Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Meva va sabzavotlar sirtining holati
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meva va sabzavotlarning yangiligi.
Meva va sabzavotlar sirtining holati. Meva va sabzavot sirtining holati
yuzasining quruqligi va tozaligi bilan harakterlanadi. Sirtining nam bo‘lmasligi ko‘pchilik zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay sharoit hisoblanadi. Meva va sabzaotlar yuzasining nam bo‘lib qolishini ularning yig‘ishtirish, tashish jarayonida yomg‘ir tagida qolishi, saqlash jarayonida issiq va sovuq havolarning uchrashishi natijasida kondensat suvining hosil bo‘lishi, ezilgan, sovuq urgan va chirigan mahsulotlardan xujayra sharbatining oqib chiqishini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, danakli mevalar sirtida boshqa meva- sabzavot mahsulotlaridan farqli ularoq ortiqcha namlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘pchilik meva-sabzavotlar uchun sirtining yuzasiga ham katta e’tibor beriladi, chunki sirtining tozaligi mahsulotning tovar ko‘rinishiga va estetik hususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Meva va sabzavotlar sirtining ifloslanishi ularda zararli mikroorganizmlarning ko‘payishini keltirib chiqaradi. Natijada bu mikroorganizmlar rivojlanib mahsulotning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchidan, meva va sabzavotlarning sirti qanchalik ko‘p darajada ifloslangan bo‘lsa, ularning sifatini nazorat qilish shunchalik darajada qiyinlashadi, chunki bunday holatda meva va sabzavotlarning saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan nuqsonlarni payqash ham mumkin bo‘lmay qoladi. Meva va sabzavotlarning butunligi deganda ularda mexanik jarohatlarning bo‘lmasligi, qishloq xo‘jalik zararkunandalari, mikrobiologik va fiziologik kasalliklar bilan kasallanganlik alomatlari bo‘lmasligi tushuniladi. Meva va sabzavotlarning yangiligi. Meva va sabzavotlarning yangiligi eng ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Faqat yong‘oq, bosh piyoz va sarimsoq uchun bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha standartlarda talablar ko‘rsatilmagan. Yangi terib olingan mevalar va yig‘ishtirib olingan sabzavotlar suvini yo‘qotmagan bo‘lganligi uchun ham yuqori iste’mol qiymatiga va saqlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Umuman meva va sabzavotlar yangi, so‘lib qolmagan bo‘lishi kerak. Yangi terib olingan meva va sabzavotlardan suv bug‘lanib chiqishi natijasida ular xujayrasida suvda eruvchan quruq moddalarning konsentratsiyasi oshib ketadi. Natijada bu jarayon fermentlarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularda xayot jarayonlarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida meva va sabzavotlarning noqulay muhitga nisbatan tabiiy kurashuvchanligini yo‘qotib, www.sies.uz Page 43 of 306 44 ularning mikrobiologik va fiziologik kasalliklar bilan kasallanishini keltirib chiqaradi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling