O'zdjtu bahorgi mavsum reyting o'yinlari
Download 70.12 Kb.
|
5-tur savollari
O'zDJTU Bahorgi mavsum reyting o'yinlari 5-tur 21.04.2022 1. Lingvist Aleksey Leontyevning yozishicha, ARANTA nomli avstraliya tilida oldinlari faqatgina bitta U bo'lgan. Til nomidan ham buni bilib olish mumkin. Diqqat savol: Uning nimaligini 2 so'zda ayting. Javob: Unli tovush Izoh: Aranta so'zida ham faqatgina A harfi qatnashgan. 2. Bir ijtimoiy rolikda u va uning o'ng tomonida nogironlar aravachasi, bosh chanog'i va suyaklar tasvirlanganini ko'rish mumkin. Diqqat savol: Shoshilmasdan o'ylab ko'ring va Uni bir xorijiy so'zda yozib bering. Javob: Spidometr Izoh: Bu ijtimoiy rolik tezlikni oshirmaslikka undaydi. 3.
Xayol pishmas hadeb oʻyga tolgan bilan, Hayot qaytmas qayta yodga olgan bilan. Tashvishim koʻp, ishim qolib ketar dema, U yer toʻla ishi chala qolgan bilan... Diqqat savol: U yer o'rnidagi bir so'zni toping. Javob: Mozor Mozor to'la ishi chala qolgan bilan Hech bir ishingiz chala qolmasligini tilab qolamiz va bizda keyingi savol. 4. O'tgan asrning 60-yillarida, Malta aholining haddan tashqari oshib ketish muammosiga duch keladi. Hukumat muammoga barham berish uchun xohlovchilarning barchasini ALFA lar bilan ta'minlashga harakat qiladi. Mashhur ALFA bundan sal oldin AQShda paydo bo'lgandi. Diqqat savol: Alfa ni 3 so'zda yozib bering. Javob: Bir tomonga chipta Izoh: Malta hukumati AQSh, Kanada va Avstraliya davlatlariga bir tomonlama chiptalar bilan ta'minlagan. 1959 yilda AQShda ,,One way ticket" (Bir tomonga chipta) qo'shig'i yaratilgan edi. 5. Besh yoshli Dashaning fikriga ko'ra, IKS- bu avtomobillarni suratga oluvchi odam ekan. Diqqat savol: IKS nima ekanligini toping Javob: Avtograf Izoh: Fotograf so'ziga o'xshatma 6. 2004-yil Pekinda ,,Qo'l mehnati orqali yaratilgan go'zallik'' nomli xalqaro tanlov bo'lib o'tgan. Diqqat savol: Konkursda qatnashish uchun qanday ma'lumotnoma taqdim etish kerak bo'lgan? Javob: Plastik operatsiya qilinganligi haqida ma'lumotnoma Izoh: Tanlov plastik jarrohlikni boshidan o'tkazgan insonlar o'rtasida o'tkazilgan. Shuningdek, uni ,,Miss plastik jarrohlik'' deb ham atashgan 7. Jinoyat joyidan portsigar topib olgan izquvar Puaro aslida aybsiz bo'lgan Bernard Parker dan shubhalana boshlaydi. Uning yanglishishiga mashhur aka-ukalarning bir ixtirosi sabab bo'lgan edi. Diqqat savol: Ana shu aka-ukalarni yozib bering. Javob: Aka-uka Kirill va Mefodiylar Izoh: Portsigarda kirill alifbosida BP initsiallari yozilgan edi. Puaro esa bu harflarni ingliz tilida yozilgan deb o'ylab Bernard Parker dan shubhalanadi. Aslida esa portsigar rus grafinyasi Вера Россакова ga tegishli edi. 8. Darvozabon Gilerme BU ISHNI QILMASLIGI ning sababi muxlislarda yolg'on umid uyg'otish emas, balki qo'li tez-tez jarohatlanib turishida ekan. O'ylaymizki, darvozabonning rafiqasi ham uni to'g'ri tushunadi. Diqqat savol: BU ISH deganda qaysi ishni nazarda tutdik? Javob: Nikoh uzugini taqib yurish Izoh: Lokomotiv darvozaboni Gilerme oila qurgan. Jamoa muxlisalari bundan doimo xafa bo'lishsada, shunday. Qo'lidagi jarohatlar tufayli esa uning barmoqlari ishib ketgan va nikoh uzugi sig'may qolgan) To'y mavzusidan uzoqlashmagan holda keyingi savolga o'tamiz) 9. Dunyoda ALFA deb nomlangan 30dan ortiq sharsharalar mavjud ekan. Bir saytda yozilishicha, ALFA ni sotish yoki ijaraga berish, o'z taqdiringni begona qo'llarga topshirishdek gap ekan. Tarkibida qizlar bor bo'lgan jamoalar qiyinchiliksiz to'g'ri javobni topishlariga ishonamiz. Diqqat savol: ALFA ni toping Javob: Fata Qabul: Kelin fatasi Izoh: Sharsharaning keng oq chiqizlari fataga o'xshab ketadi. Fata va lotin tilidan taqdir ma'nosini anglatuvchi fatum so'zlari ham bir-biriga o‘xshab ketadi. 10. Tarqatma materialda bir mutaxassislik vakillarining emblemasini ko‘rib turibsiz. ,,Torpedo'' komandasining bir muxlisi ham o'zini ana shu mutaxassislik nomi bilan atagan edi. Diqqat savol: Savol matnining o'zida katta yordam berilganini hisobga olgan holda rasmdagi emblema qaysi kasb vakillariniki ekanligini toping. Javob: Ortoped Izoh: Moskva ning Torpedo futbol jamoasi va ortoped so'zi anagramma hisoblanadi. 11. Aktyor Zak Galifianakis ning ta'kidlashicha, semirish juda ham yomon, ayniqsa, senda U bo'lsa. G'ilayda ham U bo'lgani uchun filmning ba'zi syujetlarini suratga olish qiyin kechgan. Diqqat savol: U ni toping Javob: Klaustrofobiya Qabul: Yopiq joylardan qo'rqish kasalligi Izoh: Aktyor Zak Galifianakisning klaustrofobiyasi bor. Qancha ko'p semirsang, devorlar shuncha yaqinlashib boraveradi deb hisoblaydi u. Sovet aktyori Georgiy Vitsen da ham shu qo'rquv bo'lgan va Omadli jentelmenlar filmini suratga olishda noqulayliklar keltirib chiqargan 12. Jon Dikki ning yozishicha, katta millionlarga ega bo'lgan sitsiliya mafiasining ishi 19-asrda X larning savdosi bilan boshlangan ekan. Diqqat savol: X o'simlik va jargon ekanligini hisobga olgan holda uni toping. Javob: Limon Izoh: Avval limonlar savdosi bilan shug'ullanishgan keyinchalik esa ko'p ,,limonlar"ga ega bo'lishgan) Turnirimizdagi limonlar ham sizni faollik ko'rsatishga undashini tilab qolamiz. Bizda qisqa tanaffus va 2-raundni boshlaymiz. 2-raund 13. Tomas Karterning bir filmida murabbiy universitet basketbol jamoasi a'zolarining darslarni o'zlashtirishi pasayib ketganligi sababli mashg'ulotni sportzalda emas, boshqa joyda o'tkazishga qaror qiladi. Diqqat savol: Bu qarordan keyin talabalarda paydo bo'lgan savolni toping. Yordam sifatida shuni ayta olamanki, bu savolni mashhur komedik filmda ham eshitgansiz. Javob: Kutubxonaga qanday boriladi? Izoh: Sportchi talabalar ko'p vaqtini sportzalda o'tkizaverganidan kutubxona qayerda joylashganini ham unutib qo'yishgan edi. Mashhur Ы операцияси filmida ham shu savol yangragan edi. 14. Milorad Pavichning o'ylashicha, dunyoda har bir narsaning balansi bor: toq va juft, chap va o'ng, ayol va erkak va hokazo. Diqqat savol: Mana shu balans natijasida vujudga kelgan bir intellektual mashg'ulotni toping. Javob: Shaxmat o'ynash Izoh: Oq va qora balansini ham buzmaslik kerak. Sport mavzusidan uzoqlashmagan holda keyingi savolga o'tamiz. 15. Bu sportda baholash tizimi qanday vujudga kelganligi haqida bir qancha qarashlar mavjud. Ularning biriga ko'ra, hakam quyidagi harakatlarni amalga oshirgan: chap qo'lini tanasiga nisbatan perpendikulyar qo'yib pastga tushirgan, keyin o'ng qo'lini ham shunday qilgan. Diqqat savol: Qaysi sport haqida gap ketyapti? Javob: Tennis Izoh: Hakamning harakatlari soat strelkalarini yodga solgan. 15 minut, yarim soat, 45 minut. Tennisdagi baholash (dastlab 0-15-30-45, keyinchalik 0-15-30-40) shundan kelib chiqqan degan qarashlar mavjud. 16. Nemis tilida ,,to'pni raqiblar oyog'i orasidan o'tkazish'' ma'nosini beruvchi fe'l mavjud. Bu fe'l o'z navbatida bir ot dan kelib chiqqan. 1994-yilning 6-mayida ochilgan obyekt nomida ham ana shu so'zni uchratish mumkin. Diqqat savol: O'sha so'zni yozib bering. Javob: Tunnel Izoh: 1994-yil 6-mayda La-Mansh tunneli ochilgan edi. 17. Aktyor Milton Berl 1940-yillarda o'zini yangi sohada sinab ko'radi va shu qadar muvaffaqiyatli bo'lib ketadiki, uning chiqishini o'tkazib yubormaslik uchun teatr va restoranlar ham bir muddat yopilib turardi. Shu aktyor sababli ko'plab amerikalik oilalar qimmat xaridni amalga oshirishgan. Shu sabablar tufayli ham aktyor ,,Mister X'' taxallusini olgan. Diqqat savol: X nima ekanligini toping. Javob: Televizor Izoh: Milton Berl o'sha paytlarda endi rivojlanayotgan televideniyaga o'tgan edi va komik shou larni olib borgan. Aynan uning chiqishlarini ko'rish uchun aholi qimmat bo'lsada televizorlar sotib ola boshlagan. 18. Bir turdagi neyronlar ustma-ust joylashish xususiyatiga egaligi sababli miyada katta miqdordagi ma'lumotlar saqlanadi. Marat Ziganov shu funksiya sababli miyani bir firma mahsulotiga o'xshatadi. Bu firmaga, xotini o'lib to'rtta bolasi bilan yolg‘iz qolgan inson asos solgan. Diqqat savol: Qaysi firma haqida gap ketmoqda? Javob: Lego Izoh: Ziganovning fikricha, miyya lego konstruktoriga o'xshaydi. Lego firmasiga esa yosh bolalar bilan yolg'iz qolib ketgan Ole Kirk Kristiansen asos solgan. 19. Piter Xyog qahramoning fikricha, London aholisi hattoki bombardirovka paytida ham SHUNDAY QILGAN ekan. Chunki ular ,,osmonning oxirgi bo'lagini ko'rib qolish''ni istashgan. Kanada Altgeymer jamiyati ham SHUNDAY QILISH ni tavsiya qiladi. Diqqat savol: SHUNDAY QILISH deganda nimani nazarda tutdik? Javob: Pazzl yig'ish Izoh: Osmonni ifodalovchi pazzl qismlari bir-biridan uncha farq qilmagan va shuning uchun uni yig'ish qiyin bo'lgan. Bombardirovka paytida ba'zi odamlar pazzl yig'ib bo'lgachgina yerto'lalarga berkinishar edi. 20. Tarqatma materialda eng birinchilardan bo'lgan diskli telefon apparatini ko'rib turibsiz. Bu apparat IKS nomini olgan. Farazlarga ko'ra, IKS ni Rossiya imperiyasiga fransuz matroslari olib kirgan ekan. Diqqat savol: IKS ni toping Javob: Kastet Izoh: Telefonning markaziga qarasangiz kastetni eslatib yuboradi. Portdagi fransuzlar o'zlarini himoya qilishga to'g'ri kelgan. Kastet fransuzcha, a casse-tete so'zlaridan olingan bo'lib, ,,kallani sindirish'' ma'nosini berar ekan. Lirik chekinish va biz sizni navbatdagi she'riy savol bilan siylaymiz. 21. Shoir Iqbol Mirzodan parcha: Yoʻtalsa, oʻz shevasida yoʻtaladi, Koʻtarsa, oʻz xeshlarini koʻtaradi. Loyga botib qolsa agar moshinangiz ALFA ga bir qarab, keyin itaradi. Diqqat savol: ALFA bilan yashirgan so'zimizni toping Javob: No'mir Ya'ni avtomobil nomeri Loyga botib qolsa agar moshinangiz Noʻmirga bir qarab, keyin itaradi. Izoh: Bu she'r ,,Mahalliychi'' deb atalar ekan. 22. Bir mashhur tayvan firmasi bilan boshqa bir transport hodisasi bilan yuz bergan voqea sodir bo'ladi. Bunga sabab kuryerlik xizmati emas edi. Balki, firmaning doimo balandroq bo'lish istagi sabab bo'ladi. Diqqat savol: Firma nomi qanotli jonzot nomidan kelib chiqqanini hisobga olib uni toping. Javob: Asus Izoh: Tayvan 1-navbatda o'z elektronikasi bilan mashhur. Asus firmasining nomi Pegasus nomidan kelib chiqqan. Lekin firma hatto alfavit bo'yicha ham yuqorida bo'lish uchun uni Asus ga o'zgartirgan. Bir multfilmda Победа nomli yaxtadan ham По harflari tushib qolgan edi. 23. Bir yapon maqolida ko'ylak tikishdan oldin va tikishni tugatgach ham ULAR ni sanab qo'yish shart ekanligi yozilgan. Albatta, bu inson sog'lig'ini o'ylab qilingan. Diqqat savol: ULAR ni toping Javob: Igna Izoh: Ignalar yo'qolib qolmasligi uchun ularni sanab qo'yish tavsiya etilarkan. 24. Bugungi turnirimiz o'z nihoyasiga yetmoqda va menda U qoldi. Berlinni olish haqidagu bir asar epigrafi shunday yozilgan: ,,Hech kim UNDA o'lishni istamaydi''. Diqqat savol: UNI bir xil harfga boshlanuvchi 2 so'zda ayting. Javob: So'nggi sahifa Izoh: Berlinning olinishi- urushning so'nggi sahifasidir. Hech bir askar urush so'nggida o'lishni istamaydi. O'qigan savolim ham so'nggi varoqda chop etilgan edi. Download 70.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling