O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi islоm kаrimоv nоmidаgi toshkеnt dаvlаt tехnikа unеvirsitеti tеrmiz filаli


Download 3.67 Mb.
bet96/219
Sana07.10.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1694510
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   219
Bog'liq
O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi is

Materiallarni sinash ishlari maxsus asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan laboratoriyada (xonalarda) o‘tkaziladi. Materiallarning xossalarini sinash ishlari laboratoriyada ham, dala sharoitida ham GOST da ko‘rsatilgan usullar bo‘yicha o‘tkaziladi.


SINASH UCHUN NAMUNA OLISH


Laboratoriyaga sinash uchun keltirilgan material GOST talablariga va texnikaviy shartlarga to‘la javob berishini bilish uchun u sinab ko‘riladi. Buning uchun shu materialdan o‘rtacha namuna olinadi. O‘rtacha namuna miqdori GOST va TU da ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘rtacha namuna to‘g‘ri olinsa, qurilishga keltirilgan materiallar xossasi to‘g‘ri aniqlanadi. SHuning uchun o‘rtacha namunani bir to‘p materialning bir necha joyidan va uning har xil chuqurligidan olish tavsiya etiladi (1-rasm). Agar material qop, yashik yoki bochkalarda keltirilgan bo‘lsa, o‘rtacha namuna shularning har biridan yoki har 2 ta, 5 ta, 10 tasidan oz-oz miqdorda olinadi.


1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI





  1. Chaqiqtosh (shag‘al)ning xaqiqiy va to‘kma zichliklarini aniqlash.


  2. CHaqiqtosh (shag‘al)ning haqiqiy zichligini aniqlash

CHaqiq tosh – qattiq tog‘ jinsining yirik bo‘laklarini chaqib maydalash yo‘li bilan olinadigan materialdir. CHaqiq tosh maxsus elaklardan o‘tkazilib o‘lchami bo‘yicha ajratiladi.
SHag‘al – pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda emirilishi natijasida vujudga kelgan va donalari dumaloq materialdir.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning fizik-mexanik xossalari Davlatlararo standart GOST 8269.0-97 bo‘yicha aniqlanadi.
2.CHaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: sig‘imi 100 mm li piknometr, laboratoriyatarozisi, tortish uchun stakan /byuks/, cho‘yan yoki chinni havoncha, eksikator, quritish javoni, qumli yoki suvli hammom, № 1,25 mm li elak.
Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi

  1. CHaqiq tosh (shag‘al) ning fraksiyalari o‘lchamiga qarab namunalar tortib olinadi. Namunalar massasi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:

z-jadval

Namuna massasi

CHaqiq tosh (shag‘al) fraksiyasi o‘lchami

1,0 kg

5 -10 mm uchun ;

1,5 kg

10-20 mm uchun;

2,5 kg

20-40 mm uchun;

5,0 kg

40 - 70 (80) mm uchun.


  1. Tortib olingan namuna laboratoriya tosh maydalash qurilmasida yirikligi 5 mm gacha maydalanadi va namuna kvortovanie1 usulida150 g gacha kamaytiriladi. Bu namuna yana yirikligi 1,25 mm dan oshmaydigan qilib yana maydalanadi va massasi 30 g ga qadar kamaytiriladi. SHu miqdordagi namuna chinni havonchada tuyib kukunga aylantiriladi va quritiladi. Quritilgan namunadan 10 g dan olib 2 ta piknometrga joylanadi va ustiga distillangan suv quyiladi.

  2. Namuna solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha distillangan suv qo‘yiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvlivannaga qiya holda joylanadi. Qum zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi suv qaynatiladi.

  3. Havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib) qo‘yiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va qum bo‘shatib olinib, piknometr yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqqacha etkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida tortiladi.

  4. Haqiqiy zichlik quyidagi formula buyicha aniqlanadi:

, (g/sm3)
Bu erda: t —quritilgan kukunning massasi, g;
v — suvningzichligi, 1 g/sm3ga teng;
t1 — piknometrning distillangan suv bilan birgalik dagi massasi, g;
t2distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari chiqarib yuborilgandan keyingi massasi, g.
Ikki marta o‘tkazilgan sinov natijalari orasidagi tofovut 0,02 g/sm3 dan oshmasa, haqiqiy zichlikni aniqlash nihoyasiga etkazilgan hisoblanadi. Oradagi bundan kata bo‘lsa, chaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi takror aniqlanadi. Ikki marta o‘tkazilgan sinovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija deb qabul qilinadi.

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling