O’zgaruvchanliк qonuniyatlari
Download 57.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqTirik organizmlar oʻzgaruvchanligini oʻrganishga doir zamonaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Modifikasion (fenotipik) ozgaruvchanlik.
Tirik organizmlar oʻzgaruvchanligini oʻrganishga doir zamonaviy tadqiqotlar yoʻnalishlari va muammolari Reja: 1. Ozgaruvchanlik xillari va organish usullari. 2. Mutasion ozgaruvchanlik. 3. Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni. 4. Modifikasion (fenotipik) ozgaruvchanlik. Obidova Gulmira Oʻzgaruvchanlik — tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilmaxil boʻlishi. „Oʻ.“ termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yoʻqotishini ham ifodalaydi. Oʻ. irsiyatga qarama-qarshi maʼnoni anglatadi (qarang Irsiyat). Tabiiy sharoitda paydo boʻladigan Oʻ. tabiiy, yaʼni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan Oʻ. sunʼiy, yaʼni indutsirlangan Oʻ. deyiladi. Oʻ. manbai genetik materialning kombinatsiyasi yoki rekombinatsiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining oʻzgarishi, atrof muhit sharoitining taʼsiri boʻlishi mumkin. Tabiatiga koʻra, Oʻ. genotipik, yaʼni irsiy va fenotipik, yaʼni noirsiy shakllarga ajratiladi. Genotipik Oʻ. — organizmlar belgi va xususiyatlarining genotip bilan bogʻliq boʻlgan, avlodlarda saqlanib qoladigan (Ch.Darvinga koʻra, aniq boʻlmagan) Oʻ., yaʼni belgilarning keskin oʻzgarishi — mutatsiya (mutatsion Oʻ.) yoki organizmlarni duragaylashda belgilarning kombinatsiyalanishi (kombinatsion Oʻ.) tufayli kelib chiqadi (qarang Duragaylash). Fenotipik Oʻ.da genotip oʻzgarmaydi. Organizmning individual rivojlanishi davomida uning yoshi (qarishi) bilan birga barcha morfofiziologik va biokimyoviy belgilarining oʻzgarishi (ontogenetik, yaʼni yosh bilan bogʻliq Oʻ.) bunga misol boʻla oladi. Oʻ.ning boshqa bir xili modifikatsion Oʻ. (modifikatsiya)ni bitta turga mansub, genetik jihatdan bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan miqdor va sifat jihatdan farq qiladigan individlarda koʻrish mumkin. Modifikatsion Oʻ. (Ch.Darvinga koʻra, aniq boʻlgan Oʻ.) muayyan belgilarning muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega boʻladi. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan modifikatsion Oʻ. morfozlar deyiladi. Muayyan genlar mutatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan morfozlar fenokopiyapar deb ataladi. Fenotipik Oʻ.ni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish mumkin. Shu sababdan genotipning fenotipda roʻyobga chiqishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Mas, oʻsimlik rangining yashil boʻlishi uchun xlorofill sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik \am zarur. Muhit sharoiti taʼsirida paydo boʻladigan Oʻ. darajasi ham koʻp jihatdan irsiyatga bogʻliq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaksiyasi normasini belgilab beradi. Irsiy va noirsiy Oʻ. organizmlarning individual sifat va miqdoriy, mustaqil va korrelyativ (oʻzaro bogʻlangan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda b. belgilarining xilmaxilligini belgilab beradi. Ozgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudotlarning ozgarishi tushuniladi. Ozgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo boladi, yoki qandaydir bor bolgan belgi yoqoladi. Har bir populyasiyada ayrim organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar ortasidagi farq uning genotipining ozgarishi bilan yoki tashqi muhit tasirida yuzaga chiqishi mumkin. Shunga kora, ozgaruvchanlik ikkiga yani irsiy va irsiy bolmaganga ajratiladi. Irsiy ozgaruvchanlik genotipining ozgarishi natijasida sodir bolganligi uchun bu ozgaruvchanlikni genotipik ozgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik ozgaruvchanlik ikki xil boladi; kombinativ, mutasion. Kombinativ ozgaruvchanlik uch xil yolda hosil bolishi mumkin. Shundan ikki yoli meyoz jarayoniga bogliq bolib, gomologik xromosomalarning ozaro chalkashuvi va anafazada ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda ajralishi natijasida sodir boladi. Uchinchi yoli esa uruglanish jarayonida tuxum hujayrani qaysi urug hujayra uruglantirishga bogliq. Mutasion ozgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan ozgarishi natijasida yuzaga keladi. Irsiy bolmagan ozgaruvchanlikda esa genotipda ozgarish sodir bolmasdan faqat fenotip ozgaradi. Shuning uchun bu ozgaruvchanlikni fenotipik ozgaruvchanlik ham deyiladi. Ozgaruvchanlikni organishda oliy matematikaning bir bolimi bolgan variasion statistika qollaniladi. Variasion statistikaning nazariy asosi katta raqamlar va ehtimollar nazariyasidir. Biometrik usul ozgaruvchan belgilar bilan ish koradi. Belgilar, oz navbatida, miqdor va sifat belgilariga bolinadi. Miqdor belgilar olchash va hisoblash yordamida organilib, raqam-lar bilan korsatiladi. Sifat belgilarga hayvonlar rangi, shox va quloqlar shakli va boshqalar kiradi. Sifat belgilari soz bilan ifodalanadi. Mutasiya degan tushunchani fanga birinchi bolib Gollandiyalik genetik G.De-Friz kiritdi. U kop yillar davomida osimliklarda uchraydigan mutasiyalarni organdi. Kuzatishlarni xulosalab, 1901- 1903 yillari ozining mutasion talimotini yaratdi.Uning tarifiga kora mutasiya - bu irsiy belgilarning keskin ozgarish hodisasidir. Ushbu mutasion talimotda ilgari surilgan goyalar quyidagilardir: 1) mutasiyalar tosatdan paydo boladi: 2) mutasiya natijasida hosil bolgan yangi belgilar turgundir: 3) mutasiyalar irsiy bolmagan ozgaruvchanlikdan farqli olaroq, ozgaruvchanlikning ortamiyona shakli tevaragida uzluksiz qator-hosil qilmaydi. Chunki mutasiya natijasida sifat jihatidan ozgarish sodir boladi. 4) mutasiyalar har xil korinishda paydo bolib, foydali va zararli bolishi mumkin: 5) mutasiyalarning uchrash ehtimoli organilgan organizmlar soniga bogliq: 6) oxshash mutasiyalar bir nech marta paydo bolishi mumkin. Mutasiyalarning quyidagi xillari mavjud. I.Genomning ozgarish xususiyatiga qarab; 1) Genom mutasiyalari-xromosomalar sonining ozgarishi. 2) Xromosoma mutasiyalari-xromosomalar strukturasining ozgarishi. 3) Gen mutasiyalari-genlarning ozgarishi. II.Geterozigota organizmda paydo bolishiga qarab: 1) Dominant mutasiyalar. 2) Resessiv mutasiyalar. III.Mutasiyalarning kelib chiqish sabablariga kora: 1) Spontan mutasiyalar, yani mutasiyani keltirib chiqaruvchi sabab aniq emas (oz-ozidan paydo boladigan mutasiyalar). 2) Indusirlangan mutasiyalar (keltirib chiqarilgan mutasiyalar). IV.Irsiyatga berilishiga qarab. 1) Generativ mutasiyalar, yani jinsiy hujayralarda boladigan va nasldan-naslga otadigan mutasiyalar. 2) Somatik mutasiyalar, yani somatik hujayralarda sodir bolib, nasldan-naslga berilmaydigan mutasiyalar. Gaploid toplami xromosomalar va ulardagi genlarning yigindisiga genom deyiladi. Gaploid toplamdagi xromosomalar soni n-harfi bilan belgilanadi. Agar hujayradagi gaploid toplam xromosomalarning barchasi baravariga oshib ketsa bunday organizmlarni poliploid organizmlar deyiladi. Poliploid organizmlar kelib chiqishiga kora ikki xil bolishi mumkin, yani avtopoliploid va allopoliploid. Avtopoliploid organizmlar bitta turga xos bolgan, allopoliploid-har xil turga mansub bolgan genomlar sonining oshishi bilan yuzaga keladi. Genomdagi faqat ayrim xromosomalar sonining oshishi yoki kamayishiga aneuploidiya deyiladi. Inversiya-xromosomaning biron qismining 180 burilib shu xromosomaning biron-bir qismining tushib qolishi, yani yoqolishi. Xromosomalararo ozgarishlarga asosan translokasiyalar misol bola oladi. Translokasiya-ikkita xromosomaning qismlari ortasida boladigan ozaro almashinuv. Gen mutasiyalari DNK molekulasidagi nukleotidlarning joylashish tartibining ozgarishi bilan yuzaga keladi. Gen mutasiyalarining kelib chiqishiga kora ikkita guruhga ajratish mumkin:1)bir juft azotli asoslarning boshqasi bilan almashinuvdan hosil bolgan mutasiyalar: 2)azotli asoslarning tushib yoki ortib ketishidan hosil bolgan bolsa somatik, jinsiy hujayralarda hosil bolgan bolsa generativ mutasiyalar deyiladi. Spontan mutasiyalar tabiatda odam ishtirokisiz, nomalum sabablarga kora oz-ozidan hosil boladi. Indusirlangan mutasiyalar, inson tomonidan malum maqsad uchun olinadi. Bunday mutasiyalarni organizmga har xil mutagenlarni (mutasiya hosil qiluvchi omillar) tasir ettirib olish mumkin. Mutagenlarni uch guruhga ajratish mumkin: 1) fizikaviy (radioaktiv nurlar, rengen nurlari, harorat va hokazolar). 2) kimyoviy (ayrim organiq va noorganik moddalar, masalan, etilenimin). 3) biologik (viruslar, har xil organizmlarning modda almashinuvida hosil bolgan toksin moddalar va hokazolar). Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunini quyi-dagicha tariflash mumkin: "Genetik jihatdan yaqin bolgan turlar va avlodlar bir xil irsiy ozgaruvchanlik qatoriga egadirlar, shu tufayli bir tur ichidagi har xil shakllarni bilgan holda shu turga yaqin bolgan boshqa tur va avlodlar ichida ham xuddi shunday shakllarning bolishligini oldindan aytish mumkin". Masalan, bugdoy, arpa, suli genetik jihatdan bir-biriga yaqin bolib, bugdoydagi ozgarishlar (mutasiyalar) arpa va sulida ham kuzatiladi. Gomologik qatorlar qonuni tur va avlodlargagina emas, hatto sinflarga ham taaluqlidir. Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunidan irsiy kasalliklarni organishda keng foydalaniladi. Odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolash va ularning oldini olish masalalarini hayvonlarda uchraydigan xuddi shunday irsiy kasalliklarni organmasdan hal qilish qiyin. Fenotipik ozgaruvchanlikda genotip ozgarmasdan tashqi muhit tasirida fenotipda ozgarish sodir boladi. Bitta genotipning har xil fenotipini yuzaga chiqarish xususiyati shu genotipning tasirchanlik (reaksiya) normasi deyiladi. Tashqi sharoitning ozgarish organizmning turli belgilariga bir xil tasir korsatmaydi. Masalan, yaxshi boqish va parvarish qilish bilan qoramolning suti ortib boradi. Sutning yogliligi parvarish qilish sharoitiga sutga nisbatan kamroq bogliq. Biroq qoramol yungining rangi ancha doimiy belgi hisoblanadi. Bu misoldan korinib turibdiki, qoramolning kop sut berish belgisining reaksiya normasi juda katta, yungi rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir. Katta reaksiya normasi tabiiy sharoitda turning saqlanib qolishi va kopayishi (yani moslanuvchanlik) uchun muhim ahamiyatga ega. Modifikasion ozgaruvchanlik irsiyatga bogliq. Lekin organizmning rivojlanishida tashqi sharoit vujudga keltirgan ozgarishlar genotipni ozgartirmaydi va uning reaksiya normasidan tashqariga chiqmaydi. Genotipning reaksiya normasi organizm ozgarishi jarayonida namoyon boladi. Masalan, navlarga baho berishda ularning genotip boyicha reaksiya normasi ularni qulay va noqulay tashqi sharoitda parvarish qilish bilan organiladi. Bunda navlarning reaksiya normasi katta va kichik bolishi mumkin. Reaksiya normasi orqali navlarning (shu jumladan hayvon zotlarining) qanday tuproq-iqlim sharoitiga moslana olishi aniqlanadi. Tashqi muhit sharoiti qulay bolganda yuqori hosil beradigan, noqulay bolganda hosili uncha kamaymaydigan navlar juda katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, bugdoyning Bezostaya-1 navi sugoriladigan erlarda juda yuqori hosil beradi, qurgoqchilik sharoitida esa hosili uncha kamaymaydi. Shuning uchun ham osimlik navlari va hayvon zotlarining qaysi belgilari katta, qaysi belgilari kichik reaksiya normasiga ega bolishini bilish qishloq xojaligi uchun muhim ahamiyaga ega. O‘zgaruvchanlik nazariyasi va qonuni O‘zgaruvchanlik tirik organizmning tashqi, ichki omillar ta’- sirida o‘zgargan belgi, xossalarni hosil qilish xususiyati sanal adi. O‘zgaruvchanlik fenotipik va genotipik xillarga bo‘linadi. Fenotipik o‘zgaruvchanlik ontogenetik va modifika tsion o‘zgaruvchanlikdan iborat. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik organizm yoshi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Har bir organizmning ota-onadan olgan xromosomalari shaxsiy taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘xshash bo‘lsa-da, uning tashqi ko‘rinishi o‘zaro farq qiladi. Bu ontogenetik o‘zgaruvc hanlikdir. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik abiotik omillar ta’sirida paydo bo‘ladi. Suvi serob va suvi kam tuproqda o‘sgan bir tur o‘simlik ko‘rinishi turlicha bo‘lishi modifikatsion o‘zgaruvchanlikdan boshqa narsa emas. Genotipik o‘zgaruvchanlik organizm xromosomalari, genlari bilan bog‘liq o‘zgaruvchanlikdir. U kombinativ, rekombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanlikdan iborat. Kombinativ o‘zgaruvchanlik deganda ikki har xil genotipli organizmlarni chatishtirishdan hosil bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tushuniladi. Rekombinativ o‘zgaruvchanlik esa mitoz yoki meyoz bo‘linishda duragay organizmlarga genlar, gomologik xromosomalarni tasodifiy tarqalishi natijasida ro‘yobga chiqadigan o‘zgarishlardan tashkil topadi. Mutatsion o‘zgaruvchanlikni sharxlab golland olimi G.De Friz mutatsion nazariya yaratgan. Uning mazmuni: — mutatsion o‘zgaruvchanlik oraliq formalarsiz paydo bo‘- ladigan o‘zgaruvchanlik; — mutatsion o‘zgaruvchanlik sifat jihatidan farq qiladigan o‘zgaruvchanlik; — u irsiylanadigan o‘zgaruvchanlik. Mutatsion o‘zgaruvchanlik har xil yo‘nalishli bo‘lib, ular orasida foydalilari hamda zararlilari uchraydi. Bir xil mutatsiya organizmlarda takroran paydo bo‘lishi mumkin. Mashhur rus genetigi N.I.Vavilov g‘allaguldoshlar oilasiga kiruvchi o‘simlik xillarini o‘rganib, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonunini ixtiro qildi. Mazkur qonunga ko‘ra g‘allaguldoshlar oilasiga mansub birorta turkum vakillari, chu- nonchi bug‘doyda qizil va oq donli o‘simlik uchrasa, shunga o‘xshash o‘simlik arpa, sholi, makkajo‘xori, suli, tariq, bug‘- doyiq kabi o‘simlik turkumlarida ham topiladi. Mazkur qonunga ko‘ra kelib chiqishi jihatidan yaqin turlar va avlodlar o‘zlaridagi irsiy o‘zgaruvchanligi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Shunga ko‘ra irsiy o‘zgaruvchanlikni bir turda o‘rganib, shu turga yaqin boshqa turlarda uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchanlikni oldindan aytish mumkin. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni g‘alla guldoshlar oilasida kashf qilinganligiga qaramay, u kelib chiqi- shi o‘xshash bo‘lgan boshqa organizm xillarida ham o‘z tasdi- g‘ini topadi. Masalan oq-qora rangli, patsiz, yungsiz organizmlar qushlar sinfida ham sutemizuvchilar sinfida ham uchraydi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik gen, xromosoma, genom muta- tsiyalarga bo‘linadi. Gen mutatsiyalari uning tarkibidagi nukleotidlar sonini ortishi, kamayishi, o‘rin almashishi natijasida yuzaga keladi. Xromosoma mutatsiyalaridan deletsiya – xromosomalar bir qismining ajralishi, duplikatsiya – xromosomalar ayrim qismlarining ortishi, inversiya – xromosoma ayrim qismining 180° ga burilishi, translokatsiya – xromosoma bir qismining boshqa nogomologik xromosomaga qo‘shilishi oqibatida yuzaga keladi. Genom mutatsiyalari organizmlarda katta o‘zgarishlar sodir etib, ularning yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ayrim holatlarda o‘lishiga olib keladi. Agar genomda bitta xromosoma kam bo‘lsa monosomik, ortiqcha bo‘lsa, trisomik organizmlar rivoj- lanadi. Ayrim odamlarda kuzatiladigan Shereshevskiy Terner, Klaynfelter yoki X-trisomiya kabi kasalliklar xromosomalarning son jihatdan o‘zgarishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ba’zan tashqi, ichki ta’sirotlar oqibatida genomdagi xromosomalar ikki, uch to‘rt karra ortishi, ya’ni poliploid hodisasi ro‘y berishi mumkin. Poliploid formalar ko‘pgina hollarda diploidlarga qaraganda tananing yirikligi, mahsuldorligi, yashovchanligi bilan ajralib turadi. Poliploidiya asosan hujayra bo‘linishi anafazasida xromosomalarning ikki qutbga tarqalmasligi oqibatida yuzaga keladi. Poliploid formalar g‘o‘za, bug‘doy, askarida, yomg‘ir chuvalchangi va boshqa organizmlarda uchraydi. Irsiy o‘zgaruvchanlik – mutatsiyalar tabiiy sharoitda va sun’iy sharoitda kuzatiladi. Sun’iy sharoitda o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarga kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sir etish orqali hosil qilinadi. Adabiyotlar: Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling