O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi


yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi


Download 0.63 Mb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1187455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raxmonov Anvar

2023 yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi

2023 yilda tadbirkorlarga beriladigan kreditlar miqdori oshiriladi

Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishini ta’kidladi. Jumladan, 2023 yilda:

- tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi;

- dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi;

- avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);

- yangi kreditlar olgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;

- yangi kreditlar olgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;

- kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.

2023 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion so‘m). Prezident yaqinda imzolagan qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikka qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi.

2022 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ikki barobarga o‘sdi

26 yanvar kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2022 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 17 mlrd dollarga yetganini ma’lum qildi. Bu pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 2,1 barobarga oshganini ko‘rsatadi. Regulyator raisi buning sabablarini tushuntirildi.

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2 barobarga oshib, 6,5 mlrd dollarni tashkil qildi. O‘tgan yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan anjumanda Mamarizo Nurmurodov pul o‘tkazmalarining rekord darajada o‘sishida avvalgi norasmiy pul jo‘natmalarining rasmiy kanallarga o‘tgani hamda kichik va o‘rta eksportchilarning o‘zgargan sharoitdagi faoliyati muhim o‘rin tutganini aytgandi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling