O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet172/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Adabiyot


Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari eramizdan avvalgi XI-VI asrlarda jez ko`zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. «Shiszin» (“qo’shiqlar kitobi”)-qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan («Podsholik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.

«Shiszin» an'analari eramizdan avvalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o’zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do`mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli ular «Tosh do`mbiralar»dagi matnlar deb ataladi.

Eramizdan avvalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.

Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga bo’lingan. Ko’pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida O’rta Osiyodan o’zlashtirib olingan.

Xitoy me'morchilik san'atida yog`och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining noyeb me'morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o’rab olingan. Baland ko’p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va ibodatxonalar shaharning kurki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo`yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo’lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling