Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Qovoqdosh sabzavotlar
Bu guruhga kiruvchi sabzavotlarni poliz ekinlari deb ham atashadi. Poliz ekinlari O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoiti qulay bo‘lganligi uchun qadimdan Markaziy Osiyo xalqlarining eng muhim va sevimli mahsuloti bo‘lib kelgan. Qovoqdosh sabzavotlar guruhiga bodring, tarvuz, qovun, qovoq, kabachki va patissonlarni kiritish mumkin. Bodring. Bodring keng tarqalgan sabzavot ekini hisoblanadi. Bodringning pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan, konservalangan holda iste’mol qilinadi. Bodringdagi hazm bo‘ladigan kletchatka va pektin moddalari modda almashinuviga va ovqatning yaxshiroq hazm bo‘lishiga yordam beradi. Bodring tarkibida suv miqdori ko‘p – 95-96 foizni, qolgan 4-5 foizni esa quruq moddalar tashkil etadi. Quruq moddalar qand, kam miqdorda oqsil, yog‘lar hamda kletchatka va kul moddalaridan tashkil topgan. O‘zbekistonda rayonlashtirilgan va ko‘p ekiladigan navlariga Hosildor, Ranniy-645, Parad-176, Pervenes O'zbekistana, Konkurent, Marg‘ilon-822 kabi navlarini kiritish mumkin. Issiqxonalarda eti sersuv va mayin, urug‘ kamerasi kichikroq, to‘q-yashil rangli uzunchoq bodring navi (25-40 sm) yetishtiriladi. Ular asosan salat va okroshka tayyorlashda ishlatiladi. www.sies.uz Page 64 of 306 65 Iste’molga mo‘ljallangan barra bodringlar GOST 1726-85 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha uzilgan bodringlar yangi, butun, shakli, to‘g‘ri, sog‘lom, toza, mexanik jarohatlanmagan, boldoqli yoki boldoqsiz, shakli va rangi bo‘yicha aynan shu botanik navga mos bo‘lishi kerak. Bodringlar uchun muhim ko‘rsatkichlardan biri ichki tuzilishi hisoblanadi. Bunda bodringning etiga va urug‘iga alohida e’tibor beriladi. Bodringning eti zich, sersuv, urug‘i esa yaxshi yetilmagan, sersuv, qobiqsiz bo‘lishi kerak. Bodringlarning ta’mi va hidi esa aynan shu botanik navga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Bodringlar uchun muhim ko‘rsatkichlardan yana biri ularning uzunligi va katta ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan standartga binoan bodringlar uzunligi bo‘yicha birinchi va ikkinchi guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiritiladigan bodringlar uchun uzunligi 11 sm dan, ikkinchi guruhlari uchun esa 14 sm dan katta bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Standart talabi bo‘yicha har ikalla guruhga kiritiladigan bodringlarda eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 5,5 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Standart talabi bo‘yicha barra holda iste’molga mo‘ljallangan bodringlarning sifatini baholashda ma’lum bir chetlanishlarga ham ruxsat etiladi. Yuqorida qayd etilgan standart talabi bo‘yicha tekshirilayotgan bodringlar massasida uzunligi bo‘yicha 3 sm dan ortiq chetlanishga ega bo‘lmagan bodringlar miqdori 10 % gacha, ezilmasdan yengil jarohat olgan, qobig‘i sal shilingan, ozroq so‘ligansimon bodringlar miqdori ham 10 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Savdo tarmoqlarida chirigan, yumshab-ezilgan, so‘ligan, sarg‘ayib ketgan, burishib qolgan bodringlarning sotilishi ta’qiqlanadi. Shuningdek, issiqxonalarda yetishtirilgan bodringlarda ularga yopishib qolgan tuproqlar bo‘lmasligi kerak, tabiiy sharoitlarda yetishtirilgan bodringlarda esa 0,5 % gacha tuproq bo‘lishiga ruxsat etiladi. Tarvuz. Tarvuz keng tarqalgan poliz ekinidir. Tarvuz navlari qaysi sohada ishlatilishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi: xo‘raki va sukatbop. Xo‘raki navlarining tarkibida fruktozadan iborat qand (8-12 %), organik kislotalar, mineral tuzlar, vitaminlar (S, V 1 , V 2 ) va karotinlar bor. Asosan eti qizil, shirin tarvuzlar iste’mol qilinadi. Tarvuz navlari pishish muddatiga qarab ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda ekiladigan ertapishar tarvuz navlariga O‘zbekiston-452, Mozaichniy, Mahalliy chinni tarvuz, o‘rtapishar navlariga Mramorniy, Astraxanskiy, Korol, Kuba-92, Samarqand oqtarvuzi, kechpishar navlariga esa Qo‘ziboy-30, Haitqora, Guliston kabi navlarini kiritish mumkin. Sukatbop tarvuz navlarining po‘chog‘i qalin bo‘lib, undan sukatlar tayyorlanadi. Xo‘raki tarvuzlar sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha GOST 7177-87 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standartga asosan tarvuzlarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda ularning tashqi ko‘rinishi, hidi va ta’mi, pishib yetilganligi, eng katta ko‘ndalang kesimining diametri, jarohatlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Standart talabi bo‘yicha tarvuzlarning tashqi ko‘rinishi umumlashgan ko‘rsatkich bo‘lib, tarvuzning butunligi, yangiligi, tozaligi, sog‘lomligi, shakli, www.sies.uz Page 65 of 306 66 rangi va po‘chog‘ining yaltiroqligi bo‘yicha aynan shu botanik navga xosligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Tarvuzlarning hidi va ta’mi o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Tarvuzlar uchun pishib yetilganlik ko‘rsatkichi ham eng muhim hisoblanadi. Tarvuzlar kesib ko‘rilganda bo‘shliq bo‘lmasligi, eti esa yaxshi yetilib pishgan, shirali, sersuv, rangi va urug‘lari aynan shu pomologik navga hos bo‘lishi kerak. Tarvuzlarning katta-kichikligi ham ularning sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Mazkur standart talabi bo‘yicha tarvuzlarning erta pishar va o‘rta pishar navlarida eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 13 sm dan, kechpishar navlarida esa 17 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, standart talabi bo‘yicha tarvuzlarni yuklash jarayonida bosilib yengil jarohat olgan tarvuzlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Savdo shaxobchalariga keltirilib iste’molchilarga sotilayotgan tarvuzlarda esa yengil urilgan tarvuzlar miqdori chegaralanmaydi. Standart talabi bo‘yicha ezilgan, yorilgan, bo‘shashib qolgan, xom, yoki o‘ta pishib ketgan, kasallangan, zararkunandalar bilan zararlangan, chirigan tarvuzlar sotishga ruxsat etilmaydi. Qovun. Qovun ham tarvuz singari keng tarqalgan poliz ekinidir. Ularning biokimyoviy tarkibi ham tarvuzlarning biokimyoviy tarkibiga o‘xshaydi. Qovunning mazasi va ayniqsa hidi xushbo‘y, juda yoqimli bo‘ladi. Ular yangi uzilgan holida, quritib iste’mol qilinadi. Shuningdek, qovunlardan sifatli sukatlar va murabbolar ham tayyorlash mumkin. Qovun navlarining shakli dumaloq, uzunchoq, yapasqi; o‘lchami mayda, o‘rtacha, yirik; po‘chog‘ining tuzilishi silliq, to‘rsimon, qirrali; etining tuzilishi qarsillama, qumoq va sertola bo‘lishi mumkin. Qovun navlari yetilish muddatiga qarab handalaklar, yozgi, kuzgi va qishki qovun navlariga bo‘linadi. O‘zbekistonda ekiladigan handalaklarga Ko‘kcha handalak, Mahalliy sariq handalak, Bo‘rikalla, Ko‘k kallapo‘sh navlari, yozgi navlariga Oqqovun-557, Oqnovvot, Aravakash-1219, Ko‘kcha-588, kuzgilariga Sayili, Qo‘ybosh, Umrboqi; Qishki navlariga esa yashil Gulobi, Mahalliy qoraqand, Qo‘ybosh kabi navlari kiradi. Qovunning pishib yetilganligini ko‘rsatadigan asosiy alomatlari ularning po‘chog‘ining rangining o‘zgarishi va hushbo‘y hid paydo bo‘lishi hisoblanadi. Qovunlar sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha GOST 7178-85 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standartga asosan qovunlarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda ularning tashqi ko‘rinishi, hidi va ta’mi, pishib yetilganligi, eng katta ko‘ndalang kesimining diametri, jarohatlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Standart talabi bo‘yicha qovunlarning tashqi ko‘rinishi umumlashgan ko‘rsatkich bo‘lib, qovunning butunligi, tozaligi, sog‘lomligi, ortiqcha namlikka ega emasligi, shakli va rangi, boldoqli yoki boldoqsiz ekanligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. www.sies.uz Page 66 of 306 67 Qovunlarning hidi va ta’mi o‘ziga xos, yoqimli, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Qovunlar uchun ham pishib yetilganlik ko‘rsatkichi eng muhim hisoblanadi. Shu sababli bu ko‘rsatkich ham standart talabi bo‘yicha aniqlanishi zarur bo‘lgan ko‘rsatichdir. Ertapishar va o‘rtapishar qovun navlarining po‘chog‘i va eti har xil rangi, qalinligi, zichligi aynan shu navga xos, urug‘ kamerasi yetilgan va oson ajraladigan urug‘lardan iborat bo‘lishi kerak. Kuzgi, qishgi qovun navlarining pustlog‘i va eti esa zich, kamerasi esa yaxshi yetilib pishmagan, eti mustahkam o‘rnashib turgan urug‘lardan iborat bo‘lishi kerak. Qovunlarning katta-kichikligi ham ularning sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu ko‘rsatkich ham standart talabi bo‘yicha aniqlanishi zarur bo‘lgan ko‘rsatkichdir. Ertapishar qovun navlarining eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 10 sm dan, dumaloq va ovalsimon shaklidagi kechpishar navlarida esa eng katta kesimining diametri 10 smdan kam bo‘lmasligi kerak. Standart talabi bo‘yicha qovunlarning sifatini baholashda ma’lum bir chetlanishlarga ham ruxsat etiladi. Mazkur standart talabi bo‘yicha tekshirilayotgan qovunlar massasida bosilish natijasida yengil jarohat olgan va o‘lchamlari bo‘yicha 1sm dan ortiq chetlanishga ega bo‘lmagan qovunlar miqdori 5,0 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, ezilgan, yorilgan, qisilib bo‘shashib qolgan qovunlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qovoq. Qovoqlar ishlatish maqsadiga qarab oshxonabop va yemish uchun yetishtiriladigan turlariga bo‘linadi. Oshxonabop qovoqlar tarkibida qand (4,5 %), oqsil (1 %), mineral moddalar (0,6-0,8 %), karotin, S vitamini va pektin moddalari bo‘ladi. Qovoqlar qayta ishlash uchun juda yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Ulardan bo‘tqa, kotlet, shinni, pastila, qiyom va boshqa mahsulotlar olishda foydalaniladi. O‘zbekistonda ekiladigan navlariga Ispanskaya 73, Polov kadi, Qashqar qovoq, Mozolevskaya 10, Vitaminnaya kabi navlarini kiritish mumkin. Iste’molga mo‘ljallangan qovoqlar GOST 7975-68 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha qovoqlar yangi, pishib yetilgan, butun, sog‘lom, toza, kasallanmagan, shakli va rangi bo‘yicha aynan shu botanik navga xos, boldoqli yoki boldoqsiz bo‘lishi mumkin. Qovoqlar massasida shakli bo‘yicha malum darajada farq qiladigan qovoqlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilsada, ammo ular badburush bo‘lmasligi lozim. Qovun va tarvuzlardagi singari qovoq uchun ham harakterli ko‘rsatkichlardan biri ularning ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich uzunchoq shakldagi qovoqlarda 12 sm dan, dumaloq va yapasqi shaklidagi qovoqlarda esa 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, mazkur standartda pachaqlangan, ezilgan, yorilgan qovoqlar sotishga ruxsat etilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling