O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Voleybol nazariyasi va uslubiyati faniga kirish


Download 49.5 Kb.
bet2/5
Sana28.10.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1730316
1   2   3   4   5
Bog'liq
Volebol bo‘yicha darslarni o‘tkazish uslubiyati

Voleybol nazariyasi va uslubiyati faniga kirish
1.1. Jismoniy tarbiya tizimida voleybol “Jismoniy mashqlar ko‘plab dori-darmonlarning o‘rnini bosishi mumkin, biroq minglab dori-darmonlar ham jismoniy mashqlarning o‘rnini bosa olmaydi”. A.Myusse Voleybol – jismoniy tarbiya va shaxs rivojlanishining samarali va ko‘p qirrali vositasidir. Voleybol bilan shug‘ullanish organizmning ko‘plab muhim tizimlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi va ularni yuqori darajada takomillashtiradi. Shu sabablarga ko‘ra voleybol ko‘plab mamlakatlarning jismoniy tarbiya tizimida salmoqli o‘ringa ega. Voleybol BO‘SMlar (Bolalar o‘smirlar sport maktabi), umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlarining jismoniy madaniyat fani dasturlariga kiritilgan. Jismoniy madaniyat jamoalari sport seksiyalari va harbiy bo‘linmalarda voleybol bilan shug‘ullanishadi. Voleybol bog‘larda, cho‘milish joylarida, dam olish uylarida, ko‘plab ommaviy-sport tadbirlarida faol dam olish va hordiq chiqarish vositasi sifatida qo‘llaniladi, bu esa kam harakatli turmush tarziga ega odamlar uchun huzur-halovat bag‘ishlaydi. Voleybol bilan shug‘ullanish organizmning ko‘plab funksiyalariga va o‘yinchilarning shaxsiy sifatlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi, jumladan: - o‘yin asosidagi muhim jismoniy mashqlar: sakrash, zarba berish, tezlashish, keskin to‘xtash, yiqilish, umbaloq oshish ko‘nikmalari takomillashadi; -o‘yinchilarning ko‘plab jismoniy sifatlari: sakrash, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamliligi takomillashadi; -o‘yinchilarning intellektual qobiliyatlari rivojlanadi, sezgi organlari, aksariyat psixik holatlar takomillashadi. Bu boradagi ijobiy belgilar: mehnatsevarlik, maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, g‘alabaga ishonch, jamoaviylik hissiyoti kabilarni shakllantirish uchun yaxshigina sinov maydonidir; -sportning har qanday boshqa turi kabi, voleybol bilan shug‘ullanishning to‘liq foydaliligi to‘g‘risida xulosa chiqarish, albatta, birmuncha bo‘rttirish bo‘ladi. Har qanday tirik organizm faqatgina 6 mashqlar jarayonida takomillashishini e’tiborga olgan holda, ularning miqdori, me’yorini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Qadim zamonlardanoq, tabiblar har qanday narsa (bizning holatda – mashqlar) organizm uchun dori yoki zahar bo‘lishi mumkin – hamma ish me’yorga bog‘liq bo‘ladi, deb ta’kidlashgan. Jumladan, voleybol sport turida ham o‘ta zo‘riqib mashg‘ulot olib borish sportchini kamdan-kam hollardagina sog‘lomlashtiradi. Ko‘plab jarohatlar, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar oxir-oqibatda professional sportchilarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; -boshqa tomondan esa, sport mashg‘ulotlariga juda ko‘p vaqt ajratilsa (deyarli har kuni ikki-uch martadan mashqlar, yig‘inlar, turnirlar), professional o‘yinchi organizmi genetik dasturida mavjud o‘zga funksiyalarni takomillashtirishning bir qator jihatlarini, inson faoliyatining hayotiy muhim sohalarini ta’minlovchi boshqa yo‘nalishlar e’tibordan chetda qoladi. Bu esa shaxsni ma’lum bir chegaragacha cheklashga olib keladi. Sportni kasb sifatida tanlagan inson uchun bu muqarrar qo‘shimcha natijadir, barcha kasblar ham inson shaxsiga muayyan ta’sirini o‘tkazadi; -organizmning boshqa a’zolari esa zo‘riqadi va toliqadi. Psixologik tartibdagi doimiy zo‘riqishlar ham xavfli – ular sportchilarni (birinchi navbatda murabbiylarni) ancha ertaroq hissiy zo‘riqishiga, tushkunlik va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin; -jismoniy madaniyat tizimida mazkur qiziqarli o‘yin – voleybol bilan mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish zarurki, bu mashqlar o‘qishga, kasb egallashga, sog‘lom bo‘lishga, samarali ishlashga, oilaviy muammolarni chin dildan hal etishga xalal bermay, balki ko‘maklashsin. Shundagina voleybol bilan shug‘ullanish inson hayotiga huzur bag‘ishlaydi. Ushbu qiziqarli va foydali o‘yin kuchli hissiy kechinmalarga olib keladi, shuningdek, mashqlar natijasida organizmning funksional tizimlari takomillashganini his etish mumkin va voleybolchi shaxsining ko‘plab ijobiy sifatlari shakllanadi. 1.2. Voleybol o‘quv fani sifatida “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani mutaxassislik sifatida voleybol bo‘yicha murabbiylik kasbiga tayyorlash talablari bo‘yicha oliy o‘quv yurti o‘quv rejasining ixtisoslik fani hisoblanadi. U oliy ta’lim Davlat ta’lim standartining 5610500 “Sport faoliyati” (faoliyat turlari) ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning malaka tavsifida belgilangan layoqatlarni shakllanishda umumiy vazifalarning aksariyat 7 qismini bajaradi. Mazkur fan “Jismoniy madaniyat” va “Sport faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejasidagi bir qator fanlar orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Dastur mazmuni, mutaxassislarni malaka va ko‘nikmalari tegishli kafedralarning mutaxassislik bo‘yicha ishchi dasturlarida aks ettirilgan. Ular oliy ta’lim bo‘yicha Davlat ta’lim standartining umumiy talablariga muvofiq ishlab chiqilib, mutaxassis tayyorlash, zaruriy kasbiy layoqatlar darajasini belgilaydi. O‘quv dasturida yo‘nalishning har bir bitiruvchisi egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalar darajasi va hajmi bo‘yicha talablarning zaruriy ko‘rsatkichi beriladi. Ular quyidagilardan iborat: - voleybol nazariyasining umumiy asoslari; - voleybolni o‘rgatish uslubiyati; - sport mashqlari nazariyasi va uslubiyati; - turli toifadagi jamoalarni tayyorlash xususiyatlari; - ommaviy-sport ishlari; - voleybolning tibbiy-biologik va psixologik asoslari; - voleybol bo‘yicha musobaqalar hakamligini tashkil etish va o‘tkazish uslublari; - voleybol bilan shug‘ullanishning moddiy-texnikaviy ta’minoti; - talabalarning voleybol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari; - voleybolchilar sport tayyorgarligi darajasini rejalashtirish va nazorat qilish; O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv amaliyoti, talabalarning ilmiy tadqiqotlari va mustaqil ish shakllarida o‘tkaziladi. Ma’ruzalarda dasturda belgilangan barcha nazariy bilimlar aks ettiriladi. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarda talabalar voleybolni o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar va mustahkamlaydilar. Umumta’lim maktablari, sport maktablari, jismoniy madaniyat jamoalaridagi pedagogik amaliyot jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va tashkilotchisining amaliy ish ko‘nikmalarini egallashida ko‘maklashadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida talabalar asosli fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy-tadqiqot usullarini o‘zlashtiradilar, kelajakda kasbiy o‘sishlari hamda voleybolga o‘rgatish bo‘yicha o‘zlarining yangi usullarini kashf etishlari uchun zamin yaratadilar. Voleybolchilarning sport tayyorgarligi nazariyasi va uslublarini ayrim umumiy masalalari bo‘yicha qo‘shimcha bilimlar talabalar tomonidan o‘quv rejasidagi quyidagi o‘quv fanlari: fiziologiya, psixologiya, 8 biomexanika, bioximiya, anatomiya, sport tibbiyoti, pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kabilarda o‘rganiladi. O‘qitish dasturida bo‘lg‘usi mutaxassislarning sport mahoratini oshirib borish, kasbiy faoliyat va kasbiy mahorat darajasining tarkibiy qismi sifatida ham nazarda tutiladi. Talabalarning o‘zlashtirishi sinov va imtihonlar orqali baholanadi. Oliy o‘quv yurtini tugallashda har bir talaba davlat attestatsiyasi talablarini bajarishi, bitiruv malakaviy ishini tayyorlashi va himoya qilishi zarur. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, voleybol bo‘yicha mutaxassis turli toifadagi sport jamoalarida, BO‘SMlarda, umumta’lim maktablari va kollejlarda hamda oliy o‘quv yurtlarida, sport tashkilotlari va klublarda ishlashi mumkin. 1.3. Kasbga o‘rgatish tamoyillari Murabbiylik kasbini o‘rgatib bo‘lmaydi, Ushbu kasbda faqat o‘rganish mumkin! (Xalq maqoli) Jadal o‘zgarib borayotgan jamiyat oliy o‘quv yurti bitiruvchilariga katta talablar qo‘ymoqda. Jamiyatda zamonaviy hayot sharoitlarida faoliyat yurita oladigan, yuqori kasbiy layoqatga ega mutaxassislarga talab kuchaymoqda. Bozor munosabatlari mutaxassislar orasidagi raqobatni kuchaytirmoqda. Sportchi muvaffaqiyatga erishish va hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘z ishining ustasi bo‘lishi lozim. Biroq raqobat mahoratni egallashning yagona rag‘bati bo‘lmasligi kerak. Bunda kasbga, ijodiyotga, o‘z-o‘zini rivojlantirish va namoyon etishga qiziqish muhimroqdir. Oliy o‘quv yurtida tanlangan kasb bo‘yicha mahoratga erishishning eng muhim dastlabki bosqichi bo‘lib, zaruriy kompetensiyalarni egallash kasbiy o‘sishning asosi hisoblanadi. Talabalarni o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishish uchun bir qator umumiy qonuniyatlardan foydalanish zarur. Ularni, muayyan darajada, tamoyillar sifatida belgilash mumkin. Ular pedagogikaning umumiy didaktik tamoyillari bilan birgalikda kasbni egallashda yuksak natijalarni ta’minlaydi. Ularning har biri mahoratning muhim layoqatlarini shakllantiradi. 1. Muammoli o‘qitish tamoyili. Talabalar tomonidan oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilangan ko‘plab layoqatlarni egallash vazifasini belgilaydi. Uning mohiyati keng ma’noda o‘quv dasturi mavzulari bo‘yicha mavjud materialni o‘rganishni taqozo etadi. 9 Bugungi chegara insonning haqiqatga, mavjud ziddiyatlarni aniqlashga yaqinlashuvida, farazlarni, turli nuqtai nazarlarni baholashda, hali o‘rganilmagan yo‘nalishlarni aniqlashda ko‘rinib, aynan bilish muammosini tashkil etadi. Ularning hal etilmaganligi, bir tomondan, voleybol nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonlarini cheklaydi, ikkinchi tomondan esa, haqiqatni izlovchilarga bilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Mavjud bilimlardagi muammolarni aniq ko‘rsatib berish muammoli o‘qitishning mohiyatini tashkil etadi. Bunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar mazmuni bilan cheklanib qolish mumkin emas. Boshqa ilmiy va uslubiy adabiyotlarni ham o‘rganish, turli yo‘nalishdagi mutaxassislarning ma’ruzalarini, olimlarning anjumanlardagi ma’ruzalarini ham eshitish lozim. Darslarni olib boruvchi o‘qituvchilar talabalarga katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Talabaning bilim olishga, mutaxassislik layoqatini egallashga intilishi belgilovchi holat hisoblanadi. Zamonaviy voleybol nazariyasi va uslubiyati muammolarini tushunish, yosh mutaxassislarga mavjud bilimlarni obyektiv baholash, ularning kasbiy mahoratni takomillashtirishning samarali yo‘llarini izlashlari va shu jumladan, ushbu muammolarni hal etish jarayonida yangi yo‘llarni topishga imkon beradi. Tor ma’noda esa materialning bir qismini, ayniqsa, nazariy qismini o‘zlashtirishda muammoli o‘qitish uslubidan foydalanish mumkin.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling