Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test 2
Takrorlash uchun savollar:
1. Makaron mahsulotlarining sifatini baholashning organoleptik usulini tushuntirib bering. 2. Makaron mahsulotlarining ta’m ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi? 3. Tarozida tortib sotiladigan makaronlarda singan makaronlar miqdori necha foizgacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi? 4. Makaron mahsulotlarining bo‘kish darajasi nima va u qanday aniqlanadi? 5. Makaron mahsulotlarida suv miqdori necha foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak? 6. Makaron mahsulotlarini saqlash jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlarni tushuntirib bering. 1 BO‘LIM BO‘YICHA TESTLAR Test 1 Savol: Quyidagilardan qaysi biri bug‘doy donining naturasi hisoblanadi? Javoblar: 1. 540-560 g/l. 2. 740-790 g/l. 3. 670-710 g/l. 4. 460-510 g/l. 5. 920-980 g/l. Test 2 Savol: Donlarning uzoq saqlanishini ta’minlashda quyidagilardan qaysi biri asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi? Javoblar: 1. Organoleptik ko‘rsatkichlari. 2. Ifloslanganlik darajasi. 3. Namligi. 4. Ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi. www.sies.uz Page 35 of 306 36 5. Naturasi. Test 3 Savol: Donning naturasi deganda nimani tushunasiz? Javoblar: 1. 100 dona donning massasini. 2. 1000 dona donning massasini. 3. 1000 dona dondagi shishasimon donlarning foizdagi miqdorini. 4. 1 litr hajmdagi donning massasini. 5. Javoblar noaniq. Test 4 Savol: Qanday donlar namligi bo‘yicha ho‘l donlar deb yuritiladi? Javoblar: 1. Namligi 17 % dan ortiq bo‘lsa. 2. Namligi 8 % dan ortiq bo‘lsa. 3. Namligi 11-13 % bo‘lsa. 4. Namligi 25 % dan ortiq bo‘lsa. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 5 Savol: Davlat tizimida tayyorlanadigan va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bug‘doy donida O , z DSt 880:2004 standarti talabi bo‘yicha necha foizgacha begona aralashmalar bo‘lishiga ruxsat etiladi? Javoblar: 1. 5 foizgacha. 2. 3 foizgacha. 3. 1 foizgacha. 4. 0,1 foizgacha 5. Begona aralashmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Test 6 Savol: Davlat tizimida tayyorlanadigan va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bug‘doy donida O , z DSt 880:2004 standarti talabi bo‘yicha necha foizgacha don aralashmalari bo‘lishiga ruxsat etiladi? Javoblar: 1. 3 foizgacha. 2. 5 foizgacha. 3. 10 foizgacha 4. 15 foizgacha. 5. 0,1 foizgacha. Test 7 Savol: Uzoq saqlanadigan donning namligi necha foizdan oshmasligi kerak? Javoblar: 1. 18 foizdan. 2. 14 foizdan. 3. 20 foizdan. 4. 10 foizdan. 5. 25 foizdan. www.sies.uz Page 36 of 306 37 Test 8 Savol: Saqlanayotgan donda nima uchun namligik chegaralanadi? Javoblar: 1. Energiya berish darajasini oshirish uchun. 2. Donning o‘suvchanligini ta’minlash uchun. 3. Nafas olish va boshqa biokimyoviy jarayonlarni sekinlashtirish uchun. 4. Mikroorganizmlar hayot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish uchun. 5. To‘g‘ri javob yo‘q. Test 9 Savol: Quyidagi bug‘doy uni navlarining qaysi biridan kul moddasining miqdori eng ko‘p? Javoblar: 1. Oliy navida. 2. 1-chi navida. 3. 2-chi navida. 4. Jaydari un navida. 5. Kul miqdori hammasida bir xil darajada bo‘ladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling