O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Rim tarixi manbalari


Download 0.77 Mb.
bet263/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qadimgi Rim tarixi manbalari


Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi 754 – 753 yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476 yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo’lgan shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlar beradi.

Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida

yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar to’plana boshlandi.

Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon

yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o’rganishda

katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.

Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinadi.

Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.

Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin.

Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar.

Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin.

Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling