O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1562449
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
амалий колло

 


21 
9- Amaliy mashg'ulot 
KO'PIKLAR va IVIQLAR 
Agar emulsiyada bir suyuqlik o'rniga gaz olinsa, kupik xosil bo'ladi. 
Bunga dispersion muxit suyuqlik va dispers faza gaz bo'lgan sistemalar kiradi. 
Kupik-gaz va suqlikdan iborat yuqori konsentrasiyadagi mikrogeterogen 
sistemadir. Kupikda suyuqlik ko'pik hajmining juda oz qismini tashkil etadi va 
kupiklar dag'al dispers sistemalar qatoriga kiradi. 
Ko’piklar pardasi pishiq bo'lgandagina ko'piklar barqaror bo'ladi. 
Mexanik jihatdan mustaxkam pardalar hosil bo'lishini esa sirt-aktiv moddalar 
stabilizatorlar (barqarorlashtiruvchi) sifatida amalga oshiradi. Faqat elastik 
pardali ko'piklargina uzoq vaqt tura oladi. Ko'piklarning ikki ko'satkichi 
stabillanishi va emirilish vaqti katta axamiyatga ega. Ko'piklar turg'unligi 
ularning sirt yuzada yashash davrlari bilan xarakterlanadi. Odatda o'ta turg'un 
kupiklar o'rtacha yoki uncha katta bo'lmagan konsentrasiyali sirt-aktiv moddalar 
ishtirokida hosil qilinadi. Ko'pikka turli moddalar qo'shish bilan bu ikki prosess 
tezligiga katta ta'sir ko'rsatish mumkin. Masalan, Dyuar sovun eritmasiga turli 
moddalar qo'shish va tayyorlash usulini tanlash natijasida sovun ko'pigi umrini 3 
yilga etkiza olgan, vaholangki sovun kupigini umri bir necha sekund bilan 
o'lchanadi. Ko'pik umrining uzoq-qisqaligiga harorat va eritma muhiti katta ta'sir 
ko'rsatadi.
Ko'piklardan hozirgi kunda ko'pgina sohalarda unumli foydalanilmoqda. 
Masalan, flotasiya usuli bilan ko'pik hosil qilinib, rudalarni boyitish yo'lga 
qo'yilgan. Shuningdek, struktura to'rlari qattiq moddalardan iborat bo'lgan 
ko'piklar- aerogellarga bo'lgan talab kundan- kun kuchayib bormoqda. Ulardan 
mikrog'ovak charmlar, kupikshisha, izolyasiya materiallari va ko'pikplastlar 
tayyorlanmoqda. Tort va boshqa konditer mahsulotlariga qullaniladigan 
ko'piklar ham qattiq ko'piklar jumlasiga kiradi. Bundan tashqari, ko'pik pardasi 
qotish qobiliyatiga ega bo'lsa, undan qattiq ko'pik mikrog'ovakli rezinalar, 
ko'pikplast, ko'pikbetonlar xamda oziq-ovqat mahsulotlaridan zefir, sufli va 
boshqa mahsulotlarni olish mumkin. 
Strukturalar hosil qilish prosessi dispers sistemaning barcha hajmiga 
tarqalsa sistema katta qovushqoqlikka ega bo'ladi va natijada alohida bir holatga 
o'tadi. Kolloid zarrachalararo yoki polimerlarning makromolekulalari orasida 
molekulyar tutinish kuchlari ta'sir etishi tufayli ichki strukturalar hosil qilishi 
natijasida o'z oquvchanligini batamom yo'qotgan va ichki qismiga suyuqlik 
tarqalgan quyuq dispers sistemalarga iviqlar deyiladi. Iviqlarga kauchuk, elim, 
jelatina, to'qimachilik tolalari, xamir, non, marmelad va boshqalar kiradi. 
Kolloid sistemalarda iviqqa aylanish va polimer eritmalarining ivish 
prosesslariga: 1) kolloid zarracha yoki polimer makromolekulasining shakli va 
katta-kichikligi 2) dispers fazaning konsentrasiyasi 3) harorat 4) vaqt 5) 
elektrolit qo'shilishi katta ta'sir ko'rsatadi.


22 
Iviqlar ayrim qattiq moddalar xossasiga ega. Ularda o'z shaklini saqlash, 
egiluvchanlik va elastiklik xossalari saqlanadi. Bu xossalariga ko'ra iviqlar 
eritmalar bilan qattiq jismlar orasidagi holatni egallaydi. Iviqlarda xuddi 
eritmalardagi kabi xar-xil kimyoviy reaksiyalar borishi mumkin, ammo iviqning 
xar-xil qismlarida boradigan reaksiyalar bir-biriga boo'liq bo'lmagan holda sodir 
bo'ladi. Ba'zi kolloidlar, suspenziyalar va ko'pchilik yuqori molekulyar 
birikmalarda bir zarrachaning ayrim qismlari boshqa zarrachaning ayrim 
qismlari bilan birlashib, ivishni yuzaga keltiruvchi to'rsimon yoppa struktura 
hosil qiladi.
Iviqlar qizdirilganda oquvchan-qovushqoq holatga o'tadi. Bu qaytar jarayon 
bo'lib, sovitilganda yana iviqqa aylanadi. Aralashtirish, chayqatish natijasida 
iviqlar suyuq ya'ni eritma holatiga o'tadi.Bu jarayon ham qaytar bo'lib, bunday 
eritma tinch qo'yilsa, birnecha vaqtdan so'ng yana iviqlanish sodir bo'ladi. Bu 
hodisaga tiksotropiya deyiladi. Ba'zi iviqlar bir qancha vaqt o'tgandan keyin 
hajmini kichraytirib dispersion muhitni siqib chiqora boshlaydi va iviq ikki 
qavatga suyuq eritma va zich gel qavatiga ajraladi. Bu hodisaga sinerezis 
deyiladi. 
1-tajriba. Ko'pikning turg'unligini sinab ko'rish 
Xo'jalik sovunini oling va unda kapillyar naycha orqali puflab ko'pik 
hosil qiling va sekundomer yordamida uni yorilish vaqtini aniqlang. 
Stabilizatorlar yordamida hosil qilingan ko'pikning yashash muddatini aniqlash 
maqsadida sovun eritmasiga 1-2 tomchi benzol yoki izoamil spirti solib tajriba 
takrorlanadi. Sekundomer yordamida natijani aniqlang va izoh bering.
2 tajriba. Silikat kislotani gelini olinishi 
Stakanga 10ml 20% li natriy silikat tuzi eritmasidan quying, shisha 
tayoqcha yordamida aralashtirib turib 5ml 2n li sulfat kislota eritmasidan 
qo'shing. Bir necha minutdan keyin silikat kislotaning oq tusli ivig'i hosil 
bo'ladi, hosil qilingan gelni qo'yib qo'ying va bir soat o'tgandan keyin iviq ustida 
suv tomchilari paydo bo'lishini kuzating. Silikat ivig'ini hosil bo'lish 
tenglamasini yozing. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling