O`zbektili 1-variant 11-sinf
1. Tobe so`z sifat bilan ifodalangan so`z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
A. Vatanni sevmoq
B. Davlat bayrog`i
C. obod mahalla
D. kitob o`qimoq
2. Qaysi qatorda gap berilgan?
A. Mustaqil Vatanimiz
B. Ikki qavatli maktab
C. Tashqi siyosat
D. Ko`chalar yorug`
3. Tobe so`zning hokim so`z talab qilgan qo`shimcha yoki ko`makchini olib kelishi… deyiladi.
A. moslashuv
B. boshqaruv
C. bitishuv
D. tengbog`lanish
4. “Xamsa” …ning shoh asari bo`lib, besh dostondan iborat. Shoir forsiy tildagi g`azallariga “Foniy” taxallusini qo`ygan va ularni jamlab “DevoniFoniy” tuzgan. Ushbu fikrlar qaysi ijodkor haqida?
A. Navoiy
B. Bobur
C. Fuzuliy
D. Lutfiy
5. Yo quyoshning yorug` manzili
Osmoningmi ochgan husningni? Ushbu parcha qaysi she’rdan olingan?
A. “Xayolimda bo`lding uzun kun…”
B. “O`zbekiston”
C. “Vatan faxri”
D. “Baxtlar vodiysi”
6. Buyruq gap berilgan qatorni ko‘rsating?
A. Buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
B. Eh, bu go`zal manzaraga bir qarang!.
C. Tez yetib keling.
D. Qani endi institutga kirsam va shifokor bo`lsam.
7. Berilgan gapni davom ettiring. Qatra-qatra yig`ilib, daryo bo`lur, … … … .
A. Oz-oz o`rganib dono bo`lur.
B. Kulfat seni chetlab o`tadi.
C. Orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
D. Yomonning yomonligi tegar tor joyda.
8. Bir-biri bilan uzviy bog`langan gaplar … deyiladi.
A. alohida gaplar.
B. matn
C. fikr
D. izoh
9. “Davr farzandi” she’ri qaysi ijodkor qalamiga mansub ?
A. Mamarasul Boboyev
B.Maqsud Shayxzoda
C. Rasul Hamzatov
D. Sa’dulla Hakim
10. “Bu ijodiy hamfikrlilik amaliy faoliyatdagi hamkorlik bilan jipslashib ketgan edi. Chingiz Aytmatov yurtimizga “O`zbekiston bizning Sharqdagi yuzimiz va ko`zimiz” deya katta e’tibor bilan qaragan.” Ushbu parcha qaysi matndan olingan?
A. “Otamning hikoyasi”
B. “Ikki buyuk adib”
C. “Xalqimizning yetuk farzandi”
D. “Men orzu qilgan kasb”
Do'stlaringiz bilan baham: |