Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Tuzlangan pomidorlar. Tuzlash uchun yangi uzilgan, sog‘lom, butun,
mexanik jarohatlanmagan, silliq yuzali, sifatli pomidorlar ishlatiladi. Pishib yetilganlik darajasiga qarab pomidorlar ko‘k, qo‘ng‘ir, pushti, qizil ranglilarga saralanib, ular alohida-alohida tuzlanadi. Ezilgan, o‘ta pishib ketgan, muzlagan, jarohatlangan, mog‘orlagan pomidorlar tuzlashga yaroqsiz hisoblanadi. Pomidorlar ham bodring singari tuzlanadi. Tuzlangan pomidorlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo‘linadi. Tuzlangan ko‘k pomidorlar esa faqat 2-chi nav qilib chiqariladi. Birinchi nav pomidorlar pishganlik darajasi va katali bo‘yicha bir xil, shakli qing‘ir emas, butun, burishmagan va ezilmagan bo‘lishi kerak. Rangi tegishli pishganlik darajasidagi yangi uzilgan pomidor rangiga mos bo‘lishi kerak. Hidi va ta’mi tuzlangan pomidor mahsulotlariga xos, nordon-sho‘rroq, ziravorlarning ta’mi hidi yaqqol sezilib turishi kerak. Namakobda tuz miqdori 2,0-3,5 % (qizil pomidorlar uchun), nordonlik 0,8-1,2 % ni tashkil etishi GOST 7181-85 standarti talabi bo‘yicha belgilangan. Ikkinchi navli mahsulotda esa pomidorlar salgina burishgan, ozroqqina yorilgan joylari bo‘lishi, sal ezilgan, lekin asl shaklini saqlab qolgan holatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ularning namakobida sho‘rtak nordonlik darajasi balandroq va quyqasi ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Standart talabi bo‘yicha ikkinchi navli mahsulotlarda tuz miqdori 2,0-4,0 %, nordonligi esa -0,8-1,5 % bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Takrorlash uchun savollar: www.sies.uz Page 79 of 306 80 1. Achitilgan, tuzlangan meva-sabzavot mahsulotlarining sifatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tushuntiring. 2. Achitilgan karam sifati bo‘yicha qaysi tovar navlariga bo‘linadi? 3. Achitilgan karamlarning sifatini aniqlashda organoleptik ko‘rsatkichlaridan qaysilari aniqlanadi? 4. Achitilgan karamlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari aniqlanadi? 5. Tuzlangan bodringning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 6. Tuzlangan pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 7. Achitilgan karamlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring. 8. Tuzlangan bodring va pomidorlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntirib bering. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling