Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Danakli mevalar 
O‘rik. O‘riklarning sifati GOST 21832-76 nomerli standart talabiga javob 
berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha o‘rik mevalari ikki tovar naviga 
bo‘linadi. 
Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo‘yicha aynan 
shu pomologik navga xos, butun, toza, sog‘lom, yaxshi yetilgan (g‘o‘ra emas yoki 
pishib o‘tib ketmagan), ortiqcha namliklarsiz, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz 
bo‘lishi kerak. 
O‘rik mevalari uchun asosiy ko‘rsatkichlardan biri ularning ko‘ndalang 
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich o‘riklarning Yevropa va eron-
kavkaz navlarida 30 mm dan, O‘rta Osiyoga mansub navlarida esa 25 mm dan kam 
www.sies.uz
Page 48 of 306 


49
bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa ularning shakli 
shu navdan bir oz farq qilishi, pishganlik darajasi ham har xil bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yiladi. Bu tovar naviga kiritiladigan mevalar o‘lchamlari bo‘yicha 
me’yorlanmaydi. 
O‘rik mevalari sifat ekspertizasini o‘tkazishda standartda ko‘rsatilganidek 
ma’lum chetlanishlariga ham yo‘l qo‘yiladi. Masalan, o‘rik mevalarining birinchi 
tovar navlarida yuzasi 1 sm
2
dan oshmagan 2 ta yengil mexanik shikastlanganlik 
va 2 % gacha zararkunandalar bilan zararlangan mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Shu bilan bir qatorda ikala tovar navida ham chirigan va g‘o‘ra mevalar bo‘lishiga 
yo‘l qo‘yilmadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bizning fikrimizcha o‘rik mevasiga bugungi 
kunda qo‘llanilib kelayotgan mazkur standart ayrim kamchiliklardan holi emas. 
Shu sababli muallif o‘rik mevasiga Respublikamiz sharoitidan kelib chiqqan holda 
yangi standart ishlab chiqish borasida tadqiqotlar o‘tkazib, bu boradagi fikr-
mulohazalarini matbuotda e’lon qilgan. Muallifning fikricha o‘rik mevasiga yangi 
standart ishlab chiqarishda bizning hududimizda yetishtirilayotgan o‘rik mevalari 
tarkibida qand va karotin moddasining miqdorining boshqa mamlakatlar tabiiy-
iqlim sharoitida yetishtirilayotgan o‘rik mevalaridagiga nisbatan ancha ko‘pligini 
asos qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aynan ko‘pchilik ho‘l mevalar 
standartlarida kimyoviy tarkibi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning o‘z aksini topmaganligi 
yangi standartlar yaratish zaruriyati borligidan dalolatdir. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling