi, keyin idishning og‘zi termometrli probka bilan yopiladi.
3. Oxakka suv quyilgandan boshlab, har 30 s da temperaturaning ko‘tarilishi yozib boriladi. Ushbu kuzatish temperatura pasayguncha davom ettiriladi.
4. Idishdagi oxak suv bilan qorishtirilgandan keyin qorishmaning yuqori temperaturaga ko‘tarilishi uchun ketgan vaqt oxakning so‘nish tezligini bildiradi.
5. Olingan natijalar 2-jadvalga yozib boriladi va shu asosda millimetrli kog‘ozga vaqt bilan so‘nayotgan oxak temperaturaning ko‘tarilishi o‘rtasidagi bog‘lanish grafik ravishda ko‘rsatiladi.
8- rasm. Oxakning sunish tezligini aniqlashda ishlatiladigan Dyuara asbobi.
1-termometr, 2-probka, 3-ichki va tashqi shisha idish, 4-issiq - sovuqni kam o‘tkazadigan qatlam, 5-oxak namuna.
9-jadval
Sinash
uchun
olingan
kukunning
og‘irligi,g
|
Suv
miqdori,
ml
|
Sinashning
boshlanishi
(oxakka suv
quyilgan
vaqti), soat
|
Temperaturaning
kutarilishi
°S
|
Oxak
So‘nish tezligi, S°
|
Izox
(oxak
sutining
zichligi)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
Xulosa: GOST talabiga mos keladi; mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |