Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Uy parrandalari go‘shtlarining kimyoviy tarkibini mol go‘shtining kimyoviy 
tarkibi bilan taqqoslang. 
2. Birinchi kategoriya semizlikdagi parranda go‘shtlarining sifatiga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
3. Ikkinchi kategoriya semizlikdagi parranda go‘shtlarining sifatiga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
4. Yangi so‘yilgan parranda go‘shtlarining sifatiga organoleptik ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Qadoqlangan go‘shtlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
6. Qadoqlangan go‘shtlarning o‘ramining yuzasida nimalar ko‘rsatiladi? 
 
Kalla-pocha mahsulotlarining sifat ekspertizasi 
 
www.sies.uz
Page 265 of 306 


266
Kalla-pocha mahsulotlari-bu molni so‘yib, go‘shtiga birlamchi ishlov 
berganda chiqadigan ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar-ichki 
a’zolar, kalla, dum, yelin, oyoq qismlaridir. 
So‘yilgan molning turiga qarab kalla-pocha mahsulotlari molniki, qo‘yniki, 
echkiniki, cho‘chqaniki va hokazo bo‘ladi. Bu mahsulotlar mol go‘shtida 
so‘yilgandan keyingi massasining 24% gachasini, qo‘y go‘shtida 20, cho‘chqa 
go‘shtida esa17 % gacha qismini tashkil etadi.
Haroratiga qarab kalla-pocha mahsulotlari ham sovitilgan va muzlatilgan 
bo‘ladi. 
Ozuqaviy qiymati bo‘yicha kalla-pocha mahsulotlari I va II kategoriyalarga 
bo‘linadi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlariga yurak, buyrak, til, jigar, 
yelin, molning va qo‘yning dumg‘o‘zasi va go‘sht qiyqimlari kiradi. 
Ikkinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlariga esa cho‘chqa qallasi, 
molning tili olingan kallasi, qo‘yning (tili olingan va olinmagan) kallasi, mol va 
cho‘chqa qulog‘i, mollarning poychasi, cho‘chqa dumg‘o‘zasi, cho‘chqa qorini, 
lab, bo‘g‘iz, qorajigar, kekirdak, o‘pka va hokazolar kiradi. 
Kalla-pocha mahsulotlarini kategoriyalar bo‘yicha bo‘lganda ularning 
ozuqaviy qiymati va ta’m ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi. Birinchi kategoriya 
kalla-pocha mahsulotlari ikkinchi kategoriyasig qaraganda ancha yuqori ozuqaviy 
qiymatga va ta’m ko‘rsatkichlariga ega ekanligi bilan harakterlanadi. Masalan, til, 
jigar, yurak, miya kabilar tarkibi va energiya berish qobiliyati bo‘yicha 1-navga 
kiradigan go‘sht qismlaridan ancha qolishmaydi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlarining tarkibida to‘liq qiymatga 
ega bo‘lgan oqsillar miqdorining hissasi yuqoridir. Kalla-pocha mahsulotlaridan 
jigar fosfor va temir tuzlariga boyligi bilan ajralib turadi. Ba’zi bir kalla-pocha 
mahsulotlari, masalan, jigar, buyrak, yurak vitaminlar miqdori bo‘yicha go‘shtdan 
ham yuqori turadi. Jigarda ko‘p miqdorda A, V, RR vitaminlari, buyrakda esa V va 
RR vitaminlari uchraydi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlarining tarkibida ko‘p miqdorda 
ekstraktiv moddalarning borligi uchun ham ular yuqri ta’m ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lib, yaxshi hazm bo‘ladi. 
Ikkinchi kategoriya kala-pocha mahsulotlari tarkibida umumiy oqsil miqdori 
yuqori bo‘lsa-da, bu oqsillar asosan to‘liq qiymatga ega bo‘lmagan oqsillardir. Shu 
sababli ham ularning ozuqaviy qiymati birinchi kategoriya kalla-pocha 
mahsulotlariga nisbatan birmuncha past hisoblanadi. 
Kalla-pocha mahsulotlari ishlov berish sifati va organoleptik ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha standart talablariga javob berishi kerak. 
Sotishga chiqarilayotgan kalla-pocha mahsulotlari yangi, toza, kasalliklarsiz 
va begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. 
Tabiiy rangini yo‘qotgan, to‘g‘ri ishlov berilmagan, shuningdek, yorilgan va 
kesilgan joylari mavjud, qayta muzlatilgan, buzilgan mahsulotga xos hidga ega 
bo‘lgan kalla-pocha mahsulotari sotuvga chiqarilishi mumkin emas. 
Kalla-pocha mahsulotlari toza yashiklarga so‘yilgan molning turiga va 
termik holatiga qarab joylanadi. Muzlatilgan mahsulotlar esa bundan tashqari 
www.sies.uz
Page 266 of 306 


267
matodan qilingan qoplarga, kraft-paketlarga, chipta xaltalarga 50 kg massadan 
oshirmay joylanadi. 
Sovitilgan va muzlatilgan kala-pocha mahsulotlari 0
0
S dan past haroratda va 
havoning nisbiy namligi 85% dan kam bo‘lmagan sharoitda 3 kungacha, 0
0
-+6


da esa sovitilgan kalla-pocha mahsulotlarini 36 soatgacha, muzlatilgan kalla-pocha
mahsulotlarini esa 48 soatgacha saqlash mumkin. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling