O’zbekoston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Mustaqil ish Mavzu: Tyuring mashinalari. Tyuring mashinasida algoritmni realizatsiya qilish. Algoritmlar nazariyasining asosiy gipotezasi


Download 20.45 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi20.45 Kb.
#1840074
1   2   3   4
Bog'liq
Tyuring mashinalari. Tyuring mashinasida algoritmni realizatsiya qilish. Algoritmlar nazariyasining asosiy gipotezasi.

Boshqaruvchi kallak. U lenta bo‘ylab harakat qiladi va biror katakcha (yacheyka) qarshisida to‘xtashi mumkin (2-shakl). Bu holatda «kallak katakchani, ya’ni simvolni «ko‘rib turibdi»» deb aytamiz. Mashinaning bir takt davomidagi ishida kallak faqat bitta katakchaga surilishi (o‘ngga, chapga) yoki joyida qolishi mumkin.
Lentada saqlanayotgan har bir axborot tashqi alfavitning Go dan farqli chekli simvollar majmuasi bilan tasvirlanadi. Mashina ish boshlashidan oldin lentaga boshlang'ich axborot (boshlang'ich ma'lumot) beriladi. Bli holda boshqaruvchi kallak, qoidaga asosan, ql boshlang'ich holatni ko'rsatuvchi oxirgi chap belgi qarshisida turadi (3-shakl). Mashinaning ishi taktlar yig'indisidan iborat bo'lib, ish davomida boshlang'ich axborot oraliq axborotga aylanadi.
Boshlang'ich axborot sifatida lentaga tashqi alfavitning katakchalariga ixtiyoriy ravishda qo'yilgan chekli simvollar sistemasini (alfavitdagi ixtiyoriy so'zni) berish mumkin. Berilgan boshlang'ich axborot bog'liq bo'lgan ikki hoI bo'lishi mumkin. 1. Mashina chekli son taktdan keyin to'xtaydi (qo to'xtash holatiga o'tadi) va lentada B axborot tasvirlangan bo'ladi. Bu holda mashina A boshlang'ich axborot nisbatan tatbiq etiladigan (qo'llanib bo'ladigan) va uni qayta ishlab B natijaviy i axborotga keltirgan deb aytiladi.
2. Mashina hech qachon to'xtamaydi, ya'ni qo to'xtash holatiga o'tmaydi. Bu hoida mashina A boshiang'ich i axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi deb aytiladi. Mashina ishining har bir taktida quyidagi funksional sxema bO'yicha harakat qiladi:
Tyuring mashinasining ishlashi. Barcha komandalar majmuasi Tyuring mashinasining dasturini tashkil qiladi. Dastur ikki oichovli jadval shaklida bo‘lib, u Tyuring funksional sxemasi deb ataladi. Bunday sxema 1- jadvalda misol sifatida berilgan. Tyuring mashinasining ishi butunlayiga uning dasturi bilan aniqlanishi ravshan. Agar ikkita Tyuring mashinasining funksional sxemalari bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-biridan farq qilmaydi. Har xil Tyuring mashinalari har xil dasturga ega bo‘ladi. Bundan keyin Tyuring mashinasining har xil konfiguratsiyalarini (ko‘rinishlarini) soddaroq ifodalash uchun lenta va uning katakchalarini ifodalamasdan axborotni faqat so‘z shaklida yozamiz: Boshqaruvchi kallak va mashina holatini ifodalash sifatida mashina holatini yozamiz.

Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling