74
Sitrus mevalari sig‘imi 20 kg gacha bo‘lgan yashiklarga joylanadi.
Mevalarni joylashdan oldin yashiklar tagiga qog‘oz to‘shalgan bo‘lishi kerak.
Mevalarning yaxshi joylashishi uchun avvalo ularni katta-kichikligiga
qarab besh
kategoriyalarga saralanadi. Bundan tashqari ular bitta pomologik nav bo‘lishi talab
etiladi.
Sabzavotlarni joylash. Sabzavotlarni joylash
uchun konteynerlardan va
yashiklardan foydalaniladi. So‘nggi yillarda esa polietilendan tayyorlangan har xil
idishlardan (paket, qop, konteyner, yashik) foydalanilmoqda. Ba’zi bir sabzavotlar
(tarvuz, qovun,
kechki kartoshka, kechki karam)
esa idishsiz ham tashilishi
mumkin. Lekin, bu sabzavotlarni ham idishlarda tashishning
samaradorligi yuqori
hisoblanadi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Meva va sabzavotlarni mashinalar yordamida terib va yig‘ishtirib olishning
afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsating.
2. Meva va sabzavotlarni qo‘l kuchi bilan yig‘ishtirib olishning afzalliklari va
kamchiliklarini ko‘rsating.
3. Meva va sabzavotlarning qanday pishganlik darajalari mavjud?
4. Meva va sabzavotlarga qanday tovar ishlovi beriladi?
5. Mevalar qanday o‘rab-joylanadi?
6. Sabzavotlar qanday o‘rab-joylanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: