O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Shumer shahar-davlatlarining siyosiy tarixi
Er. avv. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o’zlashtira boshladilar. Shu davrdan arxeologlar ilk sulola davrini (er. avv. 3000-2300-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasi esa mamlakat tarixini qaysidir “to’fon”gacha va “ to’fondan” keyingi davrga bo’ladi. Haqiqatdan ham er. avv. 2900-yillar atrofida Quyi Mesopotamiyani qazishmalariga ko’ra “to’fon” bo’lgan. 184 Shumer tarixi u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab er. avv. III ming yillikning birinchi yarmida ilk sulola davrini tashkil qilgan uch bosqichga bo’lish qabul qilingan. Bu davrda Kish shahri yuksalib I Kish sulolasi hukmronlik qiladi. Uning hokimlari orasida shumer afsonalari qahramonlaridan biri Etana ko’zga tashlanadi. Kishining qudrati juda uzoq vaqt xotirada qolib keyinchalik ko’p hokimlar «Kish lugali» unvonga ega bo’lishga harakat qilganlar, bu unvonning egasi lugal-“yetakchi” bo’lgan. Kishning hokimlaridan biri Etana (er. avv. XXVIII asr) to`g`risida epik rivoyat shakllanib, rivoyatda u ilohiy burgutda o`zi uchun “tug`ilish maysasi”ga ega bo`lish va voris merosxo`r olish uchun osmonga xudolar oldiga ko`tariladi hikoya qilinadi. Kishning zaiflashuvi Urukning yuksalishi bilan boshlangan. Er. avv. 2600-yillar atrofida Kish shahrining podshosi Aggi, Uruk shahrining podshosi Gilgamesh (mashhur doston qahramoni) tomonidan taxtdan tushiriladi. Gilgamesh butun Shumerni birlashtiradi. Rivoyatlarga ko’ra u xudoning o’g’li bo’lib, o’limidan keyin xudo deb ulug’langan. Ilk sulola davrining uchinchi bosqichida er. avv. 2550-yillar atrofida Urukni yetakchiligi o`rniga o`zining shaxta sog`onalari bilan ma`lum bo`lgan Ur sulolasi keladi. Ur shahri janubiy Mesopotamiyada yetakchilik qila boshlaydi. Ur shahrida podsho 185 hokimiyati kuchayadi, hukmdorlar uchun hashamatli sog`onalar qurila boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib qo’shni Lagash shahri kuchayib ketadi. Lagash deyarli barcha Shumer shaharlarini bo`ysundiradi, Elam ustidan g`alaba qiladi. Er. avv. XXIV asrda Lagashda ensi hokimiyati kuchayadi va u Lagash bosh xudosi Ningirsunning bosh kohini bo’ladi. Uning hokimiyati urug’chilik munosabatlarini yemirilishi, savdo- hunarmandchilikni rivojlanishi natijasida shahar aholisini turli tabaqalari tomonidan qo’llab- quvvatlanadi. Ibodatxona xo’jaliklariga ham soliq solinadi, hunarmand, jamoachilardan turli majburiyatlarni o’tash talab qilinadi. Daromad solig’i ko’payadi. Lagashda ijtimoiy ziddiyat kuchayadi. Yangi «ensi» Urukagina ijtimoiy ziddiyatlarni bo`shashtirish uchun islohot o’tkazadi. Oliy kohinlar soliqlardan ozod qilinadi, ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot to`lovi miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Aholidan olinadigan soliq-to’lovlar bir qadar kamaytiriladi. Urukagina «Lugal» unvonini qabul qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagashni zaiflashtiradi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan foydalangan Umma shahri podshosi Lugalzagissi er. avv. XXIV asr oxirida Lagashni bosib olib, butun Shumerda chorak asr yetakchilik mavqeiga ega bo’ladi. Umma shahar-davlati hududi O`rtayer 186 dengizidan Fors qo`ltig`igacha (shumercha “Yuqori dengizdan to quyi dengizgacha”) cho`zilib ketgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling