O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi


 Kimyoviy reaktsiyalar yordamida zollar olish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1562449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
амалий колло

1. Kimyoviy reaktsiyalar yordamida zollar olish 
 
a) Temir (III)-gidroksid zolining olinishi. 250 ml li konussimon kolbaga 
150 ml distillangan suv solib elektr plitkada qaynaguncha qizdiriladi. Kolbani 
plitkadan olmasdan plitka o’chiriladi va tomchilatgich yordamida 5 ml 
kontsentrlangan temir (III) –xlorid eritmasidan sekinlik bilan tomchilatib quyiladi ( 
50 ml distillangan suv va 50 g ЂеС1
3


2
О ). 
Temir uch xlorid gidrolizi sodir bo’lishi natijasida temir uch xlorid bilan 
barqarorlashgan qizil-qo’ng’ir rangli temir uch gidroksid kolloid eritmasi hosil 
bo’ladi. 
Olingan zol kran suvi ostida uy haroratigacha sovitiladi, keyin distillangan 
suvda ho’llangan qatlamli filtr qog’ozi yordamida filtrlanadi. Hosil qilingan zol 
mutlaq shaffof bo’lishi kerak! 
b) Berlin ko’ki zolining olinishi. Konussimon kolba (250 ml li) ga 25 ml 
distillangan suv quyib unga mikropipetka (hajmi 1 yoki 2ml li) yordamida 0,2 ml 
kontsentrlangan temir uch xlorid eritmasidan qo’shiladi va 2 ml to’yingan sariq 
qon tuzi eritmasidan aralashtirib turgan holda qo’shiladi. Reaktsiyani 
muvafaqqiyatli chiqishi pipetka bilan yaxshi muomila qilishga bog’liq.
Almashinish reaktsiyasi natijasida suvda erimaydigan berlin ko’ki
Ђе
4
[Ђе(СN)
6
]
3
quyuq gel ko’rinishida hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan berlin ko’ki 
geliga 150 ml distillangan suv quyiladi, aralashma chayqatiladi va qatlamli filtr 
yordamida filtrlanadi. Zol mutlaq shaffof va ko’k rangda bo’lishi kerak. 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Disperslash va kondensatsiya usullari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 
2. Disperslash va kondensatsiya atamalarining ma‘nosi nima? 
3. Barqarorlashtiruvchilarning kolloid eritmadagi roli nimadan iborat? 
4. Peptizatlanish nima? U nimada qo’llaniladi? 
5. Temir uch gidroksid zoli qanday hosil qilinadi? 
6. Berlin ko’ki zoli qanday olinadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling