O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Bobil kassit sulolasi davrida


Download 0.77 Mb.
bet73/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Bobil kassit sulolasi davrida


Er. avv. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib, 1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr «O’rta Bobil davri» deb ataladi. Kassitlar

Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Bobil, Nippur va Sippar shaharlari ma`lum mustaqikka ega bo`ladilar. Ular soliq va majburiyatlardan to`la ozod qilindilar, o`zlarining alohida qo`shinlariga ega bo`ldilar. Natijada iqtisodiyot gullab-yashnadi, savdohunarmandchilikni rivojlanishi uchun qulay shartsharoit yaratildi.

Kassit sulolasi keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi. Ular Frot daryosining o`rta oqimini, Suriyaning bepoyon cho`l hududlarini va Janubiy Suriyadan iordan daryosigacha bo`lgan yerlarni egallab oldilar. Kassitlar markaziy va Janubiy Eronga istilochilik yurishlari qildilar. Ular er. avv. XV asr oxirlarida Misrga qarshi kurash olib bordilar va Misrni Mitanni bilan tinchlik o`rnatishga majbur qildilar. Old Osiyoda qudratli davlatlar Misr, Xett va Mitanni Old Osiyoda ta`sir doirasi uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Kassitlar sulolasi bu davlatlar bilan navbat va navbat murosachilik siyosatini olib bordilar va o`zlarini hukmronliklarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan bu davlatlar bilan ittifoqlar tuzdilar. Kassitlar Misrga qarshi xettlarni qo`llab quvvatladilar, Kassit hukmdorlari er. avv. XIII asrda xettlar bilan ittifoqlikda osuriyaliklarga qarshi urush olib bordilar. Er. avv. XII asr boshlarida Osuriya ham kassitlarga qaram bo`lib qoldi.

Kassitlar davrida shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi, xususiy mulkchilikni kuchaygan davri bo’lgan. Qishloq xo’jaligida natural holat kuchayib tovar ishlab-chiqarish kamayadi. Yirik yer egaligi mustahkamlana boshlaydi. Zodagonlar ko’p hollarda soliq to’lovlaridan podsho farmonlari bilan ozod bo’la boshlaydilar. Bunday farmonlar chegara toshlarida “kudurru” (Yer egalarini soliq va ma`muriy immunitetlari to`g`risidagi farmon) yozib qo`yila boshlanadi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling