VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Avtomobil yo‘llarini qurishda ishlatiladigan yo‘l qurilish materiallarini qo‘llash haqidagi umumiy ma’lumotlar, zamonaviy yo‘l qurilishi materiallarining vazifasi va tasnifi, stekloplastik armaturalarni, tosh materiallarini qayta ishlash, baza va omborlarni joylashtirish, zavodlarning sinflari va ularning o‘rnatish xususiyatlari, polimer va kompozit materiallarning texnologik xususiyatlari, nanotexnologiyalar, yo‘l qurilish materiallarini tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
yo‘l qurilishida ishlatiladigan polimer, polimerbeton, kompozit qurilish materiallari va ularni notexnologiyalar asosida ishlab chiqarish, polimer materiallarni, sintetik polimerlarni, beton qoplamalar uchun stekloplastik armaturalarni, rangli asfaltbetonni ishlab chiqarish, yo‘l qurilish materiallarida nanotexnologiyalarning kelajakdagi istiqboli, mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilish, yo‘l qurilishi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, yo‘l qurilishida ombor xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
yo‘l qurilish materiallari (tabiiy tosh materiallari, mineral bog‘lovchilar, qurilish qorishmalari, beton va temirbeton mahsulotlari) to‘g‘risida, mahalliy tosh materiallarini qayta ishlash, sementbeton qoplamalarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash; modifikatsiyalangan asfaltbeton qorishmasini ishlab chiqarish, asfaltbetonning uzoqqa chidamliligini oshirish, beton va temirbeton konstruksiyalarining sifatini baholash malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|