O’zgarish va mashaqqatlarni
Download 1.89 Mb.
|
O’ZGARISH VA MASHAQQATLARNI YENGISH
Otabek tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida qo‘lbola qilib issiqxona qurdi. Pomidorlari qizarib yetildi. Rossiyadagi hamkorlar bilan shartnoma ham tuzdi... Bahorning so‘nggi kunlarida to‘satdan kelgan bo‘ron hamma uylarning tomini uchirib ketdi. Kuchli shamol issiqxonalarga ham katta zarar yetkazdi. Otabek ikki qo‘li bilan boshini changallagancha, nima qilishini bilmay supada o‘tirardi. Uning xayoli shu darajada parishon ediki, onasining bir necha marotaba chaqirganini ham eshitmadi. Onasi qo‘lida nimadir solingan qo‘lbola xaltani ushlaganicha Otabekning oldida turardi. Otabek boshini ko‘tarib onasiga qaradi. Onasining nigohida zarracha ham afsus, nadomat ko‘rmadi. Onaning nigohi qat’iy, shijoati esa mustahkam edi. Unsiz berilgan savolga onasi, «Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan nari. Mana berdi. «Ona, bu haj ziyoratiga deb yig‘ib qo‘ygan pullaringiz-ku?» deb jovdiradi Otabek. Go‘yo bu pullarni olsa, katta jinoyatga qo‘l urgandek a’zoyi badani titrab, bo‘g‘ziga nimadir tiqilib qoldi. Ona yana «Bolam, faqat oldinga intil, ortga qarama, oldingda quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil!», dedi. Otabek qizargan ko‘zlarini katta-katta ochib ufqqa qararkan, unda onasining shijoati porlab turgandek bo‘ldi. «Onajon, siz duo qiling. Ishlarim yurishib ketishi bilan mening eng birinchi maqsadim sizni hajga yuborish bo‘ladi», – deb o‘rnidan turdi-da, vayron bo‘lib yotgan issiqxona tomon odimladi... Tushkunlikdan chiqish uchun quyidagilarga amal qiling. Yana nimalarni qo‘shgan bo‘lardingiz? Xotirjamlikni Yo’qotmang Imkoniyatingizni hisoblab ko’ring Oldingizga maqsad qo’ying Izlanishdan qochmang Maqsadga erishish yo’lini chizing Doimo oldinga intiling Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling