O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari 
Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi 
Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina 
yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma 
manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat 
yodgorliklarini ko`p jihatdan to`ldiradi, bu 
ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, 
texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini 
oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining 
qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan 


36 
asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p ma'lumot olish 
mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi 
Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator 
qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin 
ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy 
qarashni talab qiladi. 
Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali 
o`rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo`lish 
mumkin:
1)
Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, 
ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar. 
2)
Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, 
ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar
haykallar va h. k. 
3)
Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar, 
afsona, axloqiy-etik asarlar. 
4)
Tilshunoslik ma'lumotlari. 
5)
Etnografiya ma'lumotlari 
6)
Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, 
freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini 
o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar. 
7)
Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar. 
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi 
Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi qadimgi 
Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo`lgan 
fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy 
yurishlar va Nil toshqinlari to`g'risida ma'lumot 


37 
beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak 
ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III 
annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan 
biri hisoblanadi. 
Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III 
asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi 
davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola 
ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. 
Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng 
muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, 
qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi 
podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr 
arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil 
topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara 
ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) 
topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri 
(El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 
350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. 
Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va 
bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope 
nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot 
namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», 
«Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. 
Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va 
egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, 
«Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr 
kabilar). 


38 
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari 
piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan
tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII 
asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling