O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet157/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Me'morchilik va san'at


Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor.

Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.

Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi.

Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan. Ana shu maktablar asosida o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi.

Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob yodgorligi g`ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek noyob tasvirlarga o`xshash tasvirlar Shri-Lankadan ham topilgan.

Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab

qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo’ldi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling