O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

12. Drezinaning oldinga (farasi bilan oldinga) yurishi asosiy hisoblanadi. Orqaga 
yurishga stansiyadagi manyovrlarda istisno sifatida ruxsat beriladi. 
13. TD-5 drezinalarning harakat tezligi peregonlarda 50 km/soat dan, stansiya 
yo’lllarida 25 km/soat dan, strelkalarda esa, 15 km/soat dan oshmasliga lozim. Ko’rinish 
yomon bo’lganda drezinalarning harakat tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim, yoritgichlar 
(fara va ortidagi qizil signal chiroq) qo’shilgan bo’lishi kerak. 
14. Drezinani prisep (tirkama) bilan va priseplarni o’zaro, faqat namunaviy asboblar 
vositasida, drezinalar tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq 
tirkashga ruxsat etiladi. Drezinalar harakatida o’z-o’zidan ajralib ketish ehtimoli istisno 
qilinishi lozim. 
Drezinani platforma va vagonlar bilan tirkash taqiqlanadi. 
15. Drezina harakatlanishi vaqtida: drezina yoki prisepda turish, bortlarda o’tirish, 
prisepdan prisepga o’tish, to’liq to’xtamaguncha drezina yoki prisepdan tushish yoki ularga 
chiqish, harakat vaqtida, shuningdek, yonilg’i quyo’layotgan vaqtida chekish taqiqlanadi. 
16. Bir paytning o’zida drezinada ketayotganlar soni quyidagidan oshmasligi lozim: 
TD-5 drezinasida 6 kishi, yuk ortilmagan prisepda 10 kishi, yuk ortilganida faqat prisepni 
tormozlash uchun 1 kishi. Yuklarni bevosita drezinada tashishga yo’l qo’yilmaydi. 


17. Ishchilarni yoki yuklarni tashish uchun prisepli drezina yo’lga chiqqanida uning 
ishiga umumiy rahbarlikni lavozimi yo’l brigadiri, hudud kontakt tarmog’ining 
elektromexanigidan past bo’lmagan xodim amalga oshiradi. 
Priseplarda ishchilar guruhi tashilganda har bir prisepda mas'ul xodim-tajribali ishchi 
(guruh boshlig’i) tayinlanib, u shu prisepda bo’lib, tartibni va tashilayotgan odamlarning 
xavfsizligini kuzatib borishi lozim. 
Priseplarda 
tormozlash 
uchun 
ishchilar 
bo’lmaganda prisepli drezinalarni 
harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk ortilgandan so’ng tormoz richaganing erkin yurishiga ishonch 
hosil qilinishi lozim. Tormoz richagini tashilayotgan yuk bilan to’sib qo’yish taqiqlanadi. 


O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga 
 
5-ilova 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling