O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1562449
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
амалий колло

 
Viktorina savollari. 
1.Ikki xil eritmadan ularni haydamasdan turib, toza suvni qanday qilib 
olish mumkin? 
2. Davriy qonun kashf etilganiga qadar nechta element ma'lum edi? 
Xozirda nechta element mavjud? 
3. Nima sababdan alyuminiydan yasalgan idishlarni simobga tegib 
ketishidan saqlash zarur? 


20 
4. Sham havoda sariq, kislorodda oqish, xlorda tutunli qizil, havoda 
purkalsa kuchsiz yorituvchi ko'k alanga berib yonadi. Bunga sabab nima? 
5. Qanday eritmada g'isht botmaydi? 
6. Qaysi tosh o'zi bo'lmagani holda kimyoning rivojlanishiga sezilarli 
darajada ta'sir qiladi? 
7. Suvning necha xil molekulyar og'irligi bo'lishi mumkin? 
8. Qaysi element uning oddiy modda holatidagi hidiga qarab nomlangan? 
9. Bir elementning erkin holatdagi ko'rinishi bo'lgan oddiy moddani 
kishilar oltindan ortiq pul to'lab oladilar. Xuddi shu elementning erkin holatdagi 
ko'rinishi bo'lgan ikkinchi oddiy moddani uydan chiqorib tashlaydilar. U qaysi 
element va qaysi oddiy moddalar? 
10. Nafas chiqorganda qanaqa tiniq suvni loyqalatish mumkin? 
Viktorina javoblari. 
100ml 1 molyar rux sulfat eritmasiga 100ml 1 molyar bariy sulfid qo'yilsa 
suvda erigan ikki tuz o'zaro reaksiyaga kirishib, suvda erimaydigan bariy sulfat va 
rux sulfid tuzlari hosil bo'ladi. Bular bir ozdan keyin cho'kib, toza tiniq suv 
ajraladi. 
Davriy qonun kashf etilgan paytda 63 ta element ma'lum edi, hozirda 123 
ta element ma'lum. 
Simob va uning birikmalari alyuminiy sirtida oksid parda hosil bo'lishiga 
yo'l qo'ymaydi, shu sababli alyuminiy tez oksidlanib emiriladi va ishdan chiqadi. 
Sham yonganda parafin yoki stearin molekulalari parchalanib, qattiq 
uglerod zarrachalariga ajraladi-da, qizib cho'g'lanadi va sariq tusga kirib yorug'lik 
tarqatadi. Alanganing ranggi issiqlik darajasiga bog'liq bo'lib, 700 gradusda qora-
qizil, 1100 gradusda sariq, 1300 gardusda oq bo'ladi. Agar alangaga havo purkalsa, 
kislorod alanganing yorug' qismiga kirib, uglerod zarrachalarini tez yondiradi. U 
holda alanga kuk tusli bo'lib, kam yorug'lik tarqatadi. 
Suvning solishtirma og'irligi birga teng, eritmalarniki esa birdan ortiq 
bo'ladi. Agar eritmaning solishtirma og'irligi g'ishtnikidan ortiq bo'lsa, u eritmada 
g'isht botmaydi. Masalan, simob (2) yodid tuzining to'yingan eritmasining 
solishtirma og'irligi 3,58 ga teng, agar unga g'isht tushirilsa botmaydi. 
Kimyo tarixida alkimyogarlar “Falsafa toshi”ni qidirib ko'pgina tajribalar 
o'tqazganlar, ammo u toshni topa olmaganlar, biroq ko'pgina tajribalar natijasida 
yangidan-yangi moddalar topilgan. 
Fanga molekulyar og'irligi 18 teng bo'lgan normal va 20ga teng bo'lgan 
og'ir suv ma'lum. 
Brom qo'lansa hidli bo'lganligi uchun bu elementga “brom” deb nom 
berishgan. “Brom” grekcha qo'lansa hidli demakdir. 
Uglerodning alltropik shakl ko'rinishi bo'lgan olmos oltindan qimmat 
turadi, ikkinchisi qurum esa pechkalar vaqti-vaqti bilan tozalanganda ko'chaga 
chiqorib tashlanadi. 
Nafas chiqorganda chiqadigan karbonat angidrid gazi ohakli tiniq suvni 
loyqalatadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling