O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
Chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
4. Chiziqli programmalash
masalasining tayanch yechimi Og’zaki so`rov Og’zaki so`rov, yozma Og’zaki so`rov, yozma Chiziqli dasturlashning amaliy masalalarining modellarini qurish, chiziqli dasturlash masalalarini grafik metodda echish, chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimini topishni bilish Maqsadlar Tashxislash usuli Tuzatish Quyidagilarni bilish (yaxshi): 1. Chiziqli dasturlash masalalarining qo`yilishi. Chiziqli dasturlash masalalarini kanonik formaga o`tkazish to`g’risida tasavvurga ega bo`lish; 2. Chiziqli dasturlashning amaliy masalalari. Amaliy masalalarning modellarini qurishni o’rganish; 3. Chiziqli programmalash masalalarini geometrik usulda echishni o’rganish; 4. Chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimini topish usulini bilish. O`quv modulida ko`zda tutilgan masalalarni echish Nazariy bilimlar asosida misollar ishlash Quyidagi malakalarni shakllantirish (a`lo): 1. Chiziqli dasturlash masalalarini kanonik formaga o`tkazish; 2. Amaliy masalalarning modellarini qurish; 3. Chiziqli programmalash masalalarini geometrik usulda echish; 4. Chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimini toppish. Turli qiyinchilikdagi savollar, test savollari Nazariy bilimlar, grafik metodda echish O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) O`quv modulini o`zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga javob berish, talabalarning o`quv faoliyatini yo`naltirib turish ham muhim ahamiyatga ega. Talabalarning har bir o`quv moduli oxiridagi faoliyati nazorat topshirish bilan yakunlanadi. Olinadigan nazorat tarkibida og’zaki savol-javob, tabaqalashtirilgan mustaqil ish, test topshiriqlari ko`zda tutilishi mumkin. Shunday qilib, o`qitishning modulli tizimi o`qituvchiga o`qitish shakli va uslublarini tanlashda etarli erkinlik hamda o`quv materiallarini o`zlashtirishga ketadigan vaqtni tejash, qo`shimcha vaqtdan foydalanish hisobiga talabalarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi va bularning bari talabalarning bilimlarini tizimlashtirish hamda sifatini oshirishga hizmat qiladi. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan nazariy bilimlarni modulli o`qitish texnologiyalaridan foydalanib o`qitishda o`quv materialini mavzu bo`yicha muammolar qo`yib, oldin o`rganilgan bilimlarini takrorlash, talaba xotirasidan o`tgan dalillarni faollashtirish yo`li bilan uni yangi mavzuni o`rganishga tayyorlaydi. Pedagogik maqsadlarni qo`yish, mavzuga muvofiq muammoni tanlash, o`rganilgan ta`rif, qoidalarni takrorlash, mexanizmlarni eslatish maqsadlarini aniq tasavvur etadi va mustaqil fikrlashga undaydi. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli dasturlarni va o`quv modullarini yaratishda o`qituvchi muayyan ishlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi: 1. Modulning modulli dasturdagi o`rnini belgilash. 2. Modul tarkibiga kiruvchi mavzularni ajratish va modulni nomlash. 3. Modulning maqsadini va o`qitishning oxirgi natijalarini belgilash. 4. Zarur texnikaviy o`quv materiallarini tanlash. 5. Modul asosida o`qitishning va nazoratning usul hamda shakllarini tanlash. 6. O`quv faoliyati usullarini tanlash. 7. Modul strukturasini tuzib chiqish. 8. Fanning o`quv materialini alohida tugallangan o`quv elementlariga ajratib chiqish. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) 9. Modul matnini kerakli nusxada ko`paytirish. Modul asosida kiritilgan shakl o`zgarishlarining har biri o`qituvchi va talabaning diqqatini tortadi, o`quv materiali ularning fikrlarini ma`lum nuqtaga jamlaydi. Qiziqish, o`qish va o`quv materiali o`rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik yuzaga chiqadi. Demak, “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan nazariy bilimlarni modulli o`qitish asosida tashkil etishda quyidagi o`quv bosqichlariga tayangan holda tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi (3.2-rasm). 3.2-rasm. Nazariy ta`limda mavzu bo`yicha o`quv materialini o`rgatish bosqichlari Modulli dasturdan foydalanib, nazariy bilimlarni berishni yuqoridagi o`rgatish bosqichlariga tayangan holda, “Chiziqli dasturlash masalalarini echish” moduli misolida ko`rib chiqamiz. Bu modul 4-kursning 1-semestriga mo`ljallangan bo`lib 8 soat nazariy ta`limni o`z ichiga oladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling