O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
амалий колло
8- Amaliy mashg'ulot MIKROGETEROGEN DISPERS SISTEMALARNI O‘RGANISH Dispers faza charrachalarining o'lchami 10 -5 -10 -7 м bo'lgan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi. Bunday sistemalar jumlasiga suspenziyalar, emulsiyalar, kukunlar ko'piklar va aerozollar kiradi. Mikrogeterogen sistemalar sedimentasion barqaror emas, ya'ni dispers faza zarrachalari o'zaro birikib yiriklashmay turiboq o'z-o'zicha cho'kadi.Mikrogeterogen sistemalar agregativ barqaror emas, shuning uchun bularning bararqarorligini oshirish uchun ularga stabilizatorlar qo'shiladi. Bunda stabilizatorning molekula va ionlari zarrachalar sirtida adsorbilanib, sistemaning sirt energiyasini kamaytiradi va ularning barqarorligini oshiradi. Suspenziyalar. Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat mikrogeterogen sistemalar suspenziyalar deyiladi. Masalan, sement, ohak eritmalari, tuproqning suvdagi aralashmasi, moyli bo'yoqlar shular jumlasidandir. Supenziyalar qattiq moddalarni suyuqlikda maydalash yoki oldindan tayyorlangan kukunni suyuqlikka aralashtirish orqali olinadi.Konsentrlangan suspenziyalarning 19 qovushqoqligi katta bo'ladi. Ularda disperslik darajasi juda past bo'lganligi uchun ularda broun harakati va diffuziyalanish kabi molekulyar-kinetik xossalar bo'lmaydi. Suspenziyalar sedimentasion barqaror sistemalar emas, ular og'irlik kuchi yordamida cho'kadi. Suspenziyalar agregativ barqaror va agregativ beqaror bo'lishadi. Agregativ barqaror suspenziyalarda zarrachalar koagulyasiyaga uchramasdan, har bir zarracha alohida cho'kadi. Agregativ beqaror suspenziyalarda esa zarrachalar cho'kish davomida mollekulyar kuchlar ta'sirida o'zaro birikib, agregatlar hosil qiladi. Agregativ barqaror sistemalarga kvarsning suvdagi, qumning benzoldagi suspenziyalari misol bo'ladi. Kvars suv bilan, qurum benzol bilan yaxshi hullangani uchun bu sistemalar stabilizator ishtirokisiz barqaror holatda bo'la oladi. Agar dispersion muhit almashtirilsa, agregativ beqaror sistema hosil bo'ladi. Masalan, qurum suvga aralashtirilsa qurum zarrachalari suv bilan ho'llanmaydi zarracha sirtida gidrat qavat hosil bo'lmasligi natijasida zarrachalar bir-biri bilan birikadi. Agar shu sistemaga sirt-aktiv moddalar-stabilizatorlar qo'shsak, suspenziya yana barqaror holatga kelishi mumkin. Sirt-aktiv moddalar molekulalarining qutblanmagan gurppalari qurum zarrachalari sirtida adsorbilanib, zarrachalarga ho'llanish xossasini beradi. Ho'llanish natijasida zarrachalar sirtida gidrat qobiq vujudga keladi va suspenziya agregativ barqaror bo'ladi. Stabilizator sifatida suspenziyalarga yuqori molekulyar birikmalar qo'shiladi. Emulsiyalar. Bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat ikkita mikrogeterogen sistema emulsiya deyiladi. Masalan, moy, benzin,benzol, kerosin kabi suvda oz eriydigan moddalar suv bilan emulsiya hosil qiladi. Emulsiya hosil bo'lishi uchun suyuqliklar bir-birida juda oz erishi kerak. Emulsiyalarda dispers faza zarrachalarining o'lchami 10-7-10-5m bo'ladi. Ikki tur emulsiyalar mavjud bo'lib ularga dispers fazasi moy bo'lgan va dispers fazasi suv bo'lgan emulsiyalar kiradi. Emulsiyalar ko'pincha ultratovush ta'sirida olinadi. Dispers fazaning konsentrasiyasiga ko'ra emulsiyalar suyultirilgan, konsentrlangan va yuqori konsentrlangan emulsiyalarga bo'linadi. Emulsiyalar sedimentasion barqaror bo'lmagan sistemalardir. Faqatina dispersion muhit va dispers fazaning zichliklari xar-xil bo'lsa ularda dispers fazaning sedimentasiyasi yoki yuzaga qalqib chiqish hodisasi ro'y beradi. Dispers faza zarrachalari o'zaro birikishi natijasida koalessensiya hodisasi ro'y beradi ya'ni bunda emulsiyalar emiriladi. Bu agregativ beqarorlik natijasida emulsiya ikki qavatga ajraladi. Suspenziyalar barqarorligini oshirish uchun stabilizatorlar qo'shilsa, emulsiyalar barqarorligini oshirish uchun emulgatorlar qo'shiladi. Emulgator fazalararo sirt taranglikni kamaytiradi, ularga sovun, tuproq, bo'r kiradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling