O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot. Umum Hindiston davlatining vujudga kelishi. «Klassik davr» (er. avv. II asr-eramizning V asri)


Download 0.77 Mb.
bet148/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Budda davri: Er. avv. VI-III asrlarda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot. Umum Hindiston davlatining vujudga kelishi. «Klassik davr» (er. avv. II asr-eramizning V asri)

Budda davri


E ramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida shimoliy Hindiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar to’grisida arxeologik va yezma manbalar ayniqsa, budda manbalari boy ma'lumot beradi. Er. avv VI-V asrda tarqalgan yangi Budda dini asoschisi Sidxartka Gautama hozirgi Nepal hududida joylashgan uncha katta bo’lmagan shak'yalarning oligarxik birlashmasining urug`idan kelib chiqqan.

Hind-Gang tekisligida temir qurollarning tarqalishi sun'iy sug`orish inshootlarni qurish va muntazam hosil olish imkoniyatini tug`diradi.

Hindistonning shimoliy-sharqida sug`orma dehqonchilik sharoitida asosiy ekin sholi bo’lgan.

Bu davrda shaharlar aholisining soni keskin oshadi. Tovar – pul munosabatlarining o`sishi natijasida er. avv. I ming yillik o’rtalarida tanga pul zarb qilina boshlaydi. Yirik shaharlarning maydoni Udjayin va Kaushanbi – 1,5-2,5 kv. km.ni tashkil etgan. Bu o’sha davrdagi eng mashhur yunon shaharlari maydoni bilan teng edi. Salavkiylar davlatining elchisi yunon Megasfen elchi sifatida Maurilar saroyiga kelganda Pataliputra shahri devorlarini uzunligi 30 km deb hisoblaydi.

Hind afsonalarida shahar boshqaruvi va ijtimoiy tuzilishi to’g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Ularda savdogarlar birlashmalari va hunarmandlarning sex tashkilotlari eslatiladi.

Qishloqda oila yetakchi o’rin tutgan. Oila boshlig`i ota yer-chorvani oila nomidan boshqargan.

Ayollar hurmat qilinsada, lekin mulk huquqiga ega bo’lmaganlar. Patriarxal oilada bir necha avlod yashagan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi mulkiy tengsizlikka olib kelgan. Qarzi uchun qul qilish keng tarqaladi. Faqat jamoa munosabalarining mustahkamligi bu jarayonni ma'lum jihatdan jilovlab turadi.

Er. avv. I ming yillik o’rtalarida hokim (roja)lar davlat boshqaruvida shakllanayotgan ma'muriy apparat va xizmatga tortilayotgan aslzoda bo’lmagan kishilarga tayanganlar. Hokim uchun asosiy tayanch kuch qo’shin edi. Armiyada yengil jang aravalari o’rnini og`ir kvadrigalar egallaydi, otliq qo’shinlardan keng foydalanildi, jangovar fillardan qo’shin tuzila boshlanadi. Qo’shin endilikda muntazam xarakterga ega bo’ladi.

Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Hindistonda yirik davlatlar paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligida alohida sulolalar, faqat ayrimlarida oligarxiya hukmron edi. Magatxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimida, Gang va Yamun oralig`ida Vatsa, Avanti davlatlari o’rtasida yetakchilik uchun kurash olib boradilar. Er. avv. IV asrda Magatxa davlati kuchli ta'sirga ega bo’ladi va yuz yil o’tgach u birinchi umumhind davlatiga asos soladi.

Er. avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Bengaliyagacha bo’lgan yerlar Mauri urug’idan bo’lgan Magadxilik zodagon Chandragupta (er. avv. 317-yil hokimiyatni egallagan) tomonidan bo`ysundiriladi. Uning vorisi davrida Maurilar hokimiyati Dekan hududigacha yetib boradi. Ashoki (er. avv. 264-231-yillar) davrida er.avv. III asrda Maurilar davlati gullab-yashnaydi. Umum-Hind davlatining hukmdori o’zini faqat Magatxa davlatini podshosi deb hisoblagan. Bosqinchilik o’rushlari ma'muriy apparatni to’liq almashtirish va eski siyosiy tuzumni o’zgartirishga olib kelmaydi. Magatxa podshosi maxsus amaldorlarni har uch yoki besh yilda bir marta viloyatlarga nazorat uchun yuborgan.

Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho kengashi bilan cheklangan. U o’z navbatida podsholar ham urug` zodagonlari kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qilgan. Ularni o’z tarafdorlari bilan almashtirishga harakat qiladi. Podsholar o’z qo’llariga moliyaviy boshqaruvni to’plab davlat xazinasini to’ldirishga uringanlar.

Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan'anaviy dinlarga, asosan budda diniga homiylik qilganlar. Mauriylar budda dini targ`ibotiga jiddiy e'tibor berganlar. Turli mamlakatlarga budda g`oyalarini targ`ib qilish uchun missionerlar yuborilgan. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqa bo’lgan viloyatlarda budda ta'limoti tez qabul qilinadi. Shri-Lankada bu jarayon tez yoyiladi.

Mahalliy tarixnavis bu yerda dehqonchilik, hunar va davlatchilikni paydo bo’lishini er. avv. V asrda Shimoliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog`ladi. Shaxzoda Singala («Yulbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan mamlakatdagi hukmron etnik guruh aholi aytila boshladi. Arxeologik qazishmalar ham er. avv. I ming yillik o’rtalarida Shri –Lankada birdaniga temir asri madaniyati paydo bo’lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni Budda ta'limotini afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda birinchi budda monastirlari paydo bo’lgani to’g`risida hikoya qiladi. Shri-Lanka Ashoki davridan to shu kungacha Budda dini hukmron bo’lgan mamlakatdir.

Er. avv. IV-III asrlarda sekin-asta umumhind davlati tashkil topa boshlaydi. Bu butun janubiy Osiyoning barcha hududlarining sivilizasiyalashuvida muhim rol o`ynagan. Er. avv. II asr boshlarida bu siyosiy birlashma parchalanib ketadi, lekin u to’g`risida xotira qoldi. Madaniy birlik davlat paydo bo’ladi. Ashoki kapitelidagi to’rt sher hozirgi kunda Hindiston Respublikasining milliy ramzi hisoblanadi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling