O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi
SIRT TARANGLIKNI O’LCHASH USLUBI YoRDAMIDA
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
амалий колло
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – amaliy mashg’ulot DISPERS SISTEMALARNI TAYYORLASHNI DISPERGASIYA VA KONDENSASIYA USULLARINI
SIRT TARANGLIKNI O’LCHASH USLUBI YoRDAMIDA
FAOLLANGAN KO’MIR YuZASIGA SUVLI ERITMADAN SAM ADSORBILANISHINI TYeKSHIRISH Ko’mirli kolbadagi eritma aralashmasini 1,5 – 2 soatdan keyin filtrlanadi, buni uchun distillangan suv bilan ho’llangan filtrga eritmadan sekinlik bilan quyiladi. Dastlabki filtrat tashlab yuboriladi. Keyin filtratdan quruq va toza 6 kolbachaga 50 ml olib, SAM adsorbilangandan so’ng eritmaning sirt tarangligi aniqlanadi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Qanday hodisaga sorbtsiya deyiladi? 2. Adsorbtsiya bilan absorbtsiya orasida qanday farq bor? 3. Adsorbtsiya qanday omillarga bog’liq bo’ladi? 4. Desorbtsiya nima? 5. Qanday sorbtsiyaga xemosorbtsiya deyiladi? 6. Adsorbent nima? unga misollar keltiring. 7. Adsorbtiv nima? 3 – amaliy mashg’ulot DISPERS SISTEMALARNI TAYYORLASHNI DISPERGASIYA VA KONDENSASIYA USULLARINI Kolloid eritmalar bir-biriga qarama –qarshi ikki uslubda olinadi: a) yirik zarrachalarni maydalash yoki disperslash (lotinchadan – dispergere –elash , kukunlash ma‘nosini beradi); b) molekula yoki ionlarni yirikroq zarrachalargacha agregatlash ( aggregate – biriktirish demakdir). Maydalashga asoslangan kolloid eritma olish usuli disperslash uslubi, molekula yoki ionlarni yirikroq zarrachalargacha agregatlash uslubiga kondensatsiya uslubi deb nom berilgan. Barqaror kolloid eritma olishning muhim shartlaridan biri bu jarayonda qo’llaniladigan biror modda kolloid zarracha yuzasiga adsorbilanib uni tevarak muhit bilan faol ta‘sirlashuvini ta‘minlashdan iborat. Kolloid eritmalarning barqarorligini ta‘minlovchi moddalarga barqarorlashtiruvchi (stabilizatorlar) deyiladi. Kolloid eritma olishning disperslash uslubi bo’yicha qattiq zarrachalar chini hovonchada yoki maxsus Sharli tegirmonlarda mexanikaviy ravishda maydalaniladi yoki peptizatsiya qilinadi. Iviqlar yoki g’ovak cho’kmalar zarrachalari yuzasiga biror moda adsorbilanib, ularni kolloid eritma (zol) holatiga o’tkazish jarayoniga peptizatlanish deyiladi. Kolloid eritma olishning kondensatsiya uslubi bo’yicha quyidagi usullarda tegishli zollar olinadi: a) kichik zarrachalarga birlashayotgan bug’lanayotgan modda molekulalarining kondensatsiyasi; b) eriydigan moddaning erimaydigan yoki kam eriydigan holatga o’tishi (erituvchini almashtirish usuli); v) qiyin eriydigan moda hosil bo’lishi bilan boradigan eritmadagi reaktsiyalar. Bu usullarning hammasida dispers faza erituvchida yomon erishi va dispers faza bilan dispers muhit orasida zarrachalarni yiriklashishi (agregatlanishi) ga to’sqinlik qiladigan ta‘sirlar bo’lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling