101
Temir aralashmalari, % dan ko‘p bo‘lmasligi
kerak
0,0003
0,0003
Quyma qandda namlik 0,4 foiz bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich
presslangan quyma
xususiyatiga ega bo‘lgan qandda 0,25 foizdan, presslangan tezda eruvchan qandda
esa 0,20 foizdan oshmasligi kerak.
Qand-rafinadning sifatini aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan
tashqari qand-
rafinad parchasining hajmiy og‘irligi va chidamliligi, ya’ni maydalash va kesishga
qarshilik ko‘rsatishi ham hisobga olinadi.
Presslangan, suvda tez eruvchan qand 1 sm
3
hajmdagi bo‘lakchasining 20
0
S
suvda to‘liq erish vaqti 1 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.
Shuning uchun ham
quyma va quyma qand xususiyatiga ega bo‘lgan rafinadlar
tashishga chidamli
bo‘lib, ular tashish va saqlashda juda kam uqalanadi.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan,
ya’ni begona ta’m va hidlarga ea bo‘lgan, sariq dog‘li, mexanik aralashmalari
bo‘lgan qandlar sotishga chiqarilmasligi kerak.
Bundan tashqari hamma tur qand mahsulotlari
uchun mikrobiologik
ko‘rsatkichlari, zaharli unsurlar (qo‘rg‘oshin, mish’yak, mis, simob, kadmiy, rux)
va pestitsidlar (geksaxloran, fostaksin, DDT) miqdori ham me’yorlashtiriladi.
Shakar va qandlarda uchraydigan asosiy nuqson havodan namlikni o‘ziga
tortib namlanib qolishi hisoblanadi. Shakar esa havoning
nisbiy namligi yuqori
bo‘lgan sharoitda saqlansa yoki saqlanish jarayonida harorat tez-tez o‘zgarsa
shakar zarrachalari birikib, qotib qolishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: