Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan kartoshkalarga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Sabzilarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 3. Lavlagilarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 4. Oqboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 5. Qizilboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 6. Piyozsimon sabzavotlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 7. Tarvuzlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 8. Qovunlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 9. Qovoqlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 10. Bodringlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 11. Pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 12. Sabzavotlarning yangi standartlar yaratishda qaysi ko‘ratkichlarini standartga kiritish maqsadga muvofiq deb bilasiz? Meva va sabzavotlarni terish, saralash va ularga tovar ishlovi berish Meva sabzavotlarning sifati, ularda bo‘ladigan nobudgarchiliklar va saqlash muddatlari hosilni vaqtida yig‘ishtirib olish, yig‘ishtirilgan hosilga tovar ishlovi berish, saralash, idishlarga joylashtirib, tashishni va saqlashni tashkil etish jarayonlariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda hosilni yig‘ib-terib olishni mashinalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘pchilik hollarda kartoshka va sabzavotlar hosili asosan mashinalar yordamida yig‘ib-terib olinadi. Katta-katta bog‘larda ham mevalarni yig‘ib-terib olishning mexanizatsiyalashtirilgan usulini qo‘llash mumkin. Shunga qaramasdan, bugungi kunda kartoshka, sabzavotlar va mevalarni qo‘lda yig‘ib-terib olish keng tarqalgan hisoblanadi. Bu yerdagi asosiy muammolardan biri hosilni yig‘ishtirib olishda qo‘llaniladigan mashinalarni har bir sabzavotlarning xo‘jalik-botanik, mevalarning esa pomologik navlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda konstruksiyalash hisoblanadi. Albatta, bu muammoni yechishda shu sohaning mutaxassislari, xususan tovarshunoslar mashina yaratuvchilariga yaqindan yordam berishlari talab etiladi. Lekin, shuni qayd etish lozimki mashinalar yordamida hosilni yig‘ishtirib va ishlov berganda mexanik shikastlangan meva va sabzavotlar www.sies.uz Page 70 of 306 71 miqdori va darajasi ko‘p bo‘ladi. Hosilni yig‘ishtirish, tovar ishlovi berish jarayonida mexanik shikastlanishini va nobudgarchilikni kamaytirish uchun qo‘llanilib kelayotgan mashinalarni modernizatsiyalash yoki yangisini yaratish, mashina yordamida yig‘ishtirib olishgan yaroqli meva va sabzavotlar navlarini tanlash, hosilni yig‘ishtirib olish vaqti va sharoitini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga egadir. Masalan, kartoshkani yig‘ishtirib olgandan keyin unga tovar ishlovi berish mashinadan mahsulotni qabul qilib olish, daladan keltirish, kartoshkani begona aralashmalardan tozalash, saralash, zararlangan tuganaklarni ajratish va shunga o‘xshash jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Meva-sabzavotlarni vaqtida yig‘ishtirib olish ham eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Yig‘ishtirib olish vaqti esa mevaning (ba’zi sabzavotlarning) saqlash jarayonida yetilishi yoki yetilmasligi bilan ham aniqlanadi. Yig‘ishtirib olingandan keyin yetiladigan mevalarga olma, nok, behi, krijovnik, sabzavotlardan esa pomidor, qovun, piyoz, qovoq va kartoshka kiradi. Qulupnay, smorodina, o‘rik, malina mevalari va ziravor sabzavotlar yetilmaydi. Meva va sabzavotlarning pishib yetilganlik darajasi va yig‘ishtirib olish vaqtini aniqlashda quyidagi pishib yetilganlik darajalari belgilanadi: iste’molga yaroqlilik, yig‘ishtirib olishga (uzishga) yaroqlilik, texnik pishib yetilganlik darajasi va fiziologik pishib yetilganlik darajasi. Iste’molga yaroqlilik – bu mevalarning shunday pishganlik darajasiki, bunda mevalar tashqi ko‘rinishi, ta’mi, rangi, shakli va konsistensiyasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori sifatga ega bo‘ladi. Bunday pishib yetilganlik darajasida yig‘ishtirib olingandan keyin yetilishga moyil bo‘lmagan mevalar va sabzavotlar yig‘ib-terib olinadi. Masalan, bodring, ildiz mevali sabzavotlar, kartoshka, karam kabi sabzavotlar shu toifaga kiradi. Lekin ko‘pchilik hollarda yangi kartoshka va ildiz mevali sabzavotlar iste’molga yaroqlilik pishib yetilganlik darajasiga kelguncha yig‘ishtirib olinadi va iste’mol qilinadi. Yig‘ishtirib olishga yaroqlilik (uzishga) darajasi bu mevalar va sabzavotlarning shunday pishganlik darajasiki, bunda mevalar va sabzavotlar, asosan butunlay o‘z shaklini egalagan, ularda asosan ozuqaviy va ta’m beruvchi moddalarning to‘planishi tugallangan, lekin ularda butunlay sifat ko‘rsatkichi (ta’mi, hidi, qand miqdori, konsistensiya va boshqalar) shakllanib yetmagan bo‘ladi. Bunday pishib yetilganlik darajasida faqatgina saqlanganda pishib yetiladigan mevalar va sabzavotlar yig‘ishtirib olinadi. Masalan, olmalarning kuzgi va qishgi navlari, sitrus mevalari, qovun , pomidor, qalampir kabi meva va sabzavotlarni shu guruhga kiritish mumkin. Texnik pishganlik darajasida, faqatgina qayta ishlashga mo‘ljallangan meva va sabzavotlar yig‘ishtirib olinadi. Bu yerda nafaqat meva va sabzavotlarning shakli, katta kichikligi, rangi kabi ko‘rsatkichlariga balki texnik ishlov berilganda zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor beriladi. Masalan, o‘rik va shaftolilardan kampot olishda ularning rangi, katta kichikligini hisobga olish bilan bir qatorda, etining zichligiga ham katta e’tibor beriladi. Yoinki, tuzlash uchun pomidorlarning uncha pishib yetilmagani tavsiya qilinsa, tomat-pyure mahsulotlari olish uchun qizil, yaxshi pishib yetilgan pomidorlar tavsiya etiladi. www.sies.uz Page 71 of 306 72 Meva va sabzavotlarning urug‘ini olish kerak bo‘lgan hollarda ularni fiziologik pishib yetilganlik darajasida yig‘ib-terib olinadi. Ko‘pincha bunday pishib yetilganlik darajasi meva va sabzavotlarning o‘ta pishib ketganligi darajasiga mos keladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling