O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
амалий колло
6-amaliy mashg’ulot
KOLLOID ERITMALARNING MOLEKULYAR-KINETIK XOSSALARI Мolekulyar – kinetik nazariya modda zarrachalarining o’z – o’zicha harakat qilish qonunlarini tekshiradi. Bunday harakatlar haqiqiy eritmalarda ham katta ahamiyatga ega: eritmalarning ba‘zi xossalari erigan modda tabiati qanday bo’lishidan qat‘iy nazar, eritmaning hajm (yoki massa) birligida bo’lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deb ataladi. Ular jumlasiga eritmalarda bo’ladigan diffuziya va osmos hodisalari va boshqa hodisalar kiradi. Kolloid sistemalarni tekshirish natijasida ularda ham kolligativ xossalar mavjud ekanligi isbotlangan. Ularda hatto, kolloid zarrachalarning tartibsiz harakatini bevosita 12 kuzatish mumkin ekanligi ham aniqlanda. Bu tajribalar asosida kolloid zarrachalarga mansub qonuniyatlar kashf etildi. Dispers sistemalarning optikaviy xossalarini o’rganish natijasida kolloidlarning tuzilishi, kolloid zarrachalarning o’lchamlari, ularning shakli va kolloid eritma konsentratsiyasiga oid masalalar yoritib berilgan. Yorug’lik to’lqinlari dispers sistemalar orqali o’tganda yorug’lik qaytishi, yutilishi yoki zarrachalar ta‘sirida yoyilib ketishi mumkin. Kolloid sistemalarning molekulyar – kinetik xossalaridan eng muhimlari qatoriga kolloid zarrachalarning diffuziyalanishi, Broun harakati, kolloid eritmalarning osmotik bosimi va sedimentasiya hodisalari kiradi. Sedimentatsiya hodisasi ko’proq dag’al dispers sistemalarda uchraydi. KOLLOIDLARNING DIFFUZIYASI Eruvchining erituvchida va dispers fazaning dispers muhitda o’z – o’zicha teng tarqalishiga diffuziya hodisasi deyiladi. 1869 yili Rossiya olimi I.G. Borshchov diffuziyalanish tezligi zarrachalarning o’lchamiga bog’liq, shuning uchun diffuziyalanish tezligi chin eritmalarga nisbatan kolloid eritmalarda kichik bo’lishini aniqladi. Diffuziya tezligi zarrachalarning shakliga, o’lchamiga, dispers muhitning haroratiga va qovushoqligiga ham bog’liq bo’ladi. Bu bog’liqlikni 1906 yili A. Eynshteyn aniqlagan edi: r N RT Д 6 0 bu yerda – R – gaz doimiyligi; Т – mutlaq harorat; 0 К; N – Avogadro soni; r – diffuziyalovchi zarracha yoki molekulalarning radiusi; – dispersiyaviy muhit yoki gazning qovushoqligi; Д – diffuziyalanish tezligi (diffuziya koeffitsienti). Shu tenglamaga muvofiq zarracha o’lchami qancha katta bo’lsa va muhit qovushoqligi qanchalik yuqori bo’lsa diffuziyalanish tezligi shuncha kam bo’ladi. Shunga muvofiq chin eritmalardagi diffuziya tezligiga nisbatan, kolloid eritmalarda diffuziya tezligi yuzlab va minglab marta kam bo’ladi. Diffuziya jarayoni qaytmas jarayon bo’lib, terilarni oshlashda, gazlamalarni bo’yashda, har xil konservalar tayyorlashda, shuningdek xalq xo’jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. BROUN HARAKATI 1827 yili ingliz botanigi R. Broun gul changining tarqalganligini mikroskop yordamida kuzatib, gulning chang zarrachalari eritmada uzluksiz, tartibsiz harakat qilyotganligini aniqladi (1 – rasm). Bu hodisa keyinchalik 13 Broun harakati deb nom oldi. Broun harakati moddalarning tabiatigagina emas, balki haroratga va zarrachalarning o’lchamiga ham bog’liq, zarrachalar kattalashgan sari Broun harakati kamayib boradi. Masalan, zarrachalarning o’lchami 1 – 3 mk bo Broun harakati kuchli bo’lib, 4 – 5 mk da kuchsiz va 5 mk dan katta bo’lganda to’xtaydi. 1 – rasm. Bir zarracha broun harakatining sxemasi. Zarrachalar uzluksiz harakatlanishi natijasida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga siljiydi va shu nuqtalar orasidagi masofa siljish qiymati (X) deb ataladi. 1906 yili Eynshteyn gaz qonunlariga asoslanib, Broun harakatidagi siljish qiymatini quyidagi formula bilan aniqlanadi: r N t RT Х 3 2 bu yerda – ΔX 2 – siljish qiymatining kvadrati, R – gaz konstantasi, Т – mutlaq harorat, Δt – vaqt, N – Avagadro soni, - suyuqlikning qovushoqligi,r – zarrachaning radiusi. SEDIMENTATSIYA HODISASI Kolloid zarrachalar tabiati qanday bo’lishidan qat‘iy nazar, og’irlik kuchi ta‘siri ostida eritma tagiga cho’kadi, bu hodisa sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya tufayli kolloid eritmaning konsentratsiyasi o’zgaradi. Lekin eritmada Broun harakatining mavjudligi sedimentatsiyaga qarshilik ko’rsatadi. Kolloid zarrachaning o’lchami qancha kichik bo’lsa, Broun harakatiining ta‘siri shuncha katta bo’ladi. Shu sababli kolloid eritmalarda sedimentatsiya nihoyatda sust boradi. Odatda diametri 10-6 m va undan katta zarrachalar sedimentatsiyaga uchraydi. Sedimentatsiyaviy analiz turli usullar bilan amalga oshiriladi, chunonchi: 1) harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning cho’kish tezligini o’lchash; 2) suspenziyani chayqitib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraktsiyalar shaklida ketma – ket cho’kdirish; 3) suspenziya zarrachalarini havo oqimi ta‘sirida bir – biridan ajratish; 14 4) markazdan qochuvchi kuch maydonida (sentrifuga yordamida) dispers faza zarrachalarini cho’ktirish. Bu aytib o’tilga to’rtala usuldan birinchisi (dispers zarrachalarni harakatsiz suyuqlikdan cho’kdirish) keng qo’llaniladi. Qancha modda cho’kkanligini tortish (og’irlikni o’lchash) yo’li bilan aniqlanadi. Sedimentatsiyaviy analizda N.A. Figurovskiyning sedimentatsiyaviy tarozisidan foydalaniladi. (2 – rasm). 2 – rasm. Figurovskiy tarozisi: 1 – kvartsdan yasalgan shayn; 2 – shisha ip;3 – tarozi pallachasi. Bu asbob quyidagicha tuzilishga ega: kvartsdan yasalgan (yoki shisha) shayn ya‘ni tayoqcha (1) bir tomonidan metall shtativga o’rnatiladi; uning ikkinchi uchida ilmoqchasi bo’lib, unga shisha ip (2) va tarozi pallachasi (3) ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) ichiga tushirilgan bo’ladi. Cho’kkan moddaning ma‘lum qismi pallachaga tushadi. Buning natijasida pallacha massasi o’zgaradi. Uning o’zgarishini mikroskop yordamida aniq bilib olish mumkin. Shaynning o’zgarishidan foydalanib pallachaga tushgan cho’kma massasi hisoblab topiladi. Misol va masala 1 .80 g suvda 10 g KNO 3 eritilgan. Eritmaning W (%) toping. 2. 250 g H 2 O da 2%li eritma xosil bo'lishi uchun AgNO 3 ning qancha massasini eritishi kerak? 3. Suvsiz tuzga nisbatan hisoblanganda 200 g 5%li CuSO 4 eritmasini tayyorlash uchun necha gram mis kuporos CuSO 4* 5H 2 O va suv kerak bo'ladi? 4. Laboratoriyada vodorod olish uchun rux va H 2 SO 4 eritmasini qo'llaniladi. Buning uchun zichligi g 1,84г см 3 bulgan kislota eritmasining 1 xajmi 5 xajm suv bilan aralashtiriladi. Bu kislota eritmasining massa ulushi (W%) qanday? 5. 500 ml eritmada 30 g AlCl 3 erigan. Shu eritmani normal konsentrasiyasini aniqlang. 6. 100 ml 0,02n eritma tayyorlash uchun H 3 PO 4 dan necha gram kerak? 15 7. 250 ml 0,1M eritma tayyorlash uchun natriy tiosulfat Na 2 S 2 O 3 *5H2O dan necha gramm kerak? 8. 0,1n 2 litr eritmada qancha gramm HNO 3 bor? 9. Bariy xlorid kristolgidratining BaCl 2* 2H 2 O 24,44 g dan qancha xajm 0,5n eritma tayyorlash mumkin? 10. Kaliy xloridni 5%li eritmasining molyalligini aniqlang? Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling