O’zgaruvchanliк qonuniyatlari
Download 42.5 Kb.
|
Ўзгарувчанлик
Mavzu: O'zgaruvchanlik Reja: 1. Ozgaruvchanlik xillari va organish usullari. 2. Mutasion ozgaruvchanlik. 3. Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni. 4. Modifikasion (fenotipik) ozgaruvchanlik. Ozgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudotlarning ozgarishi tushuniladi. Ozgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo boladi, yoki qandaydir bor bolgan belgi yoqoladi. Har bir populyasiyada ayrim organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar ortasidagi farq uning genotipining ozgarishi bilan yoki tashqi muhit tasirida yuzaga chiqishi mumkin. Shunga kora, ozgaruvchanlik ikkiga yani irsiy va irsiy bolmaganga ajratiladi. Irsiy ozgaruvchanlik genotipining ozgarishi natijasida sodir bolganligi uchun bu ozgaruvchanlikni genotipik ozgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik ozgaruvchanlik ikki xil boladi; kombinativ, mutasion. Kombinativ ozgaruvchanlik uch xil yolda hosil bolishi mumkin. Shundan ikki yoli meyoz jarayoniga bogliq bolib, gomologik xromosomalarning ozaro chalkashuvi va anafazada ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda ajralishi natijasida sodir boladi. Uchinchi yoli esa uruglanish jarayonida tuxum hujayrani qaysi urug hujayra uruglantirishga bogliq. Mutasion ozgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan ozgarishi natijasida yuzaga keladi. Irsiy bolmagan ozgaruvchanlikda esa genotipda ozgarish sodir bolmasdan faqat fenotip ozgaradi. Shuning uchun bu ozgaruvchanlikni fenotipik ozgaruvchanlik ham deyiladi. Ozgaruvchanlikni organishda oliy matematikaning bir bolimi bolgan variasion statistika qollaniladi. Variasion statistikaning nazariy asosi katta raqamlar va ehtimollar nazariyasidir. Biometrik usul ozgaruvchan belgilar bilan ish koradi. Belgilar, oz navbatida, miqdor va sifat belgilariga bolinadi. Miqdor belgilar olchash va hisoblash yordamida organilib, raqam-lar bilan korsatiladi. Sifat belgilarga hayvonlar rangi, shox va quloqlar shakli va boshqalar kiradi. Sifat belgilari soz bilan ifodalanadi. Mutasiya degan tushunchani fanga birinchi bolib Gollandiyalik genetik G.De-Friz kiritdi. U kop yillar davomida osimliklarda uchraydigan mutasiyalarni organdi. Kuzatishlarni xulosalab, 1901- 1903 yillari ozining mutasion talimotini yaratdi.Uning tarifiga kora mutasiya - bu irsiy belgilarning keskin ozgarish hodisasidir. Ushbu mutasion talimotda ilgari surilgan goyalar quyidagilardir: 1) mutasiyalar tosatdan paydo boladi: 2) mutasiya natijasida hosil bolgan yangi belgilar turgundir: 3) mutasiyalar irsiy bolmagan ozgaruvchanlikdan farqli olaroq, ozgaruvchanlikning ortamiyona shakli tevaragida uzluksiz qator-hosil qilmaydi. Chunki mutasiya natijasida sifat jihatidan ozgarish sodir boladi. 4) mutasiyalar har xil korinishda paydo bolib, foydali va zararli bolishi mumkin: 5) mutasiyalarning uchrash ehtimoli organilgan organizmlar soniga bogliq: 6) oxshash mutasiyalar bir nech marta paydo bolishi mumkin. Mutasiyalarning quyidagi xillari mavjud. I.Genomning ozgarish xususiyatiga qarab; 1) Genom mutasiyalari-xromosomalar sonining ozgarishi. 2) Xromosoma mutasiyalari-xromosomalar strukturasining ozgarishi. 3) Gen mutasiyalari-genlarning ozgarishi. II.Geterozigota organizmda paydo bolishiga qarab: 1) Dominant mutasiyalar. 2) Resessiv mutasiyalar. III.Mutasiyalarning kelib chiqish sabablariga kora: 1) Spontan mutasiyalar, yani mutasiyani keltirib chiqaruvchi sabab aniq emas (oz-ozidan paydo boladigan mutasiyalar). 2) Indusirlangan mutasiyalar (keltirib chiqarilgan mutasiyalar). IV.Irsiyatga berilishiga qarab. 1) Generativ mutasiyalar, yani jinsiy hujayralarda boladigan va nasldan-naslga otadigan mutasiyalar. 2) Somatik mutasiyalar, yani somatik hujayralarda sodir bolib, nasldan-naslga berilmaydigan mutasiyalar. Gaploid toplami xromosomalar va ulardagi genlarning yigindisiga genom deyiladi. Gaploid toplamdagi xromosomalar soni n-harfi bilan belgilanadi. Agar hujayradagi gaploid toplam xromosomalarning barchasi baravariga oshib ketsa bunday organizmlarni poliploid organizmlar deyiladi. Poliploid organizmlar kelib chiqishiga kora ikki xil bolishi mumkin, yani avtopoliploid va allopoliploid. Avtopoliploid organizmlar bitta turga xos bolgan, allopoliploid-har xil turga mansub bolgan genomlar sonining oshishi bilan yuzaga keladi. Genomdagi faqat ayrim xromosomalar sonining oshishi yoki kamayishiga aneuploidiya deyiladi. Inversiya-xromosomaning biron qismining 180 burilib shu xromosomaning biron-bir qismining tushib qolishi, yani yoqolishi. Xromosomalararo ozgarishlarga asosan translokasiyalar misol bola oladi. Translokasiya-ikkita xromosomaning qismlari ortasida boladigan ozaro almashinuv. Gen mutasiyalari DNK molekulasidagi nukleotidlarning joylashish tartibining ozgarishi bilan yuzaga keladi. Gen mutasiyalarining kelib chiqishiga kora ikkita guruhga ajratish mumkin:1)bir juft azotli asoslarning boshqasi bilan almashinuvdan hosil bolgan mutasiyalar: 2)azotli asoslarning tushib yoki ortib ketishidan hosil bolgan bolsa somatik, jinsiy hujayralarda hosil bolgan bolsa generativ mutasiyalar deyiladi. Spontan mutasiyalar tabiatda odam ishtirokisiz, nomalum sabablarga kora oz-ozidan hosil boladi. Indusirlangan mutasiyalar, inson tomonidan malum maqsad uchun olinadi. Bunday mutasiyalarni organizmga har xil mutagenlarni (mutasiya hosil qiluvchi omillar) tasir ettirib olish mumkin. Mutagenlarni uch guruhga ajratish mumkin: 1) fizikaviy (radioaktiv nurlar, rengen nurlari, harorat va hokazolar). 2) kimyoviy (ayrim organiq va noorganik moddalar, masalan, etilenimin). 3) biologik (viruslar, har xil organizmlarning modda almashinuvida hosil bolgan toksin moddalar va hokazolar). Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunini quyi-dagicha tariflash mumkin: "Genetik jihatdan yaqin bolgan turlar va avlodlar bir xil irsiy ozgaruvchanlik qatoriga egadirlar, shu tufayli bir tur ichidagi har xil shakllarni bilgan holda shu turga yaqin bolgan boshqa tur va avlodlar ichida ham xuddi shunday shakllarning bolishligini oldindan aytish mumkin". Masalan, bugdoy, arpa, suli genetik jihatdan bir-biriga yaqin bolib, bugdoydagi ozgarishlar (mutasiyalar) arpa va sulida ham kuzatiladi. Gomologik qatorlar qonuni tur va avlodlargagina emas, hatto sinflarga ham taaluqlidir. Irsiy ozgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunidan irsiy kasalliklarni organishda keng foydalaniladi. Odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolash va ularning oldini olish masalalarini hayvonlarda uchraydigan xuddi shunday irsiy kasalliklarni organmasdan hal qilish qiyin. Fenotipik ozgaruvchanlikda genotip ozgarmasdan tashqi muhit tasirida fenotipda ozgarish sodir boladi. Bitta genotipning har xil fenotipini yuzaga chiqarish xususiyati shu genotipning tasirchanlik (reaksiya) normasi deyiladi. Tashqi sharoitning ozgarish organizmning turli belgilariga bir xil tasir korsatmaydi. Masalan, yaxshi boqish va parvarish qilish bilan qoramolning suti ortib boradi. Sutning yogliligi parvarish qilish sharoitiga sutga nisbatan kamroq bogliq. Biroq qoramol yungining rangi ancha doimiy belgi hisoblanadi. Bu misoldan korinib turibdiki, qoramolning kop sut berish belgisining reaksiya normasi juda katta, yungi rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir. Katta reaksiya normasi tabiiy sharoitda turning saqlanib qolishi va kopayishi (yani moslanuvchanlik) uchun muhim ahamiyatga ega. Modifikasion ozgaruvchanlik irsiyatga bogliq. Lekin organizmning rivojlanishida tashqi sharoit vujudga keltirgan ozgarishlar genotipni ozgartirmaydi va uning reaksiya normasidan tashqariga chiqmaydi. Genotipning reaksiya normasi organizm ozgarishi jarayonida namoyon boladi. Masalan, navlarga baho berishda ularning genotip boyicha reaksiya normasi ularni qulay va noqulay tashqi sharoitda parvarish qilish bilan organiladi. Bunda navlarning reaksiya normasi katta va kichik bolishi mumkin. Reaksiya normasi orqali navlarning (shu jumladan hayvon zotlarining) qanday tuproq-iqlim sharoitiga moslana olishi aniqlanadi. Tashqi muhit sharoiti qulay bolganda yuqori hosil beradigan, noqulay bolganda hosili uncha kamaymaydigan navlar juda katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, bugdoyning Bezostaya-1 navi sugoriladigan erlarda juda yuqori hosil beradi, qurgoqchilik sharoitida esa hosili uncha kamaymaydi. Shuning uchun ham osimlik navlari va hayvon zotlarining qaysi belgilari katta, qaysi belgilari kichik reaksiya normasiga ega bolishini bilish qishloq xojaligi uchun muhim ahamiyaga ega. Adabiyotlar: Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling