Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Yong‘oq mevalari 
Yong‘oqlar bu quruq mevalar bo‘lib, boshqa mevalardan tuzilishi, tarkibi, 
sifatini baholash va foydalanishi bo‘yicha katta farq qiladi. 
Yong‘oq mevalari tarkibida suv kam (6-15 %) bo‘lib, ular tarkibida yog‘ – 
40-72 %, oqsil – 14-28 %, uglevodlar esa – 4,8-12,0 % ni tashkil etadi. 
Yong‘oqlarning 
sifatini 
baholashda 
tashqi 
ko‘rinishi 
(butunligi, 
po‘stlog‘ining rangi, shakli), 100 dona yong‘oq massasi, namligi, ta’mi va hidi, 
mag‘zining sifati va rangi eng muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Shuningdek, 
standartda mexanik jarohatlar, zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasi, 
achchiq ta’mli mag‘izlar hissasi, begona aralashmalar miqdori kabi chetlanishlar 
ham ko‘rsatiladi. Lekin, har bir yong‘oq turining sifatini baholashda o‘ziga xos-
xususiyatlari mavjudligi uchun ularning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsifini 
alohida-alohida keltiramiz.
Yunon yong‘og‘i. Yunon yong‘og‘i sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 
16832-71 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha 
yong‘oqlar oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. Yunon 
yong‘og‘ining hamma tovar navlari butun, yaxshi yetilgan, begona ta’mlarsiz va 
hidlarsiz bo‘lishi kerak. Ularda namlik esa 10 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Oliy va birinchi navli yong‘oqlarning po‘stlog‘i och-qo‘ng‘irroq rangdan 
qo‘ng‘ir ranggacha, yupqa, oson chaqiladigan mag‘zi esa po‘stlog‘idan butun yoki 
yarim holda tozalanadigan bo‘lishi kerak. Mag‘zining sirtidagi po‘stlog‘i esa 
tillasimon-sariq rangdan to och-qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi. Oliy navli 
yong‘oqlarda po‘stlog‘ining sirti tekis, birinchi navli yong‘oqlarda esa sal g‘adir-
budur bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Ikkinchi tovar navli yong‘oqlarda esa po‘stlog‘i och-qo‘ng‘ir rangdan to 
qora-qo‘ng‘ir ranggacha bo‘lib, ularda qiyin chaqiladigan yong‘oqlar ham 
www.sies.uz
Page 51 of 306 


52
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu nav yong‘oqlarning mag‘zi och-qo‘ng‘ir rangdan 
to‘q-qo‘ng‘ir ranggacha bo‘lib, mag‘zi po‘stlog‘idan qiyinroq ajraladi. 
Yunon yong‘oqlarining sifatini baholashdagi muhim ko‘rsatkichlardan biri 
katta ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Oliy navli yong‘oqlarda 
ko‘ndalang kesimining diametri 28 mm dan, 1-navlarida 25 mm dan, ikkinchi 
navlarida esa 20 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Yong‘oqlarning sifatini baholashdagi yana bir muhim ko‘rsatkich yong‘oq 
mag‘zining hissasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich oliy navli yong‘oqlarda 50 % dan, 
birinchi navli 45 % dan, ikkinchi navli yong‘oqlarda esa 35 % dan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
Oliy tovar navli yong‘oqlarda begona aralashmalar va yong‘oq po‘stlog‘i 
bo‘lmasligi, birinchi navida esa 0,1 % dan, ikkinchi navida esa 0,3 % dan ko‘p 
bo‘lmasligi ko‘rsatib qo‘yilgan. Shuningdek, birinchi navli yong‘oqlarda qurigan 
qobiqqa ega bo‘lgan yong‘oqlar miqdori 1,0 % dan, ikkinchi navli yong‘oqlarda 
esa 3,0 % dan oshmasligi kerak. 
Yunon yong‘oqlarining sifat ekspertizasini o‘tkazishda aniqlanadigan asosiy 
ko‘rsatkichlardan yana biri zararkunandalar bilan zararlangan, buzilgan, yaxshi 
yetishmagan yong‘oq mevalarining hissasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich oliy navli 
yong‘oqlarda 1,0 % dan, birinchi navli yong‘oqlarda 5,0 % dan, ikkinchi navli 
yong‘oqlarda esa 10,0 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Bodom. Bodom ta’m ko‘rsatkichi bo‘yicha shirin va achchiq ta’mli 
bodomlarga bo‘linadi. Achchiq bodomlarning mag‘zida zaharli glikozidlar 
amigdalin (3-7 %) bo‘ladi. Shu sababli ham achchiq mag‘izli bodomlar oziq-ovqat 
mahsuloti sifatida qo‘llanilmaydi. 
Shirin mag‘izli bodomlarning sifati GOST 16830-71 standarti talabiga javob 
berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha bodomlar oliy va birinchi navlarga 
bo‘linadi. Har ikkala navida ham bodomlar yaxshi yetilgan, po‘stlog‘ining rangi 
birxil, sarg‘ich-kulrangdan to qoramtir-qo‘ng‘irranggacha bo‘lishi kerak. Ularning 
mag‘zining qobig‘i esa och-qo‘ng‘irdan to qo‘ng‘ir ranggacha bo‘ladi. 
Bodomlarning ta’mi va hidi o‘ziga xos yoqimli, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz 
bo‘lishi kerak. Bodomlar mag‘zining namligi 10 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Oliy navli bodomlarning po‘chog‘i qog‘oz po‘choqli, yumshoq po‘choqli, birinchi 
navlarida esa po‘chog‘i qattiq bo‘ladi. Oliy navli bodomlarda mag‘zining chiqishi 
30 % dan, birinchi navlarida esa 25 % dan kam bo‘lmasligi yuqorida qayd etilgan 
standartda ko‘rsatib o‘tilgan. 
Standart talabi bo‘yicha bodomlarda massasiga nisbatan quyidagi nuqsonlar 
bo‘lishiga ruxsat etiladi (%, ko‘p emas): oliy navli bodomlarda zararkunandalar 
bilan zararlangan bodomlar – 0,5, birinchi navli bodomlarda esa – 1,0; yaxshi 
yetishmagan bodomlar mos ravishda 1,0 va 3,0; qurib qolgan po‘choqli bodomlar 
miqdori mos ravishda 2,0 va 5,0; achchiq mag‘izli bodomlar miqdori mos ravishda 
1,0 va 3,0. Buzilgan bodomlar oliy navli bodomlarda bo‘lmasligi kerak, birinchi 
navli bodomlarda esa ularning hissasi 3,0 % dan ortiq bo‘lmasligi standartlarda 
ko‘rsatib qo‘yilgan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling