O‘zbekning o‘zligi ifodasi bo‘lgan milliy ismlar


Download 0.65 Mb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#184631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekning o‘zligi ifodasi bo‘lgan milliy ismlar

Ota-ona o‘z farzandiga ism berishida chaqaloqqa uzoq umr tilash, bolaning yetuk, komil inson bo‘lib yetishishi va uning kelgusida baxtli bo‘lishi kabi orzu-niyatlari yotadi. Mana shu istak va orzular bolaga ism tanlash va uning urf-odatlarini ado etishning negizini tashkil etadi. Ya’ni, Surxondaryo viloyatida yashovchi tojiklarda o‘tkaziladigan “Nom guzaron”(bolaga bobosining ismi qo‘yilganda maxsus marosim qon chiqarib o‘tkaziladi va shu asosida qo‘yilgan ism halollangan hisoblanadi) marosimi yuqorida aytilgan fikrga dalil bo‘la oladi.

  • Firuza- fors tojikcha – “saodatli, firuzadek bebaho, qimmatli, go‘zal, zebo qiz yoki nurli yuzidan nur taraluvchi” degan ma’nolarni anglatib, firuza qimmatbaho toshining nomiga nisbatan qo‘yiladi. Uning Firuz-“saodatlilik, iqbollilik, yengilmaslik, g‘oliblik; Feruz- yengilmaslik, qahramonlik (o‘g‘il bolalarga); Feruza( qiz bolaga) “g‘oliblik, iqboli baland qiz”; Feruzsho - “yengilmas muzaffar shoh, hukmdor” kabi muqobillari ham mavjud bo‘lib, bular ham fors tojik tilidan olingan va yengilmas g‘olib, iqboli baland singari ma’nolarni anglatadi[5]. Ushbu ismlar aslida bitta tosh , ya’ni firuza toshining nomidan kelib chiqib, firuzadek qimmatbaho va noyob bo‘lishi niyat qilinadi. Shakllari: Firuza, Feruzabonu, Feruzaxon, Gulferuza. Turkuaz firuzaning yana bir nomi bo‘lib, bir paytlar u “samoviy tosh” deb ham atalgan. Feruza forscha “pirouz”, “ g‘alaba toshi” yoki “firuza” – “ baxt toshi” farovonlik va jasorat ramzi hisoblangan[6].
  • Marjon, Marjona – dur, inju,marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, go‘zal, yorqin, zebo, va suluv qiz. Marjonoy, Marjonxon, Marjon, Marjonabonu.
  • Marvad, Marvarid - fors- tojikchsa “dur, inju”; qimmatli , bebaho qiz.
  • Zumrad- fors-tojikcha “ zumrundi” so‘zidan olingan yashil tusli qimmatbaho tosh nomidan kelib chiqqan bo‘lib, zumraddek qimmatli, bebaho chiroyli, zebo qiz ma’nolarini anglatadi. Shu bilan bir qatorda ko‘k ko‘zli qizlarga ham Zumrad ismini qo‘yish ommalashgan.
  • Zaytuna- mevasidan zaytun yog‘i olinadigan bir daraxt. Suningdek, sarg‘ish- yashil, sariq, zaytun rangli toshning nomidir. Olivin- ( lot. Oliva – zaytun.) zaytun mevasi va tosh o‘rtasida o‘xshashlik mavjudligi ucun shunday nom berilgan. Olivining arabcha nomi zabarjaddir.
  • Zabarjad- (arabcha)- asl, qimmatbaho tosh zabarjaddek bebaho, qadrli qiz[3]. Shu nomdagi qimmatbaho toshga monand qo‘yiladigan ismdir.
  • Javohira- aslida “gavhar “ so‘zidan olingan bo‘lib, Javhariya, Javohirbek, Javohirjon, Mirjavohir, Javohirxon, Javohirmirzo shakllari mavjud. Bu antroponim boy-badavlat, qimmatbaho toshlar, zeb-u ziynatlar egasi bo‘lishi yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli farzand ma’nolarini ifodalagan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling