Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-BO‘LIM. BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARINING SIFAT


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

9-BO‘LIM. BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARINING SIFAT 
EKSPERTIZASI 
Baliq – suvda jabralari orqali nafas oladigan, hayot kechiradigan va 
riaojlanadigan umurtqali suv jonivori hisoblanadi. 
Baliq va uni qayta ishlab olinadigan mahsulotlar to‘la qiymatli oqsil manbai 
hisoblanib, shifobaxshlik va parhezlik xususiyatiga ega ekanligi bilan qadrlanadi. 
O‘zbekistonda 
qadimdan 
baliqchilik 
bilan 
shug‘ullanib 
kelingan. 
Respublikaning daryo va ko‘llarida 60 dan ortiq baliq turlari yashaydi. Shulardan 
eng ahamiyatlilari zog‘ora, do‘ngpeshona, sudak, oqcha (leshch), tobonbaliq, 
cho‘rtan baliq, ilonbosh, qizilko‘z (vobla) baliq turlari hisoblanadi. Avvallari 
baliqlar asosan Orol dengizi, dengiz yaqinidagi ko‘llar, Sirdaryo hamda 
Amudaryodan ovlanar edi. So‘nggi yillarda bir qancha yirik baliqchilik xo‘jaliklari 
tashkil etilishi va baliqlarni sun’iy urchitish yo‘lga qo‘yilishi natijasida 
respublikamizda baliq yetishtirish barqaror tus oldi. 
Hozirgi kunda respublikamizda «O‘zbaliq» korporatsiyasi tashkil etilib, bu 
korporatsiya tizimida bir necha baliqchilik birlashmalari, kombinatlari, baliqchilik 
xo‘jaliklari, Ixtiopotologiya markazi va ulgurji savdo omborxonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
Respublikamizda 
baliqchilikni 
rivojlantirishda 
«O‘zbaliq» 
korporatsiyasining «Suv havzalari jonivorlarini o‘rganish» instituti katta ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Baliqlarning tana tuzilishi. baliq asosan bosh, tana, dum qismmva suzgich 
qanotlardan tashkil topadi. baliqlarda bu qismlarning shakllari va o‘lchamlari 
(massasi) har xid bo‘lib, baliqlarning yashash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Baliq tanasi tashqi qismdan teri bilan himoyalangan bo‘lib, ter xujayralari 
pigmentlari baliqqa ma’lum rang beradi. Teri sirtida shilimshiq modda ishlab 
chiqaradigan xujayralar bo‘ladi. Ana shu shilimshiq moddalar baliqning suvda 
suzishini osonlashtiradi, baliqni tashqi muhit va mikroorganizmlar ta’siridan 
himoya qiladi. 
Ko‘pchilik baliqlar terisi tashqi tomondan yupqa plastinkachalar holidan 
tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan tangachalar qatlami ham 
ko‘payib boradiva ba’zi hollarda shu qatlamlarning qalinligi baliq yoshidan dalolat 
beradi. 
Baliq tanasi skeletlari tag‘aylardan (osetra baliqlari oilasi) va suyaklardan 
tashkil topadi. Ko‘pchilik baliqlarning skeletlari suyaklardan tashkil topadi. baliq 
tanasida qancha kam bo‘lsa, ularning ozuqaviy qiymati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Baliqlarning suzgich qanotlari juft va toq bo‘ladi. Ularning ko‘krak, qorin 
suzgich qanotlari juft, bel, chiqaruv organi va dum suzgich qanotlari esa toq 
bo‘ladi. Suzgich qanotlarining tuzilishi, soni va ularning qanday joylashganligiga 
qarab baliqning qaysi xilga va baliq oilasiga mansubligini aniqlash mumkin. 
Baliqning bel va chiqaruv organi suzgich qanotlari uning muvozanatini saqlashga, 
ko‘krak, qorin qismida joylashgan suzgich qanotlari baliq harakatini o‘zgartirishga 
yordam bersa, dum suzgich qanotlari esa oldinga harakat qlishga yordam beradi. 
www.sies.uz
Page 282 of 306 


283
Baliqlarning nafas olish organi jabralari hisoblanib, ular baliqning bosh 
qismining ikki yon tarafida joylashgan bo‘ladi. Baliqlar ana shu jabralari 
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. 
Baliqlarning iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan qismlarining 
nisbati baliqlarning turiga, jinsiga, katta-kichikligi v semizligiga qarab har xil 
bo‘ladi. Baliqlarni sanoat miqyosida qayta ishlaganda ulardan chiqit chiqmaydi, 
chunki ularning iste’molga yaroqsiz qismlaridan ham mollarga yem sifatida 
beriladigan unlar va yerga solinadigan o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling