O'zbekistonRespublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 1-choragi faoliyati natijalari to'g'risida
Download 91.28 Kb.
|
Hisobot 2018 1 chorak(1)
O'zbekistonRespublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 1-choragi faoliyati natijalari to'g'risida Toshkent - 2018 O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (SSP) joriy hisobot davrida 2017-2021 yillarda O'zRni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan mohofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2017 yil 19-iyunda qabul qilingan №5087raqamli Prezident farmoniga muvofiq o'ziga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda SSP faoliyatini mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalari va asosiy yo'nalishlarini amalga oshirishga qaratdi. Xususan, aholini tadbirkorlik faolligini yanada oshirish va ularning o'z biznesini boshlashga da'vat etish, tadbirkorlik faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha to'siqlarsiz hal etishga qaratilgan bozor infratuzilmasini barqaror ishlashini muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. O'zR Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi O'zR Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish bo'yicha SSP tomonidan amalga oshiriladigan “Yo'l xaritasi” hamda O'zR Prezidenti tomonidan 2018 yil 22 yanvar PF-5308-son bilan tasdiqlangan “Davlat dasturi”ga asosan SSP tomonidan amalga oshiriladigan “Chora-tadbirlar” rejasi ichki buyruq asosida ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, belgilangan topshiriqlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi maqsadida doimiy ravishda nazorat ishlari olib borilmoqda. I. TADBIRKORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA Joriy hisobot davrida SSP rahbariyati o'zining asosiy e'tiborini tadbirkorlik sub'ektlarini, ayniqsa o'z faoliyatini yo'lga qo'yish davrida ularni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvor roli va daxlsizligini ta'minlash borasida samarali tizim yaratishga qaratdi. 1. Eng avvalo, ishbilarmonlik muhitiga ta'sir qiluvchi asosiy faktor bo'lgan tegishli qonunlar va me'yoriy-xuquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi: a) respublikamizda qabul qilinishi ko'zda tutilayotgan normativ-xuquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash to'g'risidagi xulosani berish bo'yicha vakolatli organ sifatida oxirgi 3 oy davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdi (1-ilova): - jami 149 ta qonun hujjatlari(18ta), Prezident farmon va qarorlari(42ta), Hukumat qarorlari(57ta) va boshqa(32ta) me'yoriy hujjatlar loyihalari ko'rib chiqildi; - 56 ta loyihalar bo'yicha tadbirkorlik faoliyati rivojiga to'sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish zaruriyati to'g'risida tavsiyalar bayon etilgan hulosa tayyorlandi hamda qonunchilik va ijro etish hokimiyati organlariga taqdim etildi. Jumladan, -(1) O'zR Sog'liqni saqlash vazirining “Dori vositalarining qo'llanilishi chog'ida nojo'ya reaksiyalar aniqlangan holatlar to'g'risida xabardor qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Buyrug'i loyixasi yuzasidan dorixonalar va dori ishlab chiqaruvchi korxonalar, jumladan xorijiy ishlab chiqaruvchilar o'zlari sotgan yoki ishlab chiqargan dori vositalarining nojo'ya reaksiyalar keltirib chiqarganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lmay turib, Davlat markazini xabardor qilish imkoniyatiga ega emasligi va dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qo'llanilishini to'xtatib turishning aniq asoslari va mexanizmlarini loyihada ko'rsatilmaganligi amaliyotda har qanday noaniqliklar, suiste'molliklar va korrupsiya holatlariga olib kelishi mumkinligi to'g'risida Xulosa; - (2) O'zR Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan O'zR Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori loyihasi yuzasidan ayrim xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan afzal holatga qo'yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berilganligi to'g'risida Xulosa; - (3) O'zR “O'zstandart” agentligi tomonidan tayyorlangan O'zR Vazirlar Maxkamasining “Kommunal xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaror loyixasi yuzasidan priborni tekshiruvdan o'tkazishga qabul qilishni rad etishga olib keladigan sabablaridan biri, ya'ni “shikastlangan holatda bo'lishi”ning belgilari aniq ko'rsatib o'tilmaganligi hamda hisobga olish priborini tekshiruvdan o'tkazishga qabul qilishni rad etish ustidan shikoyat qilish imkoniyati iste'molchiga berilmaganligi to'g'risida Xulosa; Tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish va ekspert kengashlarini tashkil etish bo'yicha Me'yoriy-xuquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazish maqsadida ko'p yillik tajribaga ega, o'z sohasining mutaxassisi bo'lgan tadbirkorlik sub'ektlari, hamda tegishli malakaga ega bo'lgan vazirlik va mutasaddi idora vakillaridan iborat 8 ta Ekspert kengashlari tomonidan joriy hisobot davrida o'z faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun harakat qilindi. Hisobot davrida Ekspertlar tomonidan huquqiy masalalar bo'yicha jami 9-ta Ekspert kengashlari o'tkazildi hamda o'tkazilgan Ekspert kengashlari bo'yicha tavsiyalar vazirliklar va idoralarga yuborildi. O'zbekiston Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmoni ijrosi bo'yicha SSP huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida SSP faoliyatiga tegishli buyruqlar ko'rib chiqildi. - SSPning ichki faoliyatiga tegishli jami 153 ta buyruqlar ko'rib chiqildi; - Mazkur Farmonda belgilangan yangi struktura bo'yicha jami 28 ta boshqarma Nizomlari ishlab chiqildi va SSP raisi buyrug'i bilan tasdiqlandi. SSP tomonidan quyidagi shartnomalar ko'rib chiqildi Palataning ichki faoliyatiga tegishli jami 329 ta shartnomalar ko'rib chiqildi. Tadbirkorlik sub'ektlari manfaatlarini xuquqiy himoyasini ta'minlash Tadbirkorlik sub'ektlari hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan SSP IQ va hududiy tuzilmalarining tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yo'nalishida 2018 yilning 1-choragi mobaynida jami 9 349 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 8 553 ta murojaatlar yuzasidan SSP tomonidan tegishli choralar ko'rilgan (3-ilova). Mazkur murojaatlarning 352 tasi (shundan 35 tasi IQning Tadbirkorlik sub'ektlarining xuquqlarini himoya qilish boshqarmasi xissasiga to'g'ri keladi) bevosita SSP rahbariyati va mas'ul xodimlarining qabuli orqali kelib tushgan. Mazkur murojaatlardagi asosiy ko'tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati saralanma tahlil etilganda: - 24 ta soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan; - 102 ta yer va bino-inshootlarga doir qonun hujjatlari yuzasidan; - 183 ta banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan; - 29 ta sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilmayotganligi yuzasidan ekanligi ma'lum bo'lgan. Ushbu murojaatlar yuzasidan SSP IQ va hududiy tuzilmalari tomonidan SSP a'zolari manfaatida jami 11 053 ta holatda umumiy summasi 1,09 trln. so'm, 17,6 mln AQSH dollariga teng bo'lgan miqdorda da'vo arizalari kiritildi (2-ilova). Shundan, 8 671 ta holatda to'liq qanoatlantirilgan, 58 ta holatda qanoatlantirish rad etilgan, 38 ta holatda da'vo arizalar ko'rmasdan qoldirilgan. Ushbu ko'rsatkichlarning sudlarga taalluqliligi yuzasidan taqsimlanganda, jumladan: - 7 381 ta holatda Iqtisodiy sudlar (66,8%); - 3 668 ta xolatda Fuqarolik sudlar (33,2%); - 4 ta holatda Ma'muriy sudlar hissasiga to'g'ri keladi(0,04%). Shu bilan birga, 162 ta holatda tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha nizoni hal etish (mediatsiya) jarayonida hal etilgan. 1 ta tadbirkorlik sub'ektining shikoyati (“Iskandar fuds” x/k) yuzasidan SSP IQsida tegishli mutasaddi idora vakillaridan iborat tarkibda Ekspertlar Kengashi o'tkazilib, natijada tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi. Shu bilan bir qatorda, 1 ta holatda jinoyat ishlari bo'yicha amaliyotda jamoat himoyachilari sifatida ishtirok etilib, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlari himoya qilindi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tegishli qaror va hukmlari yuzasidan kelib chiqqan noroziliklar bo'yicha 18 ta holatda muammoli masalalari yuzasidan O'zR Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga nazorat tartibida protest kiritilishi to'g'risida iltimosnomalar yuborilgan. Shundan, 3 holatda nazorat tartibida protest keltirilgan bo'lib, qolgan holatlar ko'rib chiqilmoqda. Jumladan, YATT “Mamadjanova M.” murojaat qilib, sudning tegishli hal qiluv qaroridan norozi bo'lib yozgan murojaati yuzasidan Bosh prokuraturaga SSP tomonidan kiritilgan iltimosnomaga asosan nazorat tartibida protest keltirilgan. Shuningdek, fuqarolik ishlari bo'yicha Zangiota tumanlararo sudining 29.03.2017 yildagi ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan “Uzagrosug'urta” AJning bergan shikoyati yuzasidan Bosh prokuraturaga SSP tomonidan kiritilgan iltimosnomaga asosan protest keltirildi. Shuningdek, davlat tashkilotlariga nisbatan hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan 40 ta holatda sudlarga da'vo arizasi kiritilgan bo'lib, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlari himoya qilingan. Misol uchun, “SMESS STROY SAVDO” MCHJ javobgar O'zR Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tegishli me'yoriy hujjatlariga tegishli o'zgartirish kiritilishga va jamiyatga egalik huquqini tasdiqlovchi Davlat orderini berish majburiyatini yuklash xaqida apellyatsiya instansiya sudida ishtirok etilib, uning qonuniy xuquq-manfaatlari sud orqali himoya qilindi. SSP va uning xududiy boshqarmalari qoshidagi Hakamlik sudlarining faoliyati bo'yicha 2018 yil 1 chorakda SSP va uning barcha hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan 15 ta hakamlik sudlari faoliyat ko'rsatdi. Hisobot davrida hakamlik sudlariga umumiy qiymati 104,0 mlrd. so'mlik va 1 mln. 399,9 ming AQSH dollari miqdorida 834 ta da'vo arizalari kiritilgan. Shundan, umumiy qiymati 86,5 mlrd. so'm yoki 82,6% miqdorida da'vo arizalari ko'rib chiqilgan va qanoatlantirilgan. 2017 yil 1 choragiga nisbatan kiritilgan da'vo arizalarining umumiy qiymati 101,4 mlrd. co'mga va soni esa 408 taga ko'pdir. Ayniqsa, Samarqand (122ta), Farg'ona (365ta) va Buxoro (109ta) hududiy boshqarmalari huzuridagi Hakamlik sudlari faoliyatida ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan. Ular boshqalarga nisbatan ancha ko'p da'vo arizalarini ko'rib chiqishga erishganlar(ilova-5). Joriy yilning boshidan buyon SSP va uning barcha hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan hakamlik sudlari tomonidan 126 ta turli anjumanlar, ya'ni konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va x.k. o'tkazildi. Shu davrda OAVlari orqali 14 ta turli tadbirkorlik sohasini yorituvchi mavzularda maqolalar va boshqa chiqishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari bilan ishlash tizimi Respublikada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub'ektlari murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish va ularga amaliy ko'mak berish maqsadida SSP xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda tadbirkorlarning murojaatlar qabul qilinib, ularni vakolati doirasida ko'rib chiqish hamda respublika miqyosida hal qilinishi lozim bo'lgan murojaatlari to'g'risidagi tahliliy ma'lumotlari O'zR Vazirlar Mahkamasiga Rayosat yig'ilishida ko'rib chiqilishi uchun yuborilmoqda. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolarga to'sqinlik bo'lib kelayotgan muammoli masalalarni hal qilish maqsadida Toshkent viloyati tajribasini respublika miqyosida joriy etish maqsadida SSP raisi va uning o'rinbosarlari tomonidan Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida sayyor qabullar tashkil etildi. Ushbu sayyor qabullar natijasida tadbirkorlik sub'ektlaridan jami 1 209 ta murojaat ko'rib chiqildi va ularning 1 165 tasi mahalliy hokimliklar vakolati doirasida, 44 tasi Respublika tashkilotlari vakolati doirasida hal qilinishi lozim bo'lgan murojaatlardir. Respublika miqyosida hal qilinishi lozim bo'lgang masalalar SSP tomonidan tashkil etilgan ekspertlar kengashida muhokama qilindi va ularning xulosasi o'rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. SSP tizimiga 2018 yilning o'tgan davri mobaynida jami 9 972 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, ushbu murojaatlarning 8 629 tasi SSPning viloyat hududiy boshqarmalari va joylardagi tuzilmalari, 1,343 tasi SSPning Ijro etuvchi qo'mitasiga kelib tushgan. Ushbu ko'rsatgich o'tgan yilning aynan shu davriga nisbatan 38,9 %ga oshganligi ko'rishimiz mumkin. Bu ko'rsatkich 2017 yilning aynan shu davrida SSP tizimiga kelib tushgan jami murojaatlar soni 6 085 tani tashkil etgan. SSP IQsiga kelib tushgan jami 1 343 ta murojaatlarning kelib tushish yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganda ularning katta qismi quyidagi yo'nalishlarda kelib tushganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Download 91.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling