Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Kolbasalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo nima hisoblanadi? 
2. Qaynatilgan kolbasalarning sifatini aniqlashda organoleptik ko‘rsatkichlariga 
qanday talablar qo‘yiladi? 
3. Chala dudlangan kolbasalarning sifatini baholashda oragnoleptik 
ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
4. Dudlangan kolbasalarning sifatini baholashda oragnoleptik ko‘rsatkichlariga 
qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Kolbasalarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda aniqlanadigan fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 
6. Kolbasalarda tuz miqdori necha foizni tashkil tadi? 
7. Kolbasalarda nitritlar miqdori qancha bo‘lishi kerak? 
8. Kolbasalarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring. 
 
Go‘sht konservalarining sifat ekspertizasi va ularni saqlash jarayonida 
bo‘ladigan o‘zgarishlar 
 
Go‘sht konservalari yuqori haroratda issiqlik ishlovi berib, tunuka yoki 
shisha bankalarga joylab, germetik bekitib, sterilizatsiya qilingan mahsulotdir. 
Go‘sht konservalarining ozuqaviy qiymati va energiya berish qobiliyati 
go‘shtlardan ham yuqoridir, chnki konserva mahsulotlarini tayyorlashda go‘shtdan 
iste’mol qilinmaydigan qismlar ajratib tashlanadi va unga qo‘shimcha ta’m 
beruvchi moddalar qo‘shiladi. 
Go‘sht konservalarining sifati bankalarning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish 
va 
bankadagi 
mahsulotning 
organoleptik, 
kimyoviy 
va 
bakteriologik 
ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholanadi. Tashqi ko‘rinishini aniqlaganda 
avvalom bor germetik bekitilgan yoki bekitilmaganligi, bombaj bor yoki yo‘qligi, 
bankaning deformatsiya uchraganligi, choklarida nuqsonlarning mavjudligi yoki 
mavjud emasligi, zanglaganlik belgilari kabi ko‘ratkichlariga e’tibor beriladi. 
Konserva sifatini baholaganda hir bir partiyadan o‘rtacha namunalar olinadi. 
Bir xil partiya deganda bir zavodda, bir kunda va vaqtda bir hil nomdagi va 
navdagi ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlari tushuniladi. Agar mahsulot 
sig‘imi 1 litrgacha bo‘lgan bankalarga qadoqlangan bo‘lsa, unda har yashikdan 
jami 10 ta banka olinib, shu bankalardan kichik namunalar olinadi. 
Namunani laboratoriya tekshiruviga jo‘natishda dalolatnoma tuziladi va 
albatta konservaning etiketka qog‘ozi bo‘lishi kerak. Unda korxonaning nomi, 
mahsulotning nomi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti, namuna olingan mahsuloti 
Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling