O‘ziga xos o‘rni va ahamiyati gulnoza Rayhonova


Academic Research in Educational Sciences


Download 417.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi417.66 Kb.
#1605294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulla-qodiriy-romanlarida-tarixiy-shaxslarning-o-ziga-xos-o-rni-va-ahamiyati

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-534-539 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 536 www.ares.uz 
Tarixiy ma`lumotlardan shuni bilamizki, XIX asrda Rossiya deyarli bizning 
yurtimizni o‗z tassarufiga olishga ulgurgan bir payt edi. Shunday bo‗lishiga 
qaramasdan o‗z yurtiga, undagi aholi turmushiga bee`tibor bo‗lgan Xudoyorxon 
shaxsiga qanday qarashimiz kerak. 
Abdulla Qodiriy ―Mehrobdan chayon‖ asarida zulm o‗chog‖i deb aynan 
saroyni shu nom bilan atagan. Shuncha imoratlar, masjidlar, bog‗lar bo‗lishiga 
qaramasdan, go‗zaldan go‗zal va bahaybat imoratlar, ariqlar qazilishi hammasi qora 
xalqning peshona terisidan bunyod bo‗lgan edi, aynan ularning achchiq ko‗z yoshlari 
ariqlarda suvlar bo‗lib oqqan edi va bu mashaqqat va azoblar xalqni xonga nisbatan 
nafratining paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan edi. Oddiy bir qora ish bilan 
shug‗ullanayotagn ishchining uyida bir burda non bo‗lmagan, ochlikdan 
qiynalayotgan paytda, xonning xonadonida o‗g‗li O‗rmonbekning to‗yi munosabati 
bilan har kuni sakkiz yuz qozonda oshlar pishishi, ikki yuz tandirda nonlar yopilishi, 
yuzdan ziyod chorva mollarning suyilishi
4
insofdanmikan? Shunday xonni biz 
beklikka loyiq deb qaray olamizmikan?
Ahmad Zaki Validiy o‗zining asarida shunday ma`lumot keltiradi: 
―Xudoyorxon—ko‗p badavlat bo‗lib, xotinlarni ko‗paytirishga hirs qo‗ygan, kayf-u 
safoni, rohatni va tinchlikni yaxshi ko‗rgan. Xalqning foydasiga ish yuritmagan. 
Mamlakatning turli tomonlarida bir nechta bog‗larida gullar orasida kayf-u safo qilib 
yotgan, bedana, kaklik va xo‗rozlarni urushtirish bilan shug‗ullangan. Masxaraboz va 
hofizlar hamda ma`nosiz o‗yinlar bilan umrini o‗tkazgan. Mol-u dunyoga haddan 
ziyoda hirs qo‗ygan va o‗zining xazinasini boyitish uchun ko‗p soliqlar solgan‖. 
5
Hayotning beshavqatligi, undagi zamon kamchiliklari, katta va boy insonlarning 
oddiy xalq ustidan beayov azoblashi, bu o‗tmishimizning ―eng qora va eng chirkin‖ 
kunlaridir. Shu o‗rinda ―Haram‖ ahli va ―qirq qizlar‖ haqidagi boblariga ham 
to‗xtalib o‗tish o‗rinlidir. Boisi, bu yer bir qaraganda jannatdek tuyulishi, ahli ayol-
qizlarning shodligini ko‗rish mumkin, ammo ularning qalbi dard, iztirobga limmo-
limdir. Shu o‗rinda Uvaysiyning ―Anor‖ chistoni yodga keladi: 
Ul na gumbazdir, eshig-u tuynugidin yo‗q nishon, 
Necha gulgunpo‗sh qizlar manzil aylabdir, makon? 
Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, 
Yuzlariga parda tortig‗liq turarlar bag‗ri qon! 
4
―Mehrobdan chayon‖ romanidan. 
5
Ahmad Zaki Validiy ―Xudoyorxonning so‘nggi kunlari‖ asaridan 



Download 417.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling