O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Mustaqil ish mavzulari
Ellin davri kashfuyotlari Ellin davri falsafa maktablari Arastuning “Politiya” asari Ellin madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari Reyting savollari 1. Falsafada stoiklar maktabining asoschisi kim? A) Zenon. B) Epikur. C) Pirron. D) Arastu. E) Evklid. 2.”Biror narsani hech qachon bilib bo’lmaydi” jumlasi qaysi yunon falsafa maktabiga tegishli? A) stoiklar maktabiga tegishli. B) skeptiklar maktabiga tegishli. C) epikurchilar maktabiga tegishli. D) emipiriklar maktabiga tegishli. E) to’g’ri javob yo’q. 3.”Kimda kam ehtiyoj bo’lsa, u kishida farog’at bo’ladi” drgan tushunchani qaysi faylasuf ilgari suradi? A) Zenon. B) Epikur. C) Pirron. D) Berenika. E) Arsinoya. 4. “Tabiblar kasallikni sababini bilishi mumkin emas, faqat uni kuzatish kerak va dorilarni sinash bilan davolash zarur” degan 685 tushunchani qaysi falsafa maktabi ilgari surgan? A) stoiklar. B) epikur. C) skeptiklar. D) kiniklar E) to’g’ri javov yo’q. 5. Er. avv.IV –III asrlarda tabiiy va aniq fanlar qaysi yunon olimi maktabida o’rganildi? A) stoiklar, skeptiklar. B) stoiklar, epikurchilar. C) epikurchilar, skeptiklar. D) skeptiklar, emipiriklar. E) stoiklar, emipiriklar. 6. Er. avv. III-II asrlarda tabiiy va aniq fanlar qaysi yunon olimi maktabida o’rganilgan? A) Feofrast. B) Arastu. C) Zenon. D)Evklid. E) Pifagor. 7. 70 ming jildli kutubxona, botanika bog’i, zoopark, xirurgiya laboratoriyasidan iborat Museyonni kim tashkil etgan? A)Arastu. B) Ptolemey I Soter. C) Appoloniy. D) samoslik Aristarx. E) Ktesiy. 8. Snaryad, suv soati, turli nasoslar,gidravlik organ, olovga qarshi nasos kabi kashfyotlarni amalga oshirgan olimni aniqlang? A) Eratosfen B) Ktesiy C) Appologiy D) Evklid E) Konno 9. Er. avv. III asrda qaysi yunon sayyoxi Hindistonga kemada safar qilganda musson shamolidan foydalandi? A) Nearx 686 B) Gippal C) Feofrast D) Strabon E) Epikur. 10. “Yer quyosh atrofida aylanadi” degan farazni ilgari surgan olimni aniqlang? A) Antiox B) samoslik Aristarx C) Appoloniy D) Dosifey E) Feofrast 11. Yer shari uzunligini ko’p darajada aniqlab, ”geografiya” atamasini birinchi bor kim ishlatgan? A) Arximed B) Eratosfen C) Evklid D) Gerofil E) Geron 12. Kecha va kunduzning tengligi kashfyotini kimga nisbat qiladilar? A) Arximed B) Gipparx C) Geron D) Gerofil E) Evklid 13. Taqvimni, yerdan oygacha masofani, yer va quyosh massasini va ekvatorni 360 gradusga taqsimlab uzunlik va kenglik tushunchasini joriy qilgan qadimgi yunon olimi kim? A) Zrastrat B) Gipparx C) Geron D) Epikur E) Arximed 14. Rodos haykaltaroshlik maktabi kimga borib taqaladi ? A) Pergamga B) Epikurga C) Asippga D) Pirronga E) Evklidga. 687 15. Dramafizmda fula Pergam maktabi kimga borib taqaladi ? A) Zenonga B) Epikurga C) Pirronga D) Asippga E) Skopasga 16. Injener, ixtirochi, nazariy mexanika va gidrostatika sferik geometriya va trigonometriya asoslarini yartagan yirik nazariyotchi olimni ayting? A) Arximed B) Tiofrast C) Eratosfen D) Zenon E) Droyzen 17. Er. avv. II asrda yashagan mashhur astronom va geograf kim? A) Gipparx B) Alkey C) Eratosfen D) Ipatiya E) Solon 18. Ellin davrida Attika komediyasining asosiy vakilini ko’rsating? A) Minandr B) Yevripid C) Sofokl D) Esxil E) Safo 19. Ellin davrida Rodos haykaltaroshlik maktabi asoschisi kim? A) Asipp B) Polikled C) Fidiy D) Aristofan E) Miron 688 RIM I BOB Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi Apennin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, 689 Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib kelib, u erdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G’arbiy 690 qismi madaniyat tarixida o’z er tuzilishiga ko’ra muxim rol’ o’ynadi. Bu erda etrusk (hozirgi Florentsiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik etadi. Bu erdan kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi. Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo’ladi. Italiyani sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yovvoyi sabin tog’lari cho’zilib ketadi. Undan so’ng Samnit tepaliklari etadi. Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga qarindosh tog’li qabilalar joylashgan tog’lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda Tarent qo’ltig’i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu erda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko’p sonli yunon koloniyalari barpo etilib buyuk Yunoniston deb atalgan. Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari 691 o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling