O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet28/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Ijtimoiy munosabatlar


Avvalgidek Misr jamiyati uch qatlamga bo’lingan edi: hukmron tabaqa quldorlar, ustaxonalar,uy egalari: kichik mayda ishlab chiqaruvchilar, o’z mehnati bilan kun kechiruvchi hunarmand va dehqonlar: o’z mulkiga ega bo’lmagan qaram qullar. Yangi podshohlik davrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy tizimda ularning ichida ko’pgina o’zgarishlar yuz bergan. Quldorlik munosabatlari mustahkamlangan. Yuz minglab asirlar qullarga aylantiril. 1-3 qulga esa bo’lgan mayda quldorlar paydo bo’lgan. Hukmron tabaqa va uning tarkibida keskin o’zgarishlar yuz bergan. Aslzoda bo’lmagan, ma'muriyatda o’rta va kichik lavozimlarni egallagan, fir'avnga qaram bo’lgan kichik va o’rta quldorlar paydo bo’ldi. Ular fir'avn hokimiyatini asosiy tayanchi edilar.

Hukmron tabaqa ichida xizmatdagi zodagonlar, qo’shinning qo`mondon tarkibi, merosiy zodagonlar, xudo Amon boshchiligidagi oliy kohinlar alohida o’rin egallaganlar. Nom zodagonlari va oliy kohinlar XVIII sulola davrida istilochilik urushlaridan ulkan boylik orttirdilar. Yillar davomida moddiy boyliklarni to’plab olgan. Fiva kohinlari davlat hokimiyatiga kuchli ta'sir o’tkazib fir'avnlarni siyosatiga faol aralashganlar. Fiva kohinlari bilan nom zodagonlari va xizmatdagi zodagonlar o’rtasida kuchli qaramaqarshilik paydo bo’lgan. Natijada bu kurash

Exnatonning diniy islohatlari bilan tugagan.

Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi.

Istilochilik yurishlari davrda iqtisodiy o`sish ma'lum holda barqaror bo’lgan, ammo, mehnatkash aholining ahvoli og`ir bo’lib qolavergan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling