O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi annotatsiya
Download 77.02 Kb.
|
O’zgalar mulkini talon taroj qilish jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqinchilik hujumida qurol yoki qurol sifatida ishlatish
Bosqinchilik subyektiv tomondan to`g`ri qasd va g`arazli maqsadlarda ifodalanadi.
Jinoyatning subyekti – 14 yoshga to`lgan, aqli raso shaxsdir. O`zR JK 164-modda 2-qismida jazoni og`irlashtiruvchi bir nechta holatlarda sodir etiladigan bosqinchilik uchun javobgarlik belgilangan jumladan: a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan boshqa narsalarni ishlatib; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog`liq holda sodir etilishi. Bosqinchilik hujumida qurol yoki qurol sifatida ishlatish mumkin bo`lgan boshqa narsalardan foydalanish jinoyatning ijtimoiy xavfliligini oshiradi. Chunki bu jabrlanuvchining qarshiligini sindirish, jinoyat qurbonining aybdorning jinoiy rejasini amalga oshirishiga qarshilik ko`rsatishi imkoniyatidan mahrum qilish; hujum qiluvchiga ko`p kuch sarflamasdan jabrlanuvchining qarshiligini tiyib qo`yish imkonini beradi. Bunday bosqinchilik hujumi o`ta dag`allik va behayolik bilan amalga oshiriladi. Xulosa Amaliyotda qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik jinoyati sodir etilishi ko‘p uchraydi. Bunda hujjat kim tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilganligidan kelib chiqib, jinoyatlar majmui tarzida Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlash lozim. Firibgarlikning o‘g‘irlikdan (JK 169-m.) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni o‘zganing egaligidan olib qo‘ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o‘zi mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishiga erishadi. Tovlamachilikdan (JK 165- m.) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchining erki sindirilgan bo‘ladi va u qo‘rquv ta’siri ostida harakat qiladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishadi. Firibgarlik jinoyatidan o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 176-m.) qasd yo‘nalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Download 77.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling