O’zbrkistonda mahalliy o’zini boshqarish organlari faoliyatining yo’lga qo’yilishi Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan
Download 10.43 Kb.
|
O’zbrkistonda mahalliy o’zini boshqarish organlari faoliyatining yo’lga qo’yilishi
MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH NOMARKAZLASHISH TAMOYILLARI ASOSIDAGI BOSHQARUV BO‘LIB, UNING ASOSIY BELGILARI, BU-MAZKUR ORGANLARNING FUQAROLAR TOMONIDAN TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SAYLANISHLIGI VA MAHALLIY AHAMIYATGA EGA BO‘LGAN O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH FAOLIYATIGA RAHBARLIK QILISHDAGI NISBATAN MUSTAQILLIGIDIR. MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI DAVLAT TASHKILOTINING UNSURLARINI TASHKIL ETADI. SHUNINGDEK, ULAR JOYLARDAGI MAHALLIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDAGI YUQORI DARAJAGA TAALLUQLI BO‘LMAYDI. CHUNKI, ODATDA HUDUDLARNI BOSHQARISH FUNKSIYALARINING AKSARIYATI HUKUMAT VA ALOHIDA VAZIRLIKLARNING QUYI ORGANLARIGA BERILGANDIR.
MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI FUQAROLAR TOMONIDAN SAYLANISHI, SHUNINGDEK, MAHALLIY AHOLINING VAKILLARI SIFATIDAGI RASMIY O‘RINLARGA BINOAN VAKILLIK TIZIMINING TARKIBIY QISMLARIDAN BIRIDIR. BU ORGANLARNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SOHADAGI FAOLIYATLARI AHOLI UCHUN ULKAN AHAMIYATGA EGADIR. O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARIDA DAVLAT BOSHQARUVINING BOSHQA BO‘G‘INLARIGA NISBATAN BYUROKRATIZMGA BERILISH KAMROQ BO‘LADI. ANA SHU BARCHA FAZILATLAR SAYLANUVCHI MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISHNI DEMOKRATIYA QADRIYATLARIDAN BIRIGA AYLANISHIGA IMKONIYATLAR YARATDI.MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISHNING DEMOKRATIK TAMOYILLAR ASOSIDAGI NAZARIYASI DASTLAB XYIII ASRNING IKKINCHI YARMIDA G‘ARBIY YEVROPADA ISHLAB CHIQILGAN BO‘LIB, UNING TABIATI VA JAMIYATDAGI O‘RNI MAHALLIY HOKIMIYATLAR VA JAMOALAR O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINING FUQAROLAR TOMONIDAN SAYLANISH PRINSIPI G‘OYALARI BILAN BOG‘LIQDIR. SAYLANUVCHI O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINING MUSTAQILLIGI KONSEPSIYASI, ULARNING QISHLOQ JAMOALARI VA SHAHARLARDAGI ISHLARGA RAHBARLIK QILISHIDA MARKAZIY HOKIMIYATGA NISBATAN MUSTAQILLIGI YANGI TARIXNING ILK DAVRIDA MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH FUNKSIYALARINI IFODALAB, BU ORGANLARGA DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDAN TASHQARIDAGI BO‘G‘IN SIFATIDA QARASH RUSUMGA KIRDI.
Download 10.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling